34000 dona bo‘lgan “Vilka” detaliga mexanik ishlov berish uchun texnologik jarayon loyihasi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasining

Asosiy mavzular

  • Kirish: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng hayotimizni butun jabxalarida xalqimizning turmush darajalarini yuksaltirish va iqtisodiy tomondan ravnaq toptirishga katta e'tibor berilmoqda. Biz taqdirimizni oʻz qoʻlimizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib oʻtgan ozod, erkin va faravon xayotni barpo etayotganimiz, bu yo'lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro xamjamiyat tan olgani - bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun xammamiz chuqur anglaymiz. Mulkdorlarning oʻrta sinfini shaklllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli maxsulotlar bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va shu asosda axoli daromadlarini ko'paytirish va farovonligini oshirish, mamlakat tarakkiyoti yo'lidagi faol xarakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivjlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan keng chora-tadbirlar amalga oshrilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilayotgan bir qator qonun va qarorlar avvalo inson qadriyatlarini muhofaza qilish va muhofazalashga qaratilgan. SHu Bâyda mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri - mashinasozlik sanoati ishlab chiqarishini yuksaltirish, fan va texnika tarraqiyotini dunyo miqyosiga olib chiqishdan iborat. Ma'lumki respublikamiz xalq xoʻjaligini rivojlantirishning eng asosiy yoʻnalishlaridan biri bu-mashinasozlik sanoati ishlab chiqarishini yangi fan va texnologiyalarga asoslangan xolda tashkil etishdan iborat. Ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga yangi texnikani etkazib beradigan mashinasozlik mamlakatning texnik jihatdan rivojlanishini belgilaydi va yangi mustaqil respublikamizning moddiy bazasini yaratishda xal qiluvchi ahamiyatga ega. SHuning uchun Respublikamizda mashinasozlikni rivojlantirshga xar doim birinchi darajali ahamiyat berilgan va berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida Janubiy Koreyaning “DAEWOO avto" LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Asaka shahrida “O'zDEU avto" YOTHJ qoʻshma korxonasi ishga tushirila boshlashi Oʻzbekistonni dunyoning «Avtomobillar tarixi» zarvaraqlaridan 28-avtomobil ishlab chiqaruvchi davlati sifatida joy olishini ta'minladi. So'ngra avtomobilsozlikka e'tibor yanada kuchayib, 1999 yilda Samarqandda Turkiya davlati bilan hamkorlikda "Sam Kochavto" qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. Bu korxonada oʻrta sig'imli avtobuslar, kichik va oʻrta sig'imli yuk avtomobillari ishlab chiqarila boshladi. Loyiha quvvati yiliga 3000 dona avtobus va 1000 dona yuk avtomobillarini tashkil etadi. Ushbu avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobil, avtobus va yuk avtomobillari nafaqat Oʻzbekiston aholisining extiyojlarini qondirmoqda, balki Rossiya, boshqa MDH Respublikalari hamda boshqa chet el davlatlariga ham eksport qilinmoqda. 2012 yilda Toshkenda ishga tushirilgan va yiliga 200 ming donadan ziyod avtomobillar dvigateli ishlab chiqarishga moʻljallangan zavod "GM-UZBEKISTAN" qoʻshma korxonasiga dvigatellar etkazib beradi. Bularning hammasi vatanimiz avtomobilsozligini rivojlantirish va ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifat koʻrsatkichlarini dunyo standartlariga toʻla javob berishini ta'minlash zarurligini ko'rsatib turibdi. Avtomobillarimizdan dunyoning qaysi chekkasida foydalanilsa ham, ularni uzoq vaqt buzilmay ishlashini ta'minlashimiz eng asosiy masalalardan biridir. YUqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega boʻlgan takomillashgan mashinalarni fanning eng yangi yutuqlari asosida uzluksiz ravishda yaratish yuqori malakali chuqur bilimga ega boʻlgan va yangi texnika vaishlab chiqarish texnologiyasini mukammal biladigan mutaxassislarni tayyorlashni talab etmoqda. O'zbekistonimizni har tomonlama rivojlantirish uchun etuk kadrlarni tayyorlash ularga ilm-fanning eng ilg'or yutuqlari orqali bilim berishda Prezidentimiz aytganlaridek kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, SHarq falsafasining xayotbaxsh va teran buloqlaridan bazramand boʻlish muximdir. Texnika taraqqiyoti riqojlangan sari takomillashtirilgan, yuqori aniqlikka ega boʻlgan mashinalarni ishlab chiqarish xamda ulardan samarali foydalanishuchun chuqur bilim va ko'nikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashni vaqt taqozo etmoqda.
