Bosim ostida quyish usuli bilan uy ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarish bo'limining loyxasi ( ishlab chiqarish quvvati yiliga 1200000 dona)

Ushbu hujjat

Asosiy mavzular

  • Bosh sahifa: O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti, Yoqilg'i va Organik Birikmalar Kimyoviy Texnologiyasi Fakulteti, T.R. Abdurashidov nomidagi «Yuqori Molekulali Birikmalar va Plastmassalar Texnologiyasi» Kafedrasi haqqida ma'lumot. "5320400" – Kimyoviy Texnologiya (Yuqori Molekulali Birikmalar) ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakaviy bitiruv ishi. "Bosim ostida quyish usuli bilan uy ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarish bo'limining loyixasi (ishlab chiqarish quvvati yiliga 1200000 dona)" mavzusi. Ishni bajargan: Ibragimov H.B. (13-14-guruh). Ishni bajargan: prof. Mirkomilova M. Toshkent - 2018.
  • TOPSHIRIQ: Malakaviy bitiruv ishi topshirig'i. Mavzu: Bosim ostida quyish usuli bilan uy ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarish bo'limining loyixasi (ishlab chiqarish quvvati yiliga 1200000 dona). Bajarish uchun materiallar: bitiruv oldi dalalari, ma'ruzalar matni, internet ma'lumotlari. Hisob-ozoxuvlar mazmuni: Kirish, loyihalash mazmuni, texnologik jarayonning nazariy, kimyoviy, fizikaviy asoslari, tayyor maxsulot xossalari, tekshirish usullari, ishlab chiqarishning texnologik sxemasi, moddiy balans, issiqlik balansi, mexanik hisob, iqtisodiy qism, fuqaro va mehnat muhofazasi, atrof muhit muhofazasi, foydalanilgan adabiyotlar. Chizmalar tarkibi: 1. Texnologiya; 2. Asosiy dastgoh; 3. Dastgoh qirqimi; 4. Iqtisodiyot jadvali; 5. Avtomatika chizmasi. Ishlab chiqarish rahbari: Mirkomilova M.
  • MUNDARIJA: Kirish, Loyihalash mazmuni va tanlab olingan ishlab chiqarish usulini asoslash, Loyihalanayotgan texnologik jarayonni nazariy, kimyoviy, fizikaviy kimyoviy, texnologik asoslari, Xom ashyoni va materiallarni ta'minlovchi korxonalar, xossalari, tekshirish usullari, ularni texnologik jarayonga tayyorlash, Tayyor mahsulotni xossalari, tekshirish usullari va ularni asosiy ishlatuvchilar, Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi va parametrlar yozuvi, Ishlab chiqarishda sarf bo'ladigan xom-ashyo va materiallarni sarf balansi, Ishlab chiqarish texnologik sxemasiga koʻra asosiy va yordamchi jihoz tanlash, Issiqlik balans, Mexanik hisob, Iqtisodiy qism, Texnologik jarayon hamda dastgohlarni avtomatlashtirish, Ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi, mehnatni muhofazasi, fuqaro muhofazasi va atrof-muhitni muhofaza qilish, Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Yoshlar tarbiyasi – eng muhim masalalar: O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017 yil kimyo sanoati sohasida amalga oshirilgan oʻzgarishlar. "Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari. 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi. Kimyo sanoatini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar. "Oʻzkimyosanoat" AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi.
