Kimyo
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo’lib, Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari F.F.Hoshimov, A.S.Arislanov va N.N.Tursunovlar tomonidan tayyorlangan. “KIMYO” nomli ushbu o‘quv qo‘llanma 5320800 - Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi, 5310900 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash texnologiyasi, 5320300 - Texnologik mashinalar va jihozlar, 5321500 - Texnologiyalar va jihozlar, 5321200 – Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi, 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, Kimyo fanining mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalari, umumiy qonuniyatlari, asosiy anorganik va organik birikmalar sinflari, ularning nomlanishi, olinishi, xossalari, qo’llanishi, atom tuzilishi nazariyasi, kimyoviy bog’lar xaqida ta’limot, metallar va metallmaslar hamda ularning birikmalari, olinishi va xossalari, eritmalar va elektrokimyoviy jarayonlar nazariyasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, kimyoviy kinetika, elektroliz, galvanik elementlar va kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga aylanish hodisalari, kimyoviy energiya manbaalari, organik birikmalar tuzilish nazariyasi, izomeriya turlari, nomenklaturasi, reaksion qobiliyati va xossalari talabalar uchun sodda va tushunarli holda ifodalangan.
Asosiy mavzular
- Kimyoning asosiy qonunlari, moddalar va ularning tuzilishi: Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o‘zgarishlarni chuqur o‘rganadi. Kimyoning mustaqil fan sifatida o‘rganilayotganiga 200 yildan ortiq vaqt o‘tdi. O’zbekiston Respublikasi Kimyo sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan mamlakatlardan biridir. Kimyo fani juda qiziqarli fan hisoblanib jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi. Bu fanda yuzaga keladigan kashfiyotlar jamiyatda juda katta o’zgarishlarni yuzaga keltirgan. Kimyo sohasida ishlayotgan olimlar ilmiy yangiliklarni, nazariyalarni va olingan tajriba natijalarini bir birlariga yetkazib turadilar. Buning uchun kimyogarlar orasida ma’lum fan sohasida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkaziladi. Turli tuman kimyo faniga ixtisoslashgan jurnallarda ilmiy maqolalar, risolalar, ma’ruzalar, monografiyalar kimyoning turli sohalari bo’yicha chop etiladi. Turli mamlakatlardagi kimyogar olimlar orasida o’zaro ilmiy aloqalar o’rnatiladi, munozaralar, muzokaralar va ilmiy yozishmalar amalga oshiriladi. Masalan: kimyoviy boglanish, kimyoviy reaksiya, atom tuzilishi.
- Kimyoviy kinetika, eritmalar, elektrokimyoviy jarayonlar, metallar va metallmaslar: Kimyoviy reaksiyalar tezligiga ta’sir etuvchi omillar. Kimyoviy muvozanat. Eritmalar va ularda boradigan jarayonlar. Metallar va metallmaslar hamda ularning birikmalari. Elektrokimyoviy jarayonlar.
- Organik kimyo. Uglevodorodlar: Organik kimyo - uglerod birikmalari kimyosidir. Organik birikmalar molekulasidagi atomlar bir-biriga ta’sir ko’rsatib turadi va shu tufayli organik birikmaning xossalari shakllanadi. Atomlar bir-biriga bevosita birikkan holda yoki uzoqdan, ma`lum masofadan turib (bevosita birikmagan holda) ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bu ta`sir asosan 2 xil bo`ladi: 1) Induktsion ta`sir; 2) Mezomer ta`sir. Uglevodorodlar - uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan organik birikmalar.
- Funksional guruhli organik birikmalar: Organik birikmalarning kimyoviy xususiyatlarini belgilab kiruvchi guruhlarga funktsional guruhlar deyiladi. Masalan, molekulada karboksil - COOH funktsional guruh bo’lsa, kislota xususiyatiga ega bo’ladi. Shu tariqa spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va ularning hosilalari o’rganiladi.
- Aralash funksiyali birikmalar. Uglevodlar.: Tarkibida ham gidroksil guruh, ham karboksil guruh tutgan birikmalar gidroksikislotalar (oksikislotalar) deb ataladi. Uglevodlar - uglerod va suvdan tuzilgan, ya’ni karbonsuvlardir. Ularning kimyoviy xossalari spirtlar va aldegidlarning xossalariga o’xshash bo’ladi.