  • 1. Umumiy qism: 1.1. Detalning xizmat vazifasi va konstruksiyasi Vilka detali richag sinfidagi detallar tarkibiga kiradi. Ushbu detal markaziy oʻqqa parallel joylashgan ariqchaga ega boʻlgan korpus qismi, markaziy aylanish o'qiga perpendikulyar joylashgan ikki tomoni ochiq teshik, shuningdek detalni maxkamlash uchun ikkita ochiq va bitta rezbali teshikdan iborat. Detalning qirqim berilgan umumiy koʻrinishi quyidagi rasmda tasvirlangan: 1-rasm. Vilkaning umumiy koʻrinishi Vilka detali kardanli uzatmaning tarkibiy qismi hisoblanadi va u burovchi momentni uzatib berish uchun xizmat qiladi. Detalning eskizi 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm. Detal eskizi Vilka detalining Ra 3,2 gʻadir-budirlikdagt Ø104h10 tashqi diametri uni korpusga o'rnatish vaqtida yoʻnaltiruvchi boʻlib xizmat qiladi. Vilkani qoʻzgʻalmas holatini ta'minlashda Ra 3,2 gʻadir-budirlik va 20h14 qalinlikdagi torets, M8 rezbali yuza xamda Ra 6,3 gʻadir-budirlikdagi ikkita Ø17H10 diametrli tekis teshiklar xizmat qiladi. Ra 6,3 g'adir-budirlikdagi to'g'ri burchakli 40H12 kenglikdagi paz vilkaga oʻqda aylanadigan tayanch rolikni o'rnatish uchun xizmat qiladi. Oʻq Ø18H9 mm li teshikka o'rnatiladi. Ø18H9 diametrli teshikda oʻqni fiksatsiyalash va yigʻishni osonlashtirish uchun Ø92h14 diametrli teshikda 74h12 oʻlchamli 2 ta liska bajarilgan. Ushbu liskalar detal og'irligini kamaytirish uchun ham xizmat qiladi. 1.2. Detal konstruksiyasini texnologiklikka tahlil qilish Mashinasozlikning oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri-yangi, zamonaviy mashina va mexanizmlar yaratish bilan bir qatorda, ularning yuqori ekspluatatsion ko'rsatkichlariga erishish, ularning ogirligini, gabaritlarini, narxini kamaytirish, ularga xizmat ko'rsatishni soddalashtirish, uzoq muddat ishlashini ta'minlashdan iboratdir. Buning uchun tayyorlanayotgan detallarning konstruksiyalarini soddalashtirish, ularni tayyorlashda yuqori unumdorli dastgohlar, moslamalar va kesish rejimlarini qoʻllash talab etiladi. Ushbu masalalarni xal qilishning asosiy echimlaridan biri – bu konstruksiyalar texnologiyabopligini oshirishdir. Texnologiyaboplik — bu mashina va mexanizmlarning barcha ekspluatatsion ko'rsatkichlarini saqlab qolgan holda ularni detallarini tayyorlashda, yigʻishda mehnat va material xajmi xamda tannarxini kamaytirishdir. Tajribalar shuni koʻrsatadiki, mashina konstruksiyalarining texnologiyabopligini oshirish yo'li bilan ularning tayyorlash mehnat xajmini 25% gacha qisqartirishga va tannarxini 15% gacha kamaytirishga erishish mumkin. Mashinalar konstruksiyalarining texnologiyabopligini oshirishning qanchalik muhim ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Detal konstruksiyasini texnologiyaboplikka tahlil qilish ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni texnologik tayyorgarligiga boʻlgan sarf- harajatlar va unga sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida amalga oshiriladi. Vilka detalining konstruksiyasi uzunligining maksimal diametriga nisbati nuqtai nazardan etarlicha darajada mustahkam hisoblanadi. SHuning uchun detalni tayyorlashda ishlov berishning yuqori unumdorli dastgohlar, moslamalar va kesish rejimlaridan foydalanish imkonini beradi. Asosiy konstruktorlik baza boʻlib A yuza xizmat qiladi va Ø104h10 diametr texnologik baza bilan ustma-ust tushadi. Ø17H10 diametrli ikkita teshikning texnologik baza sifatida