  • Polimerlar asosida tayyorlangan plastmassalarning koʻpchiligi kimyoviy chidamli, elektr, issiqlik va tovushni oʻtkazmaydigan moddalar boʻlgani uchun ulardan tabiiy qurilma materiallar: yog'och, qora va rangli metallar, charmlarning oʻrnini bosadigan buyumlar tayorlash mumkin. Oʻzbekiston sharoitida yog'och va qora metallar tanqisligi uchun plastmassalarga extiyoj katta. Sintetik polimerlarni olish uchun respublikada neft va tabiiy gaz koʻrinishida xomashyo serob. Selluloza hosilalari boʻlgan sun'iy polimerlarni olish uchun manba – paxta sanoatining chiqindilari tiklanadigan xomashyo sifatida katta miqdorda mavjud. Yuqori molekulali birikmalar sintezi, ular kimyosi, ya'ni polimerlarning kimyoviy oʻzgarishlari, polimerlar eritmalari, polielektrolitlar hususiyatlari, polimerning fizik mexanik xossalari va strukturasi toʻgʻrisida oʻzbek tilida adabiyotlar ozmi-koʻpmi bor. Lekin polimer moddalarni sintez qilib bo'lgach ularga turli qoʻshimchalar aralashtirib qayta ishlashga tayyorgarlik qilinadi. Termoplastlarni qayta ishlab buyumlarga aylantirishning asosiy uslubi bosim ostida quyishdir. Mening malakaviy bitiruv ishimda ham bosim ostida quyish usuli bilan xo'jalik mollarini ishlab chiqarishni loyihalayabman. Bu usul katta aniqlik bilan sifatli va murakkab buyumlarni ishlab chiqarishga imkon beradi.: Polimerlar asosida tayyorlangan plastmassalarning kimyoviy, elektr, issiqlik va tovush xossalari. Oʻzbekiston sharoitida plastmassalarga extiyoj. Sintetik polimerlarni olish uchun respublikadagi xomashyo. Selluloza hosilalari boʻlgan sun'iy polimerlarni olish uchun manba – paxta sanoatining chiqindilari. Yuqori molekulali birikmalar sintezi, kimyosi, polimerlar eritmalari, polielektrolitlar hususiyatlari, polimerning fizik mexanik xossalari va strukturasi. Polimer moddalarni qayta ishlash jarayoni va qoʻshimchalar. Termoplastlarni qayta ishlab buyumlarga aylantirish uslubi - bosim ostida quyish.
  • Bosim ostida quyish usuli: Bosim ostida quyish usuli bilan buyum olishda avvalo polimerni harorat ta'sirida qovushqoq-oquvchan qolga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so'ngra esa qolipda buyum shakllanadi va sovutish tufayli qotadi. Bu usul bilan bir necha grammdan tortib bir necha xilogrammgacha boʻlgan, devor qalinligi 1-20 mm boʻlgan buyum olish mumkin. Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashgan shnekli quyish mashinalari orqali amalga oshiriladi.quyish mashinalariga har xil konstruktsiyaga ega boʻlgan maxsus quyish qoliplari oʻrnatiladi.quyish mashinasining tsilindriga bunkerdan donachalar qolidagi (granula) polimer tushadi. Tsilindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumshab, so'ngra qovushqoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi. shneklar yordamida bosim tufayli soplodan (konussimon naycha) o'tib, sovitilib turadigan qolipga keladi. qolip ichidagi bo'shliqni to'ldirib polimer tezda qotadi va shnek orqaga qaytiShi bilan qolip ochilib avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. Bosim ostida quyish usulini uzlukli jarayon deb qisoblash mumkin. Bu usul unumli va yuqori natija berishi bilan xarakterlanadi. Bu usul bilan olingan buyumlar qo'shimcha ishlov berishni talab xilmaydi.
  • Bosim ostida quyish mashinasining detallari: 1 - Material silindr; 2 – Isitgich; 3 – Shnek; 4 – sovutuvchi kanallar; 5 – bunker; 6 – gidrodvigatel; 7 – reduktor; 8 – gidrosilindr; 9 – monometr; 10 – qoʻzgalmas plita; 11 – yoʻnaltiruvchi kolonkalar; 12 – qolip; 13 – qozgʻaluvchi plita; 14 – kolyosnorechajniy mexanizm 15-gidrosilindr 16-gaykalar 17-qoʻzgʻalmas plita 18-tayanch 19-soplo.
