Oilalarda o‘smir yoshlarni ijtimoiy-maʼnaviy hayotga tayyorlashda targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya oilalarda o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda targ'ibot mexanizmlarini takomillashtirish mavzusiga bag'ishlangan. Unda yoshlarning jamiyatga tayyorlash, ularning ijtimoiy-ma'naviy rivojlanishini ta'minlash, ma'naviy merosni targ'ib qilish kabi muhim masalalar tadqiq etilgan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar qo'llanilgan holda yoshlarning ijtimoiy-ma'naviy tarbiyasini takomillashtirish bo'yicha nazariy va amaliy tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda yoshlarga ta'lim-tarbiya berishning turli yondashuvlari mavjud bo'lib, bugun yoshlarni tarbiyalash, ularni oʻz qadriyatlari asosida barkamol toptirish muhim hisoblanmoqda. Albaniya, Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Makedoniya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya va boshqa davlatlarda ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlar strategiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Jahonda globallashuv jarayonlari shiddatli rivojlanib borayotgan davrda barcha jabhalarda boʻlgani kabi yoshlar muammolarini tadqiq qilish, ular bilan ishlash sohasida ham yangicha qarashlar, munosabatlar tizimini ishlab chiqish hamda ilg'or texnologiyalaridan foydalanish taqozo etilmoqda.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari ustuvor yo'nalishiga muvofiq bajarilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalalariga doir ilmiy izlanishlar O.Musurmonova, M.Inomova, U.Inoyatov, A.Isimova, Z.Ismoilova, S.Yo'ldosheva, U.Mahkamov, M.Mahmudova, A.Munavvarov S.Nishonova, N.Ortiqov, O.Jamoldinova, M.Quronov, M.Ochilov, S.Ochilov, K.Risqulova, D.Roʻziyeva, S.Tursunov, Sh.Sharipov, D.Sharipova, Sh.Shodmonova, N.Egamberdiyeva, E.Yuzlikayeva, Sh.Qurbonov, U.Oʻtanov, va boshqalar tamonidan amalga oshirilgan. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi olimlari A.Georgiyevskiy, P.Dribinskiy, A.Dubachay, T.Kamenskaya, A.D.Karabasheva, E.Mensh, G.P.Novikova, E.A.Pipko, G.M.Populo, O.A.Plaskina va boshqalar ta'kidlash mumkin. Xorijiy davlatlar olimlari tomonidan ijtimoiy-ma'naviy qadriyatlar tizimida mehribonlik hodisasi va rahm-shafqat muammolari M.Sheler, A.Adler, A.Kamyu, ye.Fromm, I.V.Gyote larning ilmiy asarlarida, shuningdek, mehr fenomeni masalalari L.Sarolin, I.I.Kurdiye, K.Legge, K.A.Layouslarning ilmiy-tadqiqot ishlarida oʻz aksini topgan.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Maqsadi: oilalarda oʻsmir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda targ'ibot texnologiyalarini amaliyotga joriy mexanizmlarini takomillashtirish. Vazifalari: oilalarda o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy-pedagogik targ'ibot texnologiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash; oilalarda o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda targ'ibot texnologiyalarini rivojlantirish modelini ishlab chiqish; oilalarda o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy targ'ibot texnologiyalari samaradorligini aniqlash mezonlarini aniqlash; oilalarda o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy-pedagogik targ'ibot texnologiyalarini rivojlantirishning didaktik ta'minotini takomillashtirish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Ilmiy yangiligi: ijtimoiy-pedagogik targ'ibot kompaniyalarining shaxsga integrativ, psixologik, pedagogik ta'sir etish mexanizmlari oilalardagi o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda mahalla va oila sotsial institutlarining preventiv siklik mazmuni asosida takomillashtirilgan; oilalarda o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy targ'ibot texnologiyalarini rivojlantirish modeli «umr chizigʻi», «birdamlik koʻprigi», «xavfsizlik marafoni» texnologiyalarining shaxsdagi optimallikni balanslovchi ijtimoiy muhitda dinamik munosabatlar kesimida qoʻllash va ijtimoiy-ma'naviy tarbiyada reintegratsiyasi qilish yordamida takomillashtirilgan. Amaliy ahamiyati: tadqiqot natijalaridan oilalarda, fuqarolar yig'inlarida, tuman (shahar) «Ma'naviyat va ma'rifat» markazlari amaliyotida, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan aholi oʻrtasida madaniy-ma'rifiy chora-tadbirlarni oʻtkazishda, umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalarni tayyorlashda foydalanish mumkin.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yoʻnalishida belgilangan «Uzluksiz ma'naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas'uliyatini oshirish>> 31-bandi «Mamlakatda yoshlar ma'naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan «Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta'minlash» mavzusidagi targ'ibot ishlariga singdirilgan. Natijada oilalarda o'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy-pedagogik targ'ibot texnologiyalarini rivojlantirishga erishilgan.
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi va e'lon qilinganligi: Tadqiqotning nazariy va amaliy natijalari 2 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 15 ta ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi OAK e'tirof etgan ilmiy jurnallarda 10 ta ilmiy maqola nashr etilgan.
- Xulosa: Oilalarda oʻsmir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda targ'ibot mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha olib borgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Zamonaviy o'smir yoshning oʻziga xos namunali fazilatlar sohibi sifatida ijtimoiy-ma'naviy mezonlar asosida shakllanishi targ'ibotchilarning faoliyatiga bog'liqligi ekanligi aniqlandi. Oilalarda ijtimoiy-ma'naviy tarbiya tizimida o'smir yoshlarning ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlash samaradorligi aniqlik va tezkorlik, muntazamlilik, faollik, ta'lim va tarbiya uyg'unligi, tarbiya jarayonining izchilligi, xalqimizning milliy tarbiya borasida yerishgan yutuqlariga tayanishni taqozo qiladi. O'smir yoshlarning «Ommaviy madaniyat», ekstremizm va terrorizm, radikalizm haqida yetarlicha bilimga ega emasligi natijasida turli buzg'unchi gʻoyalar orqasidan yergashib ketish holatlari kuzatilmoqda. Bunday sharoitda o'smir yoshlar orasida targ'ibot-tashviqot ishlarini yangi texnologiyalar asosida olib borib, bu masaladagi nazariy qoidalarni amaliyotga joriy etish yo'llarini takomillashtirish jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-ma'naviy tarbiyaning yuksalishiga xizