Amir Temur shaxsini o’rganishda Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarining roli va ahamiyati
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan bo'lib, unda Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining ahamiyati ochib berilgan. Asarda Amir Temurning siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, mamlakatni birlashtirish yo'lidagi harakatlari, shuningdek, Xorazm, Oltin O'rda, Eron va boshqa hududlarga qilgan yurishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, asarda Amir Temur davridagi obodonchilik ishlari, madaniy va iqtisodiy rivojlanish ham yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishi ta'lim tizimida "Zafarnoma" asaridan foydalanish usullarini ishlab chiqishga qaratilgan.