Mahsulot sifati nazorati

Ushbu uslubiy ko'rsatma «Mahsulot sifati nazorati» fanidan kurs ishini bajarish uchun kerak bo'ladigan ko'rsatmalar va kurs ishlari vazifalari hamda uni bajarish tartiblari berilgan. Kurs ishi haqida umumiy ma'lumotlar, quyilgan talablarni bajarishning tashkiliy tomonlari, kurs ishi ustida ishlash, himoyaga tayyorlash va himoya qilish tartibi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Uslubiy ko'rsatma 5310900 - "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Uslubiy ko'rsatma Наманган мухандислик қурилиш институти ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga asosan nashr etildi.

Asosiy mavzular

  • Kurs ishi va unga talablar: Kurs ishi «Mahsulot sifati nazorati» fanini o'rganayotgan hamda nazariy va amaliy jihatdan asosiy tushunchalarni egallagan talabalarga beriladi. Kurs ishi ikki qismdan: tushuntirish xati va chizmalardan iborat bo'lib, uni himoya qilish bilan yakunlanadi. Uni bajarishda maxsus fanlar, mavjud eng yangi tajribalar, ilmiy va texnik adabiyotlarni o'rganib (ayniqsa, shu fan doirasidagi), mustaqil holda ixtisosligi bo'yicha zamonaviy echimni aks ettiruvchi natijaga ega bo'ladi. Kurs ishiga rahbarlik, rahbarning umumiy yoʻnalishni ko'rsatib berishi bilan belgilanib, koʻrsatma va maslahatlar vositasida amalga oshiriladi. Kurs ishi oʻziga qoʻyilgan barcha talablarga javob berishi lozim va uni bajarish uchun ajratilgan davrda yakunlanishi kerak.
  • Kurs ishini bajarish uchun mavzu tanlash tartibi: «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar kasbiy mahorat tavsifnomasiga koʻra, ular bilishi kerak bo'lgan fanlar ichida «Mahsulot sifati nazorati» fanini oʻzlashtirish uchun mutaxassislik fanlari va qo'shimcha fanlarni bilishi taqazo etiladi. Shu sababli kurs ishi uchun mavzularni tanlashda iqtisodiyotga zarur bo'lgan yoki nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish kerak bo'lgan mahsulot sifatini nazorat qilish va baholashga qaratilgan boʻlishi kerak. Kurs ishiga mavzular har bir talaba uchun alohida yunalish holida beriladi. Ba'zi hollarda, murakkab muammoga bag'ishlangan mavzu, 2-3 talaba uchun berilishi ham mumkin. Bunda, umumiy mavzu yagona boʻlib, har bir talaba uchun shu muammoning ayrim masalalari topshiriq sifatida beriladi. Mavzular kafedra majlisida koʻriladi va tasdiklanadi. Bu mavzular har oʻquv yilida ko'rib chiqiladi va kerakli dolzarb muammo masalalarini hal etishga yo'naltiriladi. Bunday yondoshish kurs ishini, uning ilmiy yoki amaliy darajasini oshiradi. Mavzular muayyan ayrim bir mahsulot sifati masalasini hal qilishga, shartnoma yoki ilmiy tadqikot ishlariga bog'liq boʻlishi zarur.
  • Kurs ishini yozish va rasmiylashtirish: Kurs ishini bajarishda asosiy vazifalardan biri uni ma'lum talablarga javob beradigan shaklda tayyorlashdir. Kurs ishini bajarishga bog'liq materiallar ma'lum ketma-ketliqda beriladi. Tushuntirish xati qoʻlda standart formatli qog'ozda (210x297 mm) oʻzbek, rus yoki chet tilida yoziladi, stilistika va grammatika qoidalariga talab etilgan darajada javob berishi lozim. Tushuntirish xati yozuv mashinasida yoki kompyuterda ham yozilishi mumkin. Yozuv varagʻining chap tomonidan 30 mm, o'ng tomonidan 10 mm, pastki va yuqori qismidan 20 mm joy bush koldirilib yozilishi kerak. Yozuv varagʻining pastki urta qismida raqamlar yordamida betlar ketma-ketligi ko'rsatiladi, betlar hisobi muqovadan boshlanib (muqovada ko'rsatilmaydi) to oxirigacha ketma-ketligi saklangan xolda qo'yiladi; tushuntirish xatiga kiruvchi jadval va chizmalar ham shu hisobga kiradi va rakamlar arab sonlari bilan koʻrsatiladi; tushuntirish xatining hajmi 20-25 betlarni tashkil etib barcha formula va belgilar qo'lda aniq ko'rinishda yozilishi kerak; keltirilgan barcha rasmlarda hisob raqami va nomi rasmning pastki qismida koʻrsatiladi; keltirilgan jadvallarning tartib nomeri va nomi jadvalning yuqori qismida koʻrsatiladi; matematik ifodalarga (murojaat qilinadiganlariga) tartib raqami yozuvning o'ng tomonida qavsda (2), (II) kabi koʻrsatiladi; loyiha 3.2 punktda keltirilgan ketma-ketlikda jamlanadi va tikiladi; matnda umumqo'llaniladigan qisqartmalarni ishlatish mumkin, boshqa hollarda, ibora birinchi kullanilishda toʻliq ravishda yoziladi keyin qavsda qisqartirilib, bosh xarflari keltirilgan xolda yozilishi mumkin, masalan - Texnikaviy nazorat bo'limi (TNB).
  • Kurs ishini himoya qilish tartibi: Berilgan mavzu boʻyicha bajariladigan kurs ishi to'la bajarilib bo'lingach, kafedra mudirining koʻrsatmasi bilan tuzilgan komissiya oldida himoya kilinadi. SHu sababli etarli darajada tayyorgarlik koʻrish lozim. Talaba himoyaga tayyorgarlik koʻrish jarayonida bajargan ishining asl ma'nosini tushuntirib berishi uchun, masalaning koʻyilishi, echish usullari va olingan natijalar bo'yicha qilgan izlanishlarini qayd etishi o'rinli. Buning uchun u sodda va tushunarli tarzda qilgan ishlarini gapirib berishi kerak. Kurs ishini qabul qiluvchi komissiya va rahbar ma'ruzadan soʻng bir necha savollar bilan talabaning ana shu sohadagi bilim darajasini sinab koʻrishadi va yakuniy qilib umumiy baho quyiladi. Bu ishlar talabani tanlagan mutaxassisligi boʻyicha qo'yilgan masalani mustaqil hal etib, bajargan kurs ishini aniq va tushunarli qilib boshqalarga tushuntira olishga oʻrgatadi.