  • Bosim ostida quyish jarayonining asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: Suyuqlanmani harorati (T₁); Qolip harorati (T₁); Quyish bosimi (R₁); Qolipdagi bosim (R₁); Buyumni shakllanishida bosim ostida ushlab turish vaqti (Tvo'd), sovitish vaqti (Toxl) yoki termoreaktiv materiallarni qolipda qotish vaqti (Totv).
  • Termoplast polimerlarni quyish ikki rejimda olib borilishi mumkin: Intruziya va Injektsiya. Intruziya - rejimida suyuqlanma asta-sekin qolipga aylanib turgan shnek orqali uzatiladi va qolipni 70-80% to'ldirilgunga qadar shnek aylanma harakatda bo'lib turadi; qolgan qismi esa shnekni oldinga qarab harakati natijasida qolipga purkash yo'li bilan uzatiladi. Injektsiya - rejimida esa shnekni aylanishi faqatgina material dozasini yig'ilish va uni plastikatsiya qilishi mashinaning injektsiya tsilindrda o'tkaziladi. Suyuqlanmani qolipga uzatish shnekni oldinga qarab harakatga kelishi hisobiga amalga oshiriladi. Intruziya rejimi yirik gabaritli va qalin devorli buyumlar olishda qo'llaniladi. Injektsiya rejimi intruziyaga nisbatan keng tarqalgan usuldir.
  • Polipropilen: Polipropilenning CH3 formulasi. Polipropilen [-CH2-CH-] sanoatda turli xil katalizator va erituvchilar muhitida (Sigler-Natta Al(C2H5)2Cl / TiCl4) katalizatorlari hamda ekstraksion benzin va yengil erituvchi - propan-propilen fraksiyasi muhitida, o'ta faol katalitik juftlik Al(C2H5)2Cl / TiCl3) va Lyuis asoslari ishtirokida n-geptan muhitida, monomer massasida) propilenni polimerlab olinadi. Polipropilenni polimerlanishi suspenziyada, emulsiyada, eritmada, massada va gaz fazasida amalga oshirilishi mumkin. Eritmada polimerlash jarayoni, suspenziyadagiga qaraganda yuqoriroq harorat va bosimda o'tkaziladi. Gaz fazada polimerlanganda polipropilenni izotaktiklik darajasi, polimerlanish tezligi suyuq fazadagiga nisbatan pastroq bo'ladi. Suyuq fazada ataktik polipropilen miqdori 10% dan ortmaydi, gaz fazada esa bu kattalik 25% ni tashkil etadi. Polipropilen xususiyatlariga katalizatorlarni salbiy ta'sir etishi sababli, ularni parchalab polimer tarkibidan chiqarb tashlash, polipropilendan ataktik qismini ajratish, oqava suyuqliklarni tozalash, erituvchilarni regenirlash, polipropilen olish jarayonlarini asosiy kamchiligidir. Ishlab chiqarilayotgan polipropilen asosan stereoregulyar tuzilishga ega bo'lgan kristall polimerdir. Polipropilenni qimmatli xususiyatlari asosan uni kristallik darajasini yuqori bo'lishi bilan bog'liq bo'lganidan, uni olishda ishlatiladigan katalizatorlar yuqori stereospetsifiklikka ega bo'lishlari kerak.
  • Polipropilenning asosiy fizik-mexanik xossalari: Izotaktik polipropilen zichligi 900-910 kg/m³, suyuqlanish harorati 165-170°C ga teng bo'lgan qattiq termoplastik polimerdir. Molekula massasi, Cho'zilishdagi buzilish kuchlanishi, MPa, Uzilishdagi nisbiy uzayish, %, Zarbiy qovushqoqlik, kDj/m², Brinell bo'yicha qattiqlik, MPa, NIIPP usuli bo'yicha issiqbardoshlik, °C, Yuksiz ishlatish mumkin bo'lgan harorat, °C, Mo'rtlanish harorati, °C, Suv shimishi (24 s), %, Solishtirma hajmiy qarshilik, Om*m, Dielektrik yo'qotishning tangens burchagi, 50 Gs da dielektrik singdiruvchanlik.
