Pedagogika
Ushbu kitob "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat" fanidan olingan bo'lib, o'qituvchi-pedagogning zamonaviy va psixologik jihatdan rivojlangan faoliyatini, uning nazariy va amaliy jihatlarini, pedagogik mahoratning shakllanishi va rivojlanishini, pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlarini, o'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasini, pedagogik texnikani, innovatsion faoliyatni hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini o'z ichiga oladi. Ushbu kitobda pedagogik texnologiyalarning turlari, rivojlanishi, zamonaviy tuzilmasi hamda o'qituvchi mahorati va madaniyati masalalariga chuqur urg'u berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash milliy dasturining talablari asosida bilim va kasb hunar egallashga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish, ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni kiritish va bu jarayonlarda pedagogik texnologiyalar hamda pedagogik mahoratning o’rni muhim ekanligi haqida ma’lumot beradi.
- Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsad va vazifalari: Ta’lim mazmunini yangilashning hozirgi bosqichda pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat fanining mazmuni, mohiyati maqsad va vazifalari. Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari. Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflar pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Pedagogik texnologiyalarning tarixiy taraqiyoti darajalari. Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari.
- Pedagogik texnologiyaning tavsifiy jihatlari.: Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik asoslari uning va turlari, Boshqaruv uslublari. Pedagogik texnologiyaning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa ekanligi. Pedagogik texnologiya tamoyillari. Pedagogik texnologiya va o’qitish texnologiyasi. Ta’lim-tarbiyaga texnologik yondashuv. Og’zaki-ko’rgazmali yondashuv. Tadqiqiy-ijodiy yondashuv. Izlanuvchan yondashuv. Texnologik yondashuv. Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv.
- Pedagogik texnologiyaning shakllanishi va uning zamonaviy tuzilmasi.: Ta’lim texnologiyasi va uning tuzilishi. Pedagogik texnologiyalarning darajalari, Umumiy pedagogik daraja., Xususiy metodik darajada, Lokal (modul) darajada, Ta’lim texnologiyasining asosiy maqsad. Ta’limda axborot texnologiyalari.
- Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni va axamiyati.: O’qituvchi atamasi, uning shaxsi, kasbi va mahorati haqida tushuncha. O’qituvchi kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o’rni. O’zbekiston respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida o’qituvchi faoliyati mazmuniga qo’yiladigan talablar kasbiy mahorati haqida tushuncha. O’qituvchi faoliyatining asosiy yo’nalishlari, pedagogik zakovat, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika. SHarq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla avloniy, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus va boshqalarning ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, muloqot va muomala madaniyati, munosabatga kirishish mahorati, ularni egallashga qo’yiladigan talablar haqida ilg’or fikrlar.
- Pedagogik qobiliyatlar pedagogik maxoratning tarkibi sifatida.: O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Qobiliyatning psixologik pedagogik tavsifi. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. O’qituvchi irodasi, sabr-toqati, maqsadga intilishi, uning o’z-o’zini idora qilish hamda boshqalarga ta’sir o’tkaza olish qobiliyati, xis tuyg’ulari va kayfiyatini boshqara olish kabi sifatlari. Muloqot orqali ta’sir etish. O’qituvchining komumnikativ ko’nikmasi: o’zini namoyon qila bilish, nutq vositasi hamda so’zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish.
- Pedagogik texnika. Pedagogik texnikani shakllantirish usullari.: Pedagogik texnikani shakllantirish usullari. Pedagogik texnika vositasi verbal-noverbal kommunikatsiya. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. Nutq texnikasi va madaniyati. 1.O’qituvchining o’z xulqini, hatti-harakatini, fe’al-atvorini boshqara olish ko’nikmasi. 2.O’qituvchining yakka shaxs va jamoaga ta’sir etish bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmasi. 3. O’qituvchining o’z ruxiy holatini boqara olish texnikasi. 4. Yosh o’qituvchi xarakatidagi tipik xatolar va ularni tuzatish yo’llari. 5.O’qituvchining harakteri individual xususiyatlariga qarab faoliyatga bo’linishi.
- O’qituvchining innovatsion faoliyati: Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. O’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to’qnashuvi va o’zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko’zda tutadi. O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo’ladi.