Tabiiy preparatlar texnologiyasi

Ushbu kitob "Tabiiy preparatlar texnologiyasi" fanining o'quv dasturini va shu fanni o'qitish jarayonini aks ettiruvchi, biologik faol moddalarni olish texnologiyalarini o‗rgatishga qaratilgan uslubiy qo‗llanmadir. Kitobda asosiy mavzularning mazmuni, talabalarning bilim, ko‗nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar, shuningdek, nazorat savollari va amaliy mashg‗ulotlar keltirilgan. "Fitopreparatlar texnologiyasi" fani bo‗yicha talabaning mustaqil ishini tashkil etish shakli va mazmuni, hamda ushbu fanni o‗qitish jarayonini keng qamrab oladi. Kitob mazmuni O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy texnologik jarayonlar: O'simlik xom ashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olish va tozalash jarayonlarini apparatlar bilan jixozlash. Boshqa umumiy texnologik jarayonlar, jumladan, ekstraksiya va filtratsiya usullari, ularning turlari, printsipilari, hamda ularda qo'llaniladigan apparatlar va ularning ishlash tartibi.
  • Alkaloidlar: Alkaloidlarning kashf etilishi, tarixi, kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari, tasnifi, ularni olish texnologiyalari, tibbiyotda qo'llanilishi. Shuningdek, ularga nisbatan sifat va miqdoriy analiz usullari.
  • Flavanoidlar: Flavanoidlarning umumiy tasnifi, kimyoviy xossalari, O'simliklarda ularning mavjudligi va tibbiyotda qo'llanilishi. Flavonoidlarning sifat reaktsiyalari va ularning miqdorini aniqlash usullari.
  • Oshlovchi moddalar (Taninlar): Oshlovchi moddalarning tasnifi, kimyoviy xossalari, ushbu moddalarning tibbiyotda ahamiyati. Oshlovchi moddalarning umumiy va maxsus usullar bilan olinish texnologiyasi. O'simliklarda taninlar saqlanadigan turlari va ularning ajratib olinishi.
  • Yurak glikozidlar: Yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari, tasnifi, kimyoviy tuzilishi va tibbiyotda ishlatilishi. Abitsin, asetildigitoksin kabi preparatlarning olinish texnologiyasi. Yurak glikozidlarining sifat reaksiyalari.
  • Saponinlar: Saponinlarning tasnifi, kimyoviy xossalari va tibbiyotdagi ahamiyati. Ularning olinish texnologiyalari, jumladan, Diosponin, Polisponin, Saparal preparatlarining olinishi.
  • Antratsen unumlari: Antratsen unumlarining kimyosi, tasnifi, xossalari, o'simlik manbalari. Sano ekstrakti va bo'yoqdor ro'yan ekstraktini olish texnologiyasi.
  • Kumarinlar: Kumarinlarning kimyosi, tasnifi, xossalari, o'simlik manbalari. Psoralen va Furalen olish texnologiyasi.
  • Biotexnologiya: Biologik faol moddalarni biotexnologik usulda olishning qisqacha rivojlanish tarixi, sanoatda biotexnologiyaning roli, biologik faol moddalarning olinish usullari va umumiy texnologiyasi.
  • Oqsillar: Oqsillarning tuzilishi, xossalari, funksiyalari va organizmdagi roli. Oqsil olish uchun manbalar va usullar. Oqsil olishning yangi usullari.
  • Fermentlar: Fermentlarning tasnifi, xossalari, funktsiyalari, organizmdagi ahamiyati, olinish usullari va tibbiyotda qo'llanilishi.