Tabiiy tolalar asosida poliamfolitlar olish

Ushbu dissertatsiya tadqiqoti tabiiy va sun'iy tolalar asosida poliamfolitlar olish va ularning xossalari, xususan karboksimetilsellyuloza (KMS) namunalari va ularning efirlanish darajasi, almashinish darajasi, va boshqa muhim fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarini aniqlashga bag'ishlangan. Tadqiqotda sellyulozani turli sharoitlarda karboksimetillash usullari o'rganilgan hamda olingan KMS namunalarining turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, sanoat va boshqa tarmoqlarda qo'llash imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, kitobda poliamfolitlar, ularning tuzilishi, olinishi va ishlatilishi, xususan, kimyoviy tolalar asosida amino va karboksil guruhlar saqlovchi polimerlar sintezi hamda ularning asosiy xossalari batafsil tahlil qilingan. Kitobda tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati, aniqlangan natijalar va ularning muhokamasi, shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Tabiiy va sun'iy tolalar: Tabiiy va sun'iy tolalar poliamfolitlik xossalari bo'yicha umumlashtirildi va tizimli bayon qilindi. Amfoterlik xossasining polimer molekulasidagi o'rni muxokama etildi. Selluloza molekulasi hamda uning turli hosilalarining olinishi va o'ziga xos hususiyatlari atroflicha taxlil etildi.
  • Karboksimetilsellyuloza (KMS): Karboksimetilsellyulozaning eng muhim xossalari - eruvchanligi, efirlanish darajasi, eritmalarining pH ko'rsatkishlari tajriba asosida aniqlandi. Amfoter xossaga ega bo'lgan polimerlar olinishining bir necha usuli o'rganildi va muxokama etildi.
  • Poliamfolitlar sintezi: Poliamfolitlar sintezi (PVX) bo'limida polivinilxlorid (PVX) ning turli reaktivlar bilan modifikatsiyalarini tadbiq qilish natijalari keltirilgan. Bu reagentlar: aminosirka kislota, amino kapron kislotasi, para va meta amino benzoy kislotasi va amino salisilkislotasidir.