Asalni fizik-kimyoviy tadqiq etish, tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflash va sertifikatlash hamda ularning xavfsizlik bilan o‘zaro bog‘liqligi

Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Oʻzbekiston Respublikasi tovar nomenklaturasiga muvofiq tabiiy va sun'iy asalning iste'mol xususiyatlariga koʻra tasniflanishini takomillashtirish boʻyicha ilmiy natijalar asosida olib borilgan. Tadqiqot natijasida tabiiy va sun'iy asalni kod raqamlarini toʻgʻri aniqlash oqibatida mamlakat iqtisodiyoti havfsizligini ta'minlash hamda bojxona statistikasini toʻgʻri yuritish imkonini bergan. Tadqiqot natijalari asosida, jumladan, tabiiy asalning organoleptik va fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarini aniqlash asosida uning aslligini tekshirishning tezkor usullari, hamda tabiiy asal tarkibidagi prolin aminokislotasini aniqlash usuli bojxona amaliyotiga joriy etilgan. Bu esa tabiiy asalni eksport va import jarayonlarida uning tarkibini tezkor va samarali aniqlash imkonini bergan.

Asosiy mavzular

  • Asalni fizik-kimyoviy tadqiq etish, tovarlar nomenklaturasi boʻyicha sinflash va sertifikatlash: Ushbu bobda tabiiy asalning kimyoviy tarkibi, botanik kelib chiqishi va iste'mol xossalari, uning qalbakilashtirilganligini aniqlash usullari, bojxona maqsadlarida tovarlarni identifikatsiya qilish, tasniflash va sertifikatlashning ahamiyati tahlil qilingan.
  • Tadqiqot ob'yektlari hamda asalning sifat va havfsizlik koʻrsatkichlarini aniqlash usullari: Ushbu bobda paxta, grechka, kungaboqar, dasht va tog' gullaridan olingan asal tadqiqot ob'yekti sifatida oʻrganilgan. Turli oʻsimlik gullaridan olingan asalning sifat va havfsizligini ta'minlovchi koʻrsatkichlari organoleptik va zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida tadqiq etilgan.
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishni muqobillashtirish maqsadida asalni tasniflashni takomillashtirish: Bu bobda tabiiy asal yetishtirish boʻyicha mamlakatimizda va jahondagi holat bayoni, asalning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari tahlili muhokama qilingan. Uni identifikatsiyalash jarayonini takomillashtirish maqsadida Davlat bojxona qo'mitasiga joriy etilgan tezkor samarali usullarning uslubiy asoslari yoritilgan.
  • Tabiiy asalni sertifikatlash jarayonini takomillashtirish: Asalni identifikatsiya qilish uchun xalqaro va milliy standartlar mutanosibligi tahlil qilingan, xalqaro standartlar talablarini oʻrganish natijasida asal eksport qiluvchi korxonalar uchun qoʻshimchalar bilan tabiiy asal ishlab chiqarish uchun texnikaviy shartlar ishlab chiqilgan.