  • Polipropilenning kimyoviy va fizik xossalari: Polipropilen polietilenlarga nisbatan ancha yuqori issiqbardoshlika ega. Dielektrik xossalari keng harorat chegarasida saqlanadi. Juda kam suv shimganligidan uni dielektrik xossalari nam muhitda ham o'zgarmaydi. Xona haroratida organik erituvchilarda erimaydi; 80°C dan yuqorida aromatik (benzol, toluol) va xlorli uglevodorodlarda eriydi. Polipropilen kislota va ishqorlar ta'siriga yuqori haroratda ham tuzlarni suvdagi eritmasiga 100°C dan yuqorida, mineral va o'simlik yog'lari (moylari) ta'siriga chidamlidir. Polipropilen polietilenga nisbatan sekinroq o'z xususiyatlarini yo'qotadi va agressiv muhit ta'sirida yorilishga chidamliroq bo'ladi. Polipropilenni katta kamchiligi bo'lib, uni nisbatan sovuqqa chidamliligini pastligidir (-30°C). Bu ko'rsatkich bo'yicha u polietilendan yomonroqdir. Termoplastlarni qayta ishlash usullarini hammasi bilan polipropilenni qayta ishlash mumkin.
  • Polipropilenni izobutilen bilan modifikatsiyalash: Polipropilenni izobutilen bilan modifikatsiyalash (5-10%) materialni qayta ishlanishini yaxshilaydi, egiluvchanligini, kuchlanish ta'sirida yorilishga chidamliligini oshiradi, past haroratlarda mo'rtligini kamaytiradi. Polipropilen plenkalari yuqori tiniqlikka ega bo'lib issiqbardoshlik, mustahkamlik hamda gaz va par singdiruvchanligi bilan ajralib turadi. Polipropilen tolalari baquvvat bo'lib, ulardan texnik matolar, arqonlar, qoplar va ko'pik plastiklar olinadi.
  • Solishtirma hajmni aniqlash: Material egallagan hajm uning massasiga nisbati solishtirma hajm deb ataladi. Bu ko'rsatkich kukunsimon materiallar uchun xarakterli, o'lchov birligi sm³/g bilan ifodalanadi. V = 200 / m, bu erda: m - 200 ml hajmdagi kukunsimon moddaning massasi, g; 200 - maxsus silindrning hajmi. Materialning solishtirma hajmi qanchalik kichik bo'lsa, uni qayta ishlash shunchalik qulay bo'ladi (havo miqdori kam bo'ladi va sifatli buyum olish uchun qulay sharoit yaratadi).
  • Polimer materiallarning disperslik darajasi va bir jinsliligi: Polimer materiallarning granulometrik tarkibi, ya'ni disperslik darajasi turli o'lchamdagi zarrachalarning bo'lishi bilan xarakterlanadi. Disperslik darajasi % bilan ifodalanadi va u sinash uchun olingan materialda ma'lum o'lchamdagi zarrachalardan qancha borligini ko'rsatadi. Material dispersligi qancha kam bo'lsa, u shunchalik bir jinsli hisoblanadi va uni qayta ishlab buyumga aylantirish oson bo'ladi.
  • Kirishishni (usadka) aniqlash: Har qanday buyum qizdirilganda kengayib, sovutilganda esa torayish xususiyatiga ega. Termoplastik va termoreaktiv plastmassalardan buyum yasalganda doimo kirishish ro'y beradi; namuna (buyum) o'lchamlari qolipning mos o'lchamlaridan doim kichik bo'ladi. Bu ko'rsatkich plastmassalardan mashinasozlikda foydalaniladigan detallarni ishlab chiqarishda hamda plastmassalarni qayta ishlashda hisobga olinadigan muhim xarakteristika hisoblanadi. Kirishish texnologik jarayonda haroratning pasayishida (qoliplanib bo'lishi bilan) sodir bo'ladi va shu tufayli buyumni qolipdan olish osonlashadi. S = (l₁-l)·100 / l₁, % bu erda: l - namuna o'lchami mm; l₁ - qolip o'lchami, mm.
