Boshqarish tizimining imitasion modelini formallashtirish va dasturiy vositani yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi boshqarish tizimlarini parametrik identifikasiyalash masalasiga gradientlar usulini qo'llash algoritmi va dasturiy ta'minotini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqot ishida boshqarish tizimlarini parametrik identifikasiyalash masalasi, uni yechish usullari, jumladan, gradientli usullarning nazariy asoslari, algoritmlari va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish ko'rib chiqilgan.