foydalanish unifikatsiyalangan standart kesuvchi asbobda ishlov berish va talab etilgan yuzalar g'adir-budirligiga erishish imkonini beradi. Vilka detalining ishlov beriladigan yuzalari asosiy tavsiflari 3-jadval Yuzaning raqami Ishlov berish o'lchami Aniqlik kvaliteti, Ti Sirt gʻadir-budirligi, Rz 1 130-0,5 h12 3,2 2 Ø17 H10 6,3 3 Ø170 h14 3,2 1.3. Ishlab chiqarish turini aniqlash Ishlab chiqarish turini aniqlash uchun bizga boshlang'ich ma'lumotlar sifatida: ish rejimlari – 2 smenali; ishlab chiqarish xajmi– 34000 dona
  • 2. Texnologik qism: 2.1. Detalga mexanik ishlov berish texnologik marshrutini ishlab chiqish Ishlab chiqilgan texnologik jarayonni 5-jadval koʻrinishida rasmiylashtiramiz. Vilka detalini tayyorlashning marshrutli texnologik jarayoni 5- jadval Operats Operatsiyaning nomlanishi va i-lar nomerla ri qisqacha mazmuni Dastgoh modeli Kesuvchi asbob Texnologik bazalar 005 Tokarlik RDB: yon sirt kesilsin Tokarlik keskich 2112- 0015 VK6 GOST 18880- 73 Ø175,4 mm, vilkaning yon sirti - yuza yoʻnilsin 16K20F3 Tokarlik o'tuvchi burilgan keskich 2102-0029 T15K6 GOST 18877-73 - yuza yoʻnilsin - yon sirtni kesish Tokarlik RDB: - yon sirt kesilsin - yon sirt kesilsin - yuza yoʻnilsin - yuza yoʻnilsin yon sirt kesilsin 16K20F3 Tokarniy qirquvchi keskich 2112-0015 VK6 GOST 18880-73 Ø104,5 mm, vilkaning yon sirti Tokarnıy qirquvchi keskich 2112-0015 VK6 GOST 18880-73 Tokarlik o'tuvchi burilgan keskich 2102-0029 T15K6 GOST 18877-73 010 015 Parmalash RDB: -ikkita teshik 2R135F2 -1 Markazlovchi parma 2317-0106 GOST 14952- 75 Ø92 mm, vilkaning yon sirti markazlansin - ikkita teshik parmalansin - ikkita teshik zenkerlansin Gorizontal- frezalash: - paz frezalansin Spiral parma Ø16 2301- 3607-A1 GOST 10903-77 Zenker Ø17 2320-2574 h8 GOST 12489-71 6R83 Uch tomonli disklifreza 2241-0037 T15K6 GOST 5348-69 Ikkita Ø17 mm teshik, vilkaning yon sirti 020 Parmalash RDB: - teshik markazlansin - teshik parmalansin - teshik razvertkalansin 2R135F2 -1 Markazlovchi parma 2317-0106 GOST 14952- 75 Ø104 mm, vilkaning yon sirti Spiral parma Ø17,4 2301- 3612-A1 GOST 10903-77 Zenker Ø17,75 2320-2575 h8 GOST 12489-71 Razvyortka 2368-0199 H9 GOST 1672-80 025 - faska zenkerlansin Zenkovka 2353-0106 GOST 14953-80 Parmalash RDB: - faska zenkerlansin 2R135F2 -1 Zenkovka 2353-0106 GOST 14953-80 Ø104 mm, vilkaning yon sirti 030 2.1. Zagotovka olish usulini tanlash va asoslash Zagotovkalar toza va xomaki zagotovkalarga boʻlinadi. Toza zagotovka deganda tayyorlangandan keyin kesib ishlanmaydigan, oʻlchamlari va tozaligi tayyor detal chizmasida ko'rsatilgan oʻlcham va tozalikka toʻgʻri keladigan zagotovkalar tushuniladi. Xomaki zagotovkalar chizma talablariga muvofiq keladigan oʻlcham, aniqlik va tozalikdagi detal hosil qilish maqsadida qoʻyim kesib olish uchun mexanik ishlanish zarur boʻlgan zagotovkalardir. Mashina detallari uchun zagotovkalar asosan quyidagi usullar bilan tayyorlanadi: 1) qora va rangli metallardan quyish yo'li bilan; 2) bosim bilan ishlash (bolgʻalash va shtamplash) orqali; 3) qora va rangli metallar prokatidan; 4) metallokeramikadan (kukun metallurgiyasi yoʻli bilan); 5) payvandlash – zagotovka qismlarini bir butun qilib ulash yo'li bilan; 6) metallmas materiallardan (plastik massalar va boshqalardan). Zagotovka olish usulini tanlash, detalni oʻlcham va materiali, ishchi vazifasi, uni tayyorlashga texnik talablar, yillik dastur va umumiy tuzilishi kabi omillar belgilab beradi. Bu masalani xal qilishda zagotovka oʻlchami va tuzilishi detalni oʻlcham va tuzilishiga maksimal yaqin boʻlishini ta'minlash kerak. Lekin shuni unutmaslik kerakki, zagotovka aniqligini oshirish va tuzilishini murakkablashtirish uni tannarxini oshishiga olib keladi. SHuning uchun ham zagotovka olishni optimal usuli qilib, zagotovka tannarxi kam boʻlgandagi usuli hisoblanadi. Zagotovkalarni olish usulini tanlashda xal qiluvchi faktor boʻlib detalning shakli, massasi, materiali va yillik ishlab chiqarish xajmi xizmat qiladi. Zagotovkani tanlash boʻyicha oxirgi qaror esa texnik-iqtisodiy hisoblar asosida qabul qilinadi. Zagotovkalar olish usullariga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - bu zagotovkaning shakli va oʻlchamlarini detalning shakli va oʻlchamlariga yaqinlashtirib tayyorlashdir. Detal va zagotovka oʻlchamlarini bir-biriga yaqinlashtirib tayyorlash keyinchalik mexanik ishlov berish jarayonida ish xajmini kamaytirishga olib keladi. Vilka detalini tayyorlash uchun boshlang'ich bazaviy zagotovka prokat: krug Ø175x135 mm St 45 GOST 2590-88. Prokatdan tayyorlangan zaggotovkaning narxi quyidagicha hisoblanadi: Szag = M + So.z., bu erda M zagotovka materiali uchun sarflangan harajatlar, sum;
  • 3. Konstruktorlik qism: 3.1. Dastgoh moslamasining bayoni 6P83 markali gorizontal frezalash dastgohida frezalash operatsiyasini bajarish uchun (025 operatsiya) moslama loyihalaymiz. Moslama oʻrta seriyali ishlab chiqarish tturi uchun loyihalanadi. Moslama ikkita pona orqali markaziy ariqchalar boʻyicha bazalanadi va yon ariqchalar boʻyicha boltlar bilan mahkamlanadi. Ushbu moslama dastgoh stolining ariqchalari boʻylab ixtiyoriy joyga joylashtirish mumkin. Loyihalanayotga moslama (5-rasm) dastgohning oʻrnatish-maxkamlash frezalash moslamasi hisoblanadi. Moslama konkret texnologik operatsiya - ya'ni konkret detalning ariqchasini frezalash uchun mo'ljallanganligi bois konstruksiyasi boʻyicha maxsus moslamalar sinfiga kiradi. Zagotovka moslamaga ikkita Ø17H10 diametrli, oʻqlari parallel joylashgan ochiq teshiklar orqali doimiy oʻrnatuvchi barmoqlarga oʻrnatiladi. Torets tolminoy 20h14 qalinlikdagi yon sirt tayanch baza boʻlib xizmat qiladi. Moslamani dastgohda siljitish va uni oʻrnatish uchun ikkita bolt 7 xizmat qiladi. 16 15 12 11 10 0000 45 5-rasm. Dastgoh moslamasi 8 9 1 2 13 14 6 3 7 3.2. Oʻlchov moslamasi Ø18H9 diametrli teshik oʻqining va detalning yon sirtini parallellikdan chetga ogʻishini oʻlchash uchun moslama loyihalaymiz (6-rasm). Zagotovka ikkita oʻqlari parallel boʻlgan Ø17H10 diametrli silindrsimon teshiklari orqali plitada joylashgan doimiy barmoq 7 ga oʻrnatiladi. 20h14 qalinlikdagi yon sirt tayanch baza boʻlib xizmat qiladi. Plitada ikkita asos 2 ikkita tayanch 3 orqali oʻrnatiladi va mahkamlanadi. Kolonna 3 da indikator 12 derjavkasi 5 bilan birgalikda kronshteyn oʻrnatiladi. Oʻlchanadigan teshiklarga opravka oʻrnatiladi va ularning uchiga indikator 12 yaqinlashtiriladi. Indikatorning koʻrsatkichiga qarab teshik oʻqi va yon sirtining parallellikdan ogʻishi aniqlanadi. 4 10 12 6 9 5 3 2 1 7 6-rasm. Oʻlchov moslamasi 8 3.2. Maxsus kesuvchi asbobning loyihasi Detalning Ø18N9 teshigiga ishlov berish uchun maxsus kesuvchi asbobni loyihalaymiz. Bunday maxsus kesuvchi asboblar ommaviy va seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida foydalanish uchun tavsiya etiladi. Ular ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni va oʻtishlarning qo'shilib ketishi hisobiga yordamchi vaqtning kamayishini ta'minlaydi. Ushbu teshikni hosil qilish uchun biz maxsus kombinatsiyalashgan kesuvchi asbob parma-zenker tanlaymiz (7- rasm). Quyidagilardan kelib chiqqan holda: Ikki tomoni ochiq vint osti teshiklari GOST 11284-75 boʻyicha qabul qilinadi. N2-N4 oʻlchamlar GOST 6402-70 boʻyicha normal va engil prujinali shaybalar uchun berilgan. Sirtlar g'adir-budirliklari parametrlari: D.Rz 40 - birikuvchi detallar teshiklari H4.Rz 40- ichki diametr (ne shlifovat). CHoʻqqidagi burchak – 127. Oldingi burchak – 0. Ketingi burchak – 12. Spiralning ogʻish burchagi – 34. Peremichkaning ogʻish burchagi – 30. Kesuvchi qismining materiali R9K5 GOST 19265-73 boʻyicha. Dum qismining materiali poʻlat 40X GOST 4543-71 boʻyicha. Q R1 $2 $10 48 Конус Морзе №2 20 10 80 1 2 7-rasm. Parma-zenker Morze konusi oʻlchamlarini aniqlaymiz
  • 4. Iqtisodiy qism: 34000 dona boʻlgan “Vilka" detaliga mexanik ishlov berish uchun texnologik jarayon loyihasi" mavzusi boʻyicha iqtisodiy hisoblarni bajaramiz. Vilka detali materiali St45 markali poʻlat, massasi 7,5 kg, yillik ishlab chiqarish hajmi N=34000 dona, ishlab chiqarish ikki smenali tashkil etilgan. Ushbu detalni tayyorlashda quyidagi texnologik jarayon amalga oshiriladi: Vilka detaliga ishlov berish texnologik marshruti 12- jadval El. dv. Operatsiya Dastgoh nomi Dastgoh modeli td, min. No quvvati, kVt 005 Tokarlik CHPU 16K20F3 17,0 4,7 010 Tokarlik CHPU 16K20F3 17,0 7,2 015 Parmalash CHPU 2R135F2-1 14,5 4,0 020 Gorizontal-frezalash 6R83 7,5 7,3 025 Parmalash CHPU 2R135F2-1 14,5 6,4 030 Parmalash CHPU 2R135F2-1 14,5 2,1 4.1. Dastgohlarni miqdorini aniqlash Dastgohlarning yillik foydali ishlash vaqtini qabul qilamiz: Ffoy = 4029 soat Ishlab chiqarish taktini aniqlaymiz: 60. Ефой 60-4029 T= = 7,11мин N 34000 bu erda N=34000 dona – vilka detalini yillik ishlab chiqarish hajmi. Seriyalilik koeffitsientini aniqlaymiz: K= τ 7,11 = 1,34 5,28 дон.урт bu erda T =7,11 min - ishlab chiqarish takti; tdon.o'rt 5,28 min – texnologik jarayondagi har bir operatsiyaga mos ravishdagi oʻrtcha donabay vaqt, u quyidagicha aniqlanadi: Σti t = 31,7 = 5,28мин дон.урт i=1 n 6 bu erda ta = 31,7 min - texnologik jarayondagi har bir operatsiyaga mos ravishdagi donabay vaqt, min; n = 6 - jami operatsiyalar soni. Aniqlangan koeffitsientga asosan ishlab chiqarish turini belgilanadi: 1<K<10 loyihamiz (K = 1,34) yirik seriyali ishlab chiqarishga toʻgʻri keladi. Dastgohlar sonini va ularning yuklanishini aniqlash Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda dastgohlar soni har bir operatsiya uchun alohida hisoblanadi: Cx₁ = tai › [dona], τ bu erda tdi - har bir dastgohda bajariladigan operatsiya uchun sarflangan vaqt, min; T - ishlab chiqarish takti, min/dona. 1. 005. Operatsiya. Tokarlik RDB 40 Cx₁ = tal 4,7 7,11 τ = 0,66 Sx₁=1 dona 16K20F3 markali tokarlik RDB dastgohini qabul qilamiz. 2. 010. Operatsiya. Tokarlik Cx2 = t02_7,02 = 0,98 7,11 τ Sx2=1 dona 16K20F3 markali tokarlik RDB dastgohini qabul qilamiz. 3. 015. Operatsiya. Parmalash RDB Cx3 = t34,0 = 0,56 7,11 τ Sx3=1 dona 2R135F2-1 markali parmalash RDB dastgohini qabul qilamiz. 4. 020. Operatsiya. Frezalash Cx4 ta4_7,03 = 0,98 τ 7,11 Sx4=1 dona 6R83 markali vertikal frezalash dastgohini qabul qilamiz. 5. 025. Operatsiya. Parmalash RDB tas Cx3 = 1os = 6,4 = 0,90 5 7,11 τ Sx5=1 dona 2R135F2-1 markali parmalash RDB dastgohini qabul qilamiz. 6. 030. Operatsiya. Parmalash RDB ta 2,1 Cx6 06 = 0,29 τ 7,11 Sx6= 1 dona 2R135F2-1 markali parmalash RDB dastgohini qabul qilamiz. Dastgohlarni yuklanish koeffitsientini quyidagicha aniqlaymiz: Cx Кю.к Ск.к 100% bu erda Sx₁ - dastgohlarning hisobiy soni, Sq.q- dastgohlarning qabul qilingan soni. 1. 16K20F3 markali tokarlik RDB dastgohining yuklanish koeffitsienti: Cx1 0,66 Кю.К 005 - СК.К 1 41 •100%=66%
  • 5. Mehnat muhofazasi: Diplom loyihasi mavzusi 34000 dona boʻlgan "Vilka" detaliga mexanik ishlov berish uchun texnologik jarayon loyihasi boʻlib, loyihada mexanika sexida ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning normal mehnat qilishlari uchun xavfsizlik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Mehnat ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog'ligi va xavfsizligini ta'minlash uchun yo'naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik profilaktika tadbirlarni o'z ichiga qamrab olgan "Mehnat muhofazasi" ijtimoiy-huquqiy masalalarni oʻz ichiga olgan muhandislik fani boʻlib, klassik fanlar bo'lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat texnologiyasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan xamoxangdir. Bu fanning metodologik asosiy mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo boʻladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir boʻlishi mumkin boʻlganxavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularning oldini olish va bartaraf etish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalalarning barchasi oʻzaro bog'langan, kelajak rejalarini hisobga olgan holda koʻriladi. Har bir rahbar va muhandisning Oʻzbekiston Respublikasi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunga, sanoat-sanitariya va gigienasi, texnika xavfsizligi masalalarini toʻgʻri xal etishda ushbu kitob qoʻllanma vazifasini oʻtaydi. Unda mehnatni muhofaza qilish Qonunlari, sanoat-sanitariya va gigienasi, texnika xavfsizligi hamda yongʻinning oldini olish masalalari yoritilgan. Tashkilotlarda mexnat xavfsizligiga doir barcha va xujjatlarni tahlil qilish, kelgusida mehnat xavfsizlik darajasini koʻrsatish, ishyuritishda texnika xavfsizligi mashg'ulotlarini mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi ishlab chiqarishda mexnatkashlar salomatligini ta'minlaydigan chora tadbirlar va ishlarni bajarishning tegishli usullari majmuidir Umuman metallarga mexanik ishlov berish korxonasida mehnat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi uchun, shuningdek ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish va uni kamaytirish, kasb kasalliklarini kamaytirish uchun ma'suliyatning korxona rahbari zimmasiga yuklanadi: aloxida boʻlimlarda esa bular uchun tegishli rahbarlar (sexlar va boʻlinmalar boshqalari) ma'sul xisoblanadi. Har qaysi ta'mirlash korxonasida ishlab chiqarishda shikastlanishlarning oldini olish uchun xavfsizlik texnikasi va yong'in xavfsizligiga doir tegishli qoidalar ishlabchiqariladi va xodimlarga etkaziladi. Korxona rahbariyati xodimlarga yo'l-yoʻriqlar oʻz vaqtida va sifatli berilishini hamda xavfsiz ish usullarni oʻrgatilishini ta'minlashga majburdir. Metallarga mexanik ishlov berishda shikastlanishlarning oldini olish uchun ish o'rnini toʻgʻri tashkil etishning ahamiyati katta.