  • Suv shimlanuvchanligini aniqlash: Ma'lum haroratda va vaqt mobaynida suv ichida turgan biror namunaga shimdirilgan suv miqdoridir. U mg yoki protsent hisobida ifodalanadi va tekshirilayotgan namunaning qanchalik qovakligini bilishga imkon beradi. Xuddi shunga o'xshash moy, benzin va boshqalarga chidamliligini ham aniqlash mumkin.
  • Oquvchanlik va ularni aniqlash usullari: Materialning ma'lum haroratda va bosim ostida oqib qolipni to'ldirish qobiliyatidir. Uni aniqlash uchun turli usullardan foydalaniladi. Polimerlarning oquvchanlik darajasiga ko'ra buyumlarni presslash yoki quyish uchun kerakli solishtirma bosim topiladi. Solishtirma bosim oquvchanlikka teskari proporsional bo'lgan miqdordir. Oquvchanligi yuqori bo'lgan materiallar murakkab shakli va armaturali buyumlar olishda juda qulay hisoblanadi.
  • Bosim ostida quyish mashinasi: Bosim ostida quyish usulidan asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olishda foydalaniladi. Bu usul bilan buyum olishda avvalo polimerni harorat ta'sirida qovushqoq-oquvchan qolga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so'ngra esa qolipda buyum shakllanadi (qolipni ichki bo'shliqini to'ldirish qisobiga) va sovitish tufayli qotadi. Bu usul bilan oqirligi bir necha grammdan tortib bir necha xilogrammgacha bo'lgan, devor qalinligi 1-20 mm bo'lgan buyum olish mumkin. Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashgan shnekli quyish mashinalari orqali amalga oshiriladi. Quyish mashinasining tsilindriga bunkerdan donachalar qolidagi (granula) polimer tushadi. Tsilindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumshab, so'ngra qovushqoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi. Shneklar yordamida bosim tufayli soplodan (konussimon naycha) o'tib, sovitilib turadigan qolipga keladi. Qolip ichidagi bo'shliqni to'ldirib polimer tezda qotadi va shnek orqaga qaytishi bilan qolip ochilib avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. Bosim ostida quyish usulini uzlukli jarayon deb hisoblash mumkin. Bu usul unumli va yuqori natija berishi bilan xarakterlanadi, chunki materiallarning qizdirilishi shakldan-qolipdan tashqari bo'ladi, quyilgan mahsulot eng yuqori, aniq o'lchamlarda olinadi. Bu usul bilan olingan buyumlar qo'shimcha ishlov berishni talab qilmaydi. qolipdagi kataklar soniga qarab (bir yoki ko'p uyali qoliplar) bir vaqtning o'zida bir qancha buyum quyilishi mumkin. shuning uchun ham quyish mashinalari ish unumdorligi juda yuqori bo'ladi. Bosim ostida quyish mashinasi (termoplast avtomat deb ham ataladi) asosan ikki qismdan iborat: 1) plastikatsiya mexanizmi; 2) Shakl berish mexanizmi.
  • Bosim ostida quyish jarayonining analiz qilish uchun quyidagilarni o'rganish lozim: - polimerni oquvchan qolatga o'tishi uni me'yorlash zonasiga uzatish -suyuqlanmaning yiqilishi suyuqlanmaning "soplo-forma" sistemasida oqishi -suyuqlanmani shakllovchi va shakl bo'shlig'i kanallari orqali oqishi -buyum strukturasining shakllanishi.
  • Termoplast polimerlarni quyish ikki rejimda olib borilishi mumkin: Intruziya - rejimida suyuqlanma asta-sekin qolipga aylanib turgan shnek orqali uzatiladi va qolipni 70-80% to'ldirilgunga qadar shnek aylanma harakatda bo'lib turadi; qolgan qismi esa shnekni oldinga qarab harakati natijasida qolipga purkash yo'li bilan uzatiladi. Injektsiya - rejimida esa shnekni aylanishi faqatgina material dozasini yig'ilish va uni plastikatsiya qilishi mashinaning injektsiya tsilindrda o'tkaziladi. Suyuqlanmani qolipga uzatish shnekni oldinga qarab harakatga kelishi hisobiga amalga oshiriladi. Intruziya rejimi yirik gabaritli va qalin devorli buyumlar olishda qo'llaniladi. Injektsiya rejimi intruziyaga nisbatan keng tarqalgan usuldir.
  • Polipropilenning xom ashyolari: Polipropilen xom ashyo sifatida ishlatiladi. Polipropilen hozirda asosan Turkmaniston Respublikasidan keltirilmoqda. 2016-yildan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi Ustyurt qo'rg'onida barpo bo'lgan Uz Cor Gaz kimyo majmuasida yiliga 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilmoqda. Superkonsentratni esa Toshkent shahridagi “Qayum Xoji servis” MChJ korxonasidan keltirilmoqda.
  • Polipropilenni polimerlash jarayonlari: Polipropilen [-CH2-CH-] sanoatda turli xil katalizator va erituvchilar muhitida (Sigler-Natta Al(C2H5)2Cl / TiCl4) katalizatorlari hamda ekstraksion benzin va yengil erituvchi - propan-propilen fraksiyasi muhitida, o'ta faol katalitik juftlik Al(C2H5)2Cl / TiCl3) va Lyuis asoslari ishtirokida n-geptan muhitida, monomer massasida) propilenni polimerlab olinadi. Polipropilenni polimerlanishi suspenziyada, emulsiyada, eritmada, massada va gaz fazasida amalga oshirilishi mumkin. Eritmada polimerlash jarayoni, suspenziyadagiga qaraganda yuqoriroq harorat va bosimda o'tkaziladi. Gaz fazada polimerlanganda polipropilenni izotaktiklik darajasi, polimerlanish tezligi suyuq fazadagiga nisbatan pastroq bo'ladi. Suyuq fazada ataktik polipropilen miqdori 10% dan ortmaydi, gaz fazada esa bu kattalik 25% ni tashkil etadi. Polipropilen xususiyatlariga katalizatorlarni salbiy ta'sir etishi sababli, ularni parchalab polimer tarkibidan chiqarb tashlash, polipropilendan ataktik qismini ajratish, oqava suyuqliklarni tozalash, erituvchilarni regenirlash, polipropilen olish jarayonlarini asosiy kamchiligidir. Ishlab chiqarilayotgan polipropilen asosan stereoregulyar tuzilishga ega bo'lgan kristall polimerdir. Polipropilenni qimmatli xususiyatlari asosan uni kristallik darajasini yuqori bo'lishi bilan bog'liq bo'lganidan, uni olishda ishlatiladigan katalizatorlar yuqori stereospetsifiklikka ega bo'lishlari kerak.
  • Polipropilenning texnologik jarayonlari va jihozlar: Texnologik jarayon uzluksiz tarzda davom etadi. Ish uch smenada olib boriladi. GOST 12-2.03.91 KMK -3-05-98 ga asosan "Texnologik jarayonlarni tashkillashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigenik talablar" ga muvofiq tashkil qilingan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash texnologik uskunaning pasportida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Korxonada SANPIN-0120-01, SANPIN 122-01 ga asosan shovqin, tebranishdan ximoya choralari ko'rilgan. SHovqin, tebranishdan ximoyalash maqsadida, sex, boʻlimlarni eshik, derazalari maxsus tovush oʻtkazmaydigan materiallardan tayyorlangan. Korxona bo'limlarini yoritish asosan tabiiy va sun'iy ravishda yoritiladi. Kunduz kuni asosan tabiiy yorug'likdan foydalaniladi. Tabiiy yoritilish SNIP 2-01-05.98 ga asosan qabul qilingan. Kechki smenalarda esa,sun'iy yoritishdan foydalaniladi, yoritilish lyumensitsent lampalardan foydalaniladi. "plast" korxonasi sexlarini havosi moʻtadillashtirilib turiladi. SHamollatash qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish SANPIN -0058-96 ga asosan amalga oshirilib suv bug'lari yordamida isitiladi. SHamollatish qurilmalaridan toʻgʻri foydalanish, uni toʻliq ishlaydigan holatda boʻlishi uchun javobgar mexanik, sexda esa sex boshlig'i va mexanik zimmasiga yuklatilgan.
