Kimyo

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan kimyo fan dasturi asosida Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan oʻquv-uslubiy majmua hisoblanadi. Unda umumiy kimyo fanining asosiy qonunlari, jumladan kimyo, modda, atom, molekula tushunchalari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, termokimyo, kimyoviy kinetika va muvozanat, elektrolit eritmalar, elektroliz, metallar korroziyasi, polimerlar kimyosi, elektrokimyoviy jarayonlar kabi mavzular o'z ichiga olgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Kimyo fani fundamental tabiiy fanlardan biri ekanligi, uni bilish hozirgi vaqtda turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislarni ijodiy samarali ishlari uchun zarurdir. Oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotgan bo’lajak texnik bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarni kimyoviy bilim darajasini oshirish juda dolzarb masalalardan biridir, chunki u yangi materiallarni texnikada qo’llash, ularni bardoshliligini oshirish, energiyani tejash imkonini yaratadi. Kimyo qonunlarini bilishi ekologik muammolarni hal qilishda, talabalar dunyo qarashini shakllanishida o’z hissasini qo’shadi.
  • 1-MAVZU. KIMYONING MAQSAD VA VAZIFASI. KIMYONING ASOSIY QONUNLARI: Kimyo fanining maqsadi va vazifalari, materiya, modda, atom, molekula va kimyoviy element, atom-molekulyar ta'limot, oddiy va murakkab moddalar, allotropiya, fizikaviy va kimyoviy hodisalar, kimyo fanining asosiy qonunlari.
  • 2-MAVZU. ANORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARI: Anorganik birikmalarning muhim sinflari, oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning nomlanishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
  • 3-MAVZU. ATOM TUZILISHI: Atom tuzilishi. Rezerford tajribasi, N. Bor nazariyasi, Kvant sonlari va ularning fizik ma'nosi, elektron bulutlar formasi, Pauli prinsipi, Gunda va Klechkovskiy qoidalari.
  • 4-MAVZU. ELEMENTLARNING DAVRIY QONUNI VA SISTEMASI: Kimyoviy elementlar davriy sistemasi, davriy sistemaning tuzilishi, kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining xossalari, davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati.
  • 5-MAVZU. KIMYOVIY BOG’LANISH VA ULARNING TURLARI: Kimyoviy bog’lanishning vujudga kelishi va turlari, moddalarning agregat holatlari, kristall va amorf moddalar, kristall panjaralar haqida tushuncha.
  • 6-MAVZU. TERMOKIMYO: Termokimyoviy jarayonlar. Ekzotermik va endotermik reaksiyalar, Lavuaze-Laplas va Gess qonunlari, Entalpiya va entropiya.
  • 7-MAVZU. KIMYOVIY KINETIKA VA KIMYOVIY MUVOZANAT: Kimyoviy kinetikaning asosiy tushunchalari, reaksiy tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar, katalitik reaksiyalar, gamogen va geterogen kataliz, qaytar va qaytmas reaksiyalar, kimyoviy muvozanat, Le-Shatelye prinsipi.
  • 8-MAVZU. ERITMALAR, ULARNING TURLARI. SUYULTIRILGAN ERITMALAR XOSSASI: Eritmalar va dispers sistemalar, ularning turlari, konsentrasiyani ifodalash usullari, eruvchanlik, osmos hodisasi va osmotik bosim.
  • 9-MAVZU. ELEKTROLIT ERITMALAR. TUZLARNING GIDROLIZI: Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, suvning dissotsiyalanishi va ion ko’paytmasi, vodorod ko’rsatkichi (pH), tuzlar gidrolizi.
  • 10-MAVZU. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI: Kimyoviy elementlar valentligi va oksidlanish darajasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, ularning turlari, oksidlovchi va qaytaruvchilar, reaksiyalar tenglamalarini tuzish, tabiatda va texnikada oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati.
  • 11-MAVZU. METALLAR, ULARNING TABIATDA UCHRASHI, OLINISH USULLARI, KIMYOVIY XOSSALARI: Metallarning D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida joylashgan o’rini va tabiatda uchrashi, metallar olishning asosiy usullari, metallarning fizik va kimyoviy xossalari, metallarning aktivlik qatori, qotishmalar, metallarning qurilishda ishlatilishi.
  • 12-MAVZU. ELEKTROKIMYOVIY JARAYONLAR: Elektrokimyoviy jarayonlar haqida tushuncha, galvanik elementlar, akkumulyatorlar, elektroliz, elektroliz qonunlari.
  • 13-MAVZU. ELEKTROLIZ. ELEKTROLIZ QONUNLARI: Faradey qonunlari, elektrolizning amalda qo’llanilishi, akkumulyatorlar, ularning turlari va ishlatilishi.
  • 14-MAVZU. METALLAR KORROZIYASI: Metallar korroziyasi va uning turlari, metallarni korroziyadan saqlash, korrozion aktivator va ingibitorlar.
  • 15-MAVZU. POLIMERLAR KIMYOSI: Polimerlar haqida tushuncha, polimerlarning olinishi va xossalari, polimerlarni ishlatilishi va ahamiyati.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 1: Kimyo fanining asosiy qonunlari va ular asosida masalalar yechish.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 2: Anorganik birikmalarning olinish va xossalari.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 3: Kimyoviy bog’lanish turlarini. Termokimyoviy jarayonlar.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 4: Kimyoviy kinetika va muvozanat va uning siljishi (Le shatele tamoyili).
  • AMALIY MASHG’ULOT № 5: Eritmalar, ularning konsentratsiyasini hisoblash.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 6: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 7: Galvanik elementlar hosil qilish. Eyuk ni aniqlash. Eritma va suyuqlanmalarining elektrolizi va Faradey qonunlariga oid masalalar yechish.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 8: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik elementlar va metallarning korroziyasi.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 9: Eritrolit eritmalari. Tuzlarning gidrolizi.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 10: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 11: Metallarning D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida joylashgan o’rini va tabiatda uchrashi, olinish usullari, kimyoviy xossalari.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 12: Elektrokimyoviy jarayonlar.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 13: Elektroliz. Elektroliz qonunlari.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 14: Metallar korroziyasi.
  • AMALIY MASHG’ULOT № 15: Polimerlar kimyosi.
  • 2.3. Amaliy mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar: Amaliy mashg’ulotlar uchun tavsiyalar va har bir mavzuni chuqur o’zlashtirish usullari.
  • 2.4. Laboratoriya ishlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar: Laboratoriya ishlari uchun tavsiyalar, texnika xavfsizligi va asboblar bilan tanishish.
  • 2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar: O’quv rejalarida kurs ishi (loyiha) kiritilmaganligi haqida ma’lumot.
  • 2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar: Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular va ularning mazmuni.