Mahsulot sifati nazorati
Ushbu uslubiy qo'llanma "Mahsulot sifati nazorati" fanidan namunaviy dastur, ishchi o'quv dasturi, ma'ruza mashg'ulotlarining ta'lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, ma'ruza slaydlari, ma'ruzalar matni, amaliy mashg'ulotlarning ta'lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy ko'rsatmalar, nazorat turlari uchun tayyorlangan topshiriqlar variantlari, test savollari, fandan umumiy nazorat savollari va glossariy (izohli lug'at) jamlangan. Ushbu o'quv-uslubiy majmua texnikaoliy o'quv yurtlari 5320300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)ta'lim yo'nalishining pedagog-o'qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o'quv-uslubiy majmuadan ilmiy xodimlar, aspirant va tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.