  • Mexnat muhofazasi: Mehnat muhofazasi bu insonlarni ishlash vaqtida sog'lig'i, ishlash qobilyatini, xavfsizligini ta'minlovchi texnik, sanitar gigienik, uyushgan qonunlashtrilgan tadbirdir. Mehnat muhofazasini amaliy faoliyati mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasb kasalliklarini va shkastlanishni oldini olishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikni qoʻlga kiritgandan so'ng mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalariga katta ahamiyat berildi. Insoniyat zararli moddalar bilan ta'sirlanishni oldini olish uchun fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish borasida bir qancha qonunlar qabul qilingan. "Sofplastital"korxonasi Mehnatni muhofaza qilish borasidagi turli tadbirlar qabul qilingan boʻlib, ular o'z ichiga mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi uslubiy qoʻllanmalar, instruksiya koʻrsatmalar, tavsiyalar kabi umumiy qoidalarni oʻz ichiga oladi.
  • Atrof muhit muhofazasi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 aprelda imzolangan "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-sonli farmonlari ustuvor yo'nalishning yana bir jihatidir. Mustaqillik yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qo'riqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini oʻrnatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi va amal qilmoqda. Xalqaro tashkilotlarni milliy ekologik muammolarni hal etishga jalb qilish imkonini berdi. Chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar, maxsus vakolatli davlat organlari, tashkilot va korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda nazorat qiluvchi yagona davlat organining mavjud emasligi; Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunish tartibining huquqiy asoslari yo'qligi tufayli atrof-muhit muhofazasi sohasida idoralararo toʻlaqonli hamkorlik qilish va bu boradagi vazifalarni amaliy jihatdan hal etish imkoni yo'qligi; Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik, sanitariya me'yor va talablarini buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ma'muriy jazo choralarining etarli emasligi va samarasi pastligi.
  • Fuqorolar himoyasi: Biz yashab turgan sayyoramizni qanchalik bilamiz? Ilmiy-texnika taraqqiyot, murakkab va mukammal texnologik jarayon nechog'li jadal sur'atlar bilan rivojlanmasin hamon “Koinot-Er-Inson-Jamiyat" oʻrtasidagi uzviy bogʻliklarning ba'zi tugunlari echilmayapti. Tabiiy ofatlar. Koʻpgina davlatlarda olib borilayotgan izlanishlar shuni koʻrsatmoqdaki, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hodisalarni oldindan o'rganish, bashoratlash, uning negizida ogohlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqarish, noxush vaziyatlar keltiradigan iqtisodiy zararni tejab qolishga, balki insonlar oʻrtasidagi shikastlanish koʻrsatkichlarini pasaytirishga olib keladi. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari: aholini harbiy harakatlar paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash usullariga oʻrgatish; ob'ektlarni harbiy harakatlar paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga oʻrgatish; boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; iqtisodiyot ob'ektlarining barqaror ishlashini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini oʻtkazish; aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta'minlash; aholini umumiy va yakka tartibdagi muhozalanish vositalari bilan ta'minlash; aholining harbiy harakatlar paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta'minlash; radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazoratini olib borish; qutqarish va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish; harbiy harakatlar paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarur koʻrgan hududlarda jamoat tartibini yoʻlga qoʻyish va saqlab turish; aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida boshqa tadbirlarni amalga oshirish.