Pedagogika

Ushbu kitob «PEDAGOGIKA» fanining «PEDAGOGIKA» fanidan 5231700- Kadrlar menejmenti ta'lim yo'nalishi uchun o'quv uslubiy majmuasi. Unda pedagogika fani nazariyasi, tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni, ta'lim jarayonining shakllari, metodlari va vositalari, tarbiya turlari va ularning mazmuni, tarbiya jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, milliy tarbiyaning o'ziga xosligi, zamonaviy pedagog modellari, pedagogik texnologiyalar, pedagogik mahorat va pedagogik qobiliyatlar kabi masalalar chuqur o'rganiladi. Shuningdek, kitobda ta'lim metodlari, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim va uning asoslari hamda ta'lim jarayonini tashkil etish shartlari yoritilgan. Soni 179 ta bo'lib, kitobda Pedagogika fanining asosiy ma'lumotlari va nazariyalarini o'z ichiga olgan, shuningdek, yakuniy nazorat savollari va testlar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari: Pedagogika fani qanday fan? Tarbiya-pedagogika fanining predmeti sifatida. Pedagogika fanining tadqiqot ob’ekti. Ilmiy pedagogik tushunchalar. Bilim, ko`nikma va malakalar va ularni shakllantirish. Pedagogik modellar. Produktiv pedagogika. Pedagogik modellarning ta’limga quyadigan talablari. Multisavodxonlik modeli. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning tarmoqlari. Iqtisodiy pedagogika - pedagogika fanining bir tarmog`i sifatida.
  • Tarbiya nazariyasi: Tarbiya tushunchasi. Tarbiya jarayoni. Tarbiyaning shakl, metod va vositalari. Tarbiya qonuniyatlari va qoidalari. Tarbiya turlari. Aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, iqtisodiy, ekologik tarbiya. Oila tarbiyasi. Tarbiya tamoyillari: tarbiyaning muayyan maqsadga qaratilganligi, shaxsni jamoada tarbiyalash, tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish, tarbiyaviy ishlarning izchilligi va tizimliligi. Milliy tarbiyaning uziga xosligi. SHarq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi qarashlari. Talabalar tarbiyaviy ishlarini tashkil etish metodikasi.
  • Ta’lim nazariyasi. Ta’lim strategiyalari: Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi. Didaktika tushunchasi. Ta’lim tushunchasining ta’rifi va xususiyatlari. Ta’limning funktsiyalari, kategoriyalari. Didaktik tamoyillar. Blum taksonomiyasi. De Bono’sning “Oltita fikrlash uchun shlyapalar” usuli. Hamkorlikda o’qitish. Ta’lim mazmuni. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv reja, fanning o’quv dasturi, darslik va o’quv qo’llanmapar. Ta’limning tashkiliy shakllari, metod va vositalari.
  • Zamonaviy pedagog modeli: Pedagog shaxsi. Pedagogga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Mahoratli O`qituvchi tushunchasi. Zamonaviy pedagog modeli. Pedagogik mahorat xaqida tushuncha. Pedagogik texnika va uning komponentlari, tarkibiy qismlari. Pedagogik qobiliyat. Pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan muomalasi. Pedagog va talaba urtasidagi mulokot. O`qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi shaxs sifatida. O`qitish uslublari va texnikalari. Uyin orqali urganish, rolli uyin, aqliy xujum, mavzuviy o`qitish, umumlashtirilgan o`qitish, hikoya suzlash, yordamchi ko`nikmalar, muxokama usuli, talab uslubi, muammoli ta’lim, a’lo darajada urganish.
  • Ta’lim texnologiyalari: “Texnologiya”, “Innovatsion texnologiya”, “Pedagogik texnologiya” tushunchalari, ularning o’zaro farqlari. Ta’lim texnologiyasi nima? Ta’lim texnologiyasining xususiyatlari. Ta’lim texnologiyasi loyixalash fani sifatida. Ta’lim texnologiyasi ta’limning injiniring fani sifatida. Ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalar kullash muammolari. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy, amaliy asoslari. Pedagogik texnologiyalarning asosiy xususiyatlari. G’oyaviylik xususiyati. Tizimlilik xususiyati. Boshqaruvchanlik xususiyati. Samaradorlik xususiyati. Qayta takrorlana olish xususiyati. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan ta’riflar va ularning taxlili.