Kimyo
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo’lib, Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari F.F.Hoshimov, A.S.Arislanov va N.N.Tursunovlar tomonidan tayyorlangan.
“KIMYO” nomli ushbu o‘quv qo‘llanma 5320800 - Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi, 5310900 - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash texnologiyasi, 5320300 - Texnologik mashinalar va jihozlar, 5321500 - Texnologiyalar va jihozlar, 5321200 – Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi, 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, Kimyo fanining mazmun-mohiyati, asosiy tushunchalari, umumiy qonuniyatlari, asosiy anorganik va organik birikmalar sinflari, ularning nomlanishi, olinishi, xossalari, qo’llanishi, atom tuzilishi nazariyasi, kimyoviy bog’lar xaqida ta’limot, metallar va metallmaslar hamda ularning birikmalari, olinishi va xossalari, eritmalar va elektrokimyoviy jarayonlar nazariyasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, kimyoviy kinetika, elektroliz, galvanik elementlar va kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga aylanish hodisalari, kimyoviy energiya manbaalari, organik birikmalar tuzilish nazariyasi, izomeriya turlari, nomenklaturasi, reaksion qobiliyati va xossalari talabalar uchun sodda va tushunarli holda ifodalangan.