Halima ahmedova she’riyati poetikasi
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari H.Ahmedova she'riyatida faol qo'llangan poetik obrazlarni tadqiq etish, hamda unda qo'llangan badiiy tasvir vositalarining takrorlanmas va o'ziga xosligini ochib berishdan iborat. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni yoritish va amalga oshirish nazarda tutiladi: H.Ahmedova she'riyatida poetik fikrning yangi ekanligini o'rganish; shoiraning poetik obraz yaratishda badiiy detallar qo'llash uslubini aniqlash; she'riy namunalardagi poetik obrazlarni tasniflash; mumtoz adabiyotimiz vakillari tomonidan qo'llangan an'anaviy poetik obrazlarning H.Ahmedova tomonidan qo'llangan yangicha talqinini tadqiq qilish; she'rlarda qo'llangan poetik obrazlarning xalq og'zaki ijodi namunalari bilan aloqadorlik darajasini tahlil qilish; she'rlarning kompozitsion qurilishini o'rganish; shoira ijodida qo'llangan lirik janrlarni o'rganish va ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatib berish kabilar. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. H.Ahmedova she'riyati poetikasi o'zbek mahalliy matbuotida, shuningdek, ayrim ilmiy-tanqidiy maqolalarda o'rganilgan. Biroq, shoira ijodi alohida tadqiqot sifatida yoki monografik planda o'rganilmagan. Tadqiqotning ob'ekti va predmeti. Tadqiqotimizning asosiy ob'ekti sifatida shoiraning "Erk darichasi”, “Tungi marvaridgullar”, “Umid soyasi”, “Nigoh qiblasi" nomli to`plamlari, turli jurnallarda chop etilgan she'rlari olindi. Shuningdek, o`rni bilan shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlarning maqolalaridan hamda asarlaridan foydalanildi.
Asosiy mavzular
- Shoira ijodidagi yetakchi poetik obrazlar: Hozirgi kunda o`zbek adabiyoti maydonida ko`plab qalami hissiyot siyohiga qongan, she'rlari muhabbat sharobi mastligidan yaratilgan shoir-u shoiralar ko`p. Halima Ahmedova ham xuddi ana shunday ijodkorlardan biri. Uning asarlarini o`qir ekansiz beixtiyor she'rlaridagi g'am-alamning dardkashiga aylanasiz, qalbingiz to`rida yashirinib yotgan hissiyotlar jo`shqinlashgandek bo`ladi. Adabiyot ulug` bir bo`ston bo`lsa, she'riyat gulistonida har bulbul o`ziga xos honish aylaydi. H.Ahmedova ijodi o`zining takrorlanmas o`xshatishlarga boyligi, muhabbatni taqdir tuhfasi ekanligiga ishontira olishi bilan she'riyat ixlosmandlarini maftun etadi. Uning she'rlarida o`xshatish, qiyos qo`llanmagan satr yo'qdek. Bu qiyos va o`xshatishlar hali hech qaysi ijodkor asarida qo`llanmagani bilan birgalikda o`zida juda katta ma'no ifodalashi bilan hayratga soladi. Uning har bir satrida o`zgachalikni, hali hech bir asarda uchratilmagan jo`shqinlikni va hissiyot jozibasini ko`rasiz. Bir so`z bilan aytganda, shoira nigohi faqat va faqat qalb atalmish makon tomon qaratilgan. U qalbni "nigoh qiblasi" deb biladi. H.Ahmedova she'rlarida mungli nola, bitmas dard sababchisi hamisha muhabbatdir. Uning iztirobga yo`g`rilgan she'rlari har qanday "yuragi” bor insonning hislarini junbishga soladi, ularga jo'shqinlik baxsh eta oladi. Shoira ko`pchiligimizga oddiydek tuyulgan hodisalardan yangicha ruh va harorat topadi, ularni shunchaki aytib qo`ya qolmay, o`zigagina xos bo`lgan uslub bilan ifodalaydi. Uslub ulkan hayotiy tajriba sifatida baholanadi, u ijodkorning ovozi, adabiy qiyofasini ko`rsatadigan belgidir. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsak, uslub ijodkorning hayotga, odamlar taqdiriga o`ziga xos idrok bilan yondashishi, qalbidagi kechinmalar va izhorlarni aks ettirishda boshqalardan farq qiladigan jihatidir. She'r inson qalbining borliqdagi tasviriga o`xshaydi. Ana o`sha tasvirning qanchalar go`zal hamda jilvador bo`lishi ijodkor qo`llaydigan, qo`llay biladigan poetik obrazlarga bog`liq. H.Ahmedovaning vatan, ona, muhabbat, hijron, sog`inch, armon mavzularida bitilgan she'rlarini o`qir ekansiz, qalb ko`zining qarshisida hissiyotlar so`z “mo`yqalami” vositasida tasvirga aylanadi. Buning boisi esa, shoira obraz yaratishda o`ziga xos uslubga ega. Uning she'riyatida quyosh "kuladi", maysalar “chuchkiradi”, daraxt “azob chekadi", osmon “yig`laydi”, shamol esa “ertaklar aytadi”. Bu kabi poetik obrazlar bugungi she'riyatning badiiy ko`chimlarga bo`lgan ehtiyojining naqadar kuchayganidan dalolat beradi. H. Ahmedova lirikasi betakror obrazlar silsilasidir. Shoira har bir fasl, daraxt, shamol, barg, tun, xazon, bog`, gul kabi poetik obrazlar zamiriga yangidan-yangi ma'nolarni jo etadi, takrori topilmas fikrlar aytib, kutilmagan hayotiy xulosalar chiqaradi. O`z fikrlari va hissiyotlariga o`quvchi ong-u shuurini ham ergashtirib, tuyg`ulariga ta'sir ko`rsatadi. Natijada she'rning pafosiga uni ham sherik qiladi. Shu bois aytish mumkinki, shoiraning har bir yaratgan yangi obrazi- yangi bir betakror hilqat. Halima Ahmedova lirikasida poetik obrazlarning kamalakdek turfa jilolari bor-ki ularning har biri she'rxonni o`ziga maftun eta oladi. Obraz bu-hayotning bir parchasi. Oddiy emas, hayotiy voqelik singdirib yuborilgan, ammo ijodkor tomnidan ideallik qonuniyatlari asosida ongda qayta ishlangan parchasidir. Shoira obraz yaratishda o`ziga xos uslubiga ega. Uning she'riyatida obrazlar shakllanishida detallarning o`rni katta. U avvaliga sheʼrda biror detal qo`llaydi, unga maʼlum vazifa yuklagan bo`lsa, she'rdan she'rga uning ma'no ko`lami kengayib boradi, natijada obrazga aylanadi. H. Ahmedova yaratgan poetik obrazlar orasida kuz obrazi alohida o`rin tutadi. Shoiraning bir qator she'rlarida kuz o`zining turli ma'no qirralari ila “jilolanadi”. Yashillikning sog'inchga aylanishi, maysalar qonidagi hayajonning tinishi, daraxtlarning yelkasida og'ir dardni ko`tarib titrashi, yoshlikning o`tishi, kuz fasli-keksalikning beso`rov kirib kelishining ramziy ifodasi bo`lib xizmat qiladi. Agar kuzning kelishini yuqoridagi badiiy ko`chimlarsiz ifodalasak, she'r oddiy so`zlarning o`zaro bog`lanishidan iborat bo`lib qoladi. So`zlarni she'r sifatida his-tuyg'u bilan yo`g`rilgan holda ushlab turuvchi poetik obrazlar hisoblanadi.
- An'anaviy poetik obrazlarning yangicha iste'fodasi: Poetik matn tarkibidagi har bir so`z muayyan badiiy ma'noga ega. Adabiyotdagi boshqa janrlarga nisbatan so`zning poetik ma'no olishi she'riy asarda to`laqonli amalga oshadi. Ayni paytda, butun she'riyatga tegishli an'anaviy poetik so`zlar guruhini ko`rsatish mumkin. Lekin bu an'anaviylik muayyan shoir ijodida individual mazmun kasb etadi. Ayni vaqtda u yoki bu ijodkorning ma'lum bir poetik obrazga nisbatan faol qo`llashi oydinlashadi. Bu o'rinda takrorlar kelmaydi. Ijodkorning o`ziga xosligi so`zning ma'no qatlamlarini yangidan ocha bilishida ko`rinadi. Tildagi har so`zning cheklanmagan darajada poetik imkoniyati mavjud. Bu imkoniyatni esa faqatgina ijodkor mahorati yuzaga olib chiqadi. Agar turli davrlarga mansub bo`lgan shoirlar she'riyati o`zaro taqqoslansa, har bir davrga xos faol poetik so`z, obrazli ifodalarni uchratamiz. Halima Ahmedova she'rlarida bu xil poetik obrazlar anchagina. Ularning aksariyati shoira ijodida an'anaviylik kasb etgan. Misol uchun quyosh, oy, yulduz, tog`, tosh, daraxt, shamol, maysa, pechak gul, xazon, kuz kabi obrazlarni keltirishimiz mumkin. Sanab o'tilgan obrazlar boshqa davr she'riyatida, xususan, mumtoz adabiyotda ham keng o`rinda qo`llanilgan. Halima Ahmedova she'rlarida bu obrazlar mavzu va ohangga mos ravishda o`z ma'no qamrovini kengaytirgan. Shoira so`zlarni qayta kashf etib yangilagan. Albatta an'anaviy obraz zamiridagi ma'nolar qatlami butkul yo`qolib ketmaydi, ularning qatida yangi ma'nolar tadriji saqlanadi. Halima Ahmedova she'riyati poetikasi va unga mumtoz adabiyotning ta'sirini, ko`p yillik tajribaga ega adabiyotimiz tarixidagi obrazlar, badiiy tasvir vositalarining shoira ijodida qanday yangilanganini kuzatish ijodkorning badiiy mahoratini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk bobokalonimiz mir Alisher Navoiyning “Layli va Majnun" dostonida Yuqorida keltirilgan namunalarda sarvigul obrazi qo`llangan. Sarvigul ta'rifi, odatda, tik qaddi-qomatli, go`zal qizlarga nisbatan beriladi. Shoira ham sarvigul obrazidan she'rlarida unumli foydalanadi: Bo`lsa agar bir kun armonim oxir, Dilimni aytmasa zabonim oxir, Ketsa tashlab joni mehmonim oxir- Sarvigul bargiga ko`mingiz meni. Keltirilgan misra huddi-ki, yuqoridagi hikoya qahramoni, podshoh kanizi tilidan aytilgandek, uning taqdiriga ishoradek tuyuladi. Nima sabab armonga oshno bo`lib qoladi bu zabonsiz qalb? Ishqning vafosizligidan emasmi? Qalbida jo`sh urayotgan armon, dilining tarjimoni zabon o`z yumushini bajarmay, tanaga mehmon bo`lgan ruh tashlab ketar ekan, inson tanasi kafanga muhtoj bo`lib qoladi. Lirik qahramon so`nggi yo`l uchun hamrohi sarvigulning barglari bo`lishini xohlaydi. Kafan qiling mushfiq onam sochidan, Daraxtlarga bering jon xirojidan, Qon olib yuvingiz qushlar tojidan, Sarvigul bargiga ko`mingiz meni. Ishqdan vafo bilmagan faqatgina u emas. Ayol-ki bor, uning muhannati, mehri yetarlicha, hech bo`lmaganda o`zi kutgani qadar qadr topmaydi. Dunyolarni bergan
- Janr xususiyatlari va ritmik o`ziga xoslik: She'riyat asrlar davomida sohir san'at sifatida insonning ruhiy ibtidosini kashf etishga intilib kelgan. To`g`rirog'i, poetik ifoda madaniyati odamzod orzu-istaklari, maqsad intilishlarini betakror estetik mezonda baholash garovidir. Shunday ekan, hamisha sir-sinoatlarga oshno nazm tabiatini tahlilhamda tadqiq etish kuchli ma'naviy ehtiyojlarni keltirib chiqaraveradi. Ayni paytda, mazkur istiloh badiiyatiga ta'sir o`tkazadigan ichki va tashqi omillarni ilmiy asosda o`rganish uni idrok etish hamda anglashga zamin hozirlaydi. Lirik tasvirni shakllantiradigan faktorlardan eng muhimi kechinma tabiati bilan chambarchas bog`liq. Tovush, marom, jarangdorlik, ravon ifoda uslubi va musiqiylik kitobxon hissiyotini uyg`otadigan hamda ilk tuyg`u – kechinma tabiatini belgilaydigan sifat ko`rsatkichini iste'fodalaydi. Poetik asarning ohanggi ham uning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu usulda aksar hollarda shoir kechinmasi, lirik hayajon marom tabiatiga yuklanadi. Mazkur holatda kechinmaning mazmuniga qarab she'r ohangi tanlanadi. She'riy ohang nutq hodisasi bo`lsa-da, usiz asar mazmunini to`liq tushunish, shoir tuyg'usini his qilish qiyin. She'riy ritm she'r yaratuvchining his va tuyg'ularini o`ziga xos bir tarzda ifodalashga yordam beruvchi nutq hodisasidir. "She'riy nutq haqida gapirganda, avvalo, uning muayyan vaznga solingan ritmga egaligi ta'kidlanadi. Ritm juda keng tushuncha bo`lib, u borliqdagi juda ko`p narsa, hodisalarda kuzatilishi mumkin. Shunga ko`ra, keng ma'noda ritm deganda muayyan bo`laklarning ma'lum vaqt oralig'ida tartibli takrorlanib turishi tushuniladi. Bu ma'nodagi ritm borliqdagi juda ko`p narsa-hodisalarda, jumladan inson organizmida mavjuddir. She'riy nutqning ritmik qurilishini yaxshiroq tasavvur qilish uchun ritmik bo`lak va ritmik vositalarni belgilab olishimiz zarur. Ritmik bo`laklar sifatida bo`g`in (hijo), turoq(rukn), misra va bandni olamiz”. Darhaqiqat, ritm, marom va musiqiylik tuyg`u ta'sirchanligini ta'min etadigan yordamchi vositalardir. Ba'zan mazkur tushunchalar she'r estetik markazini boshqarib, ijodiy alohidalik sifatini namoyon qiladigan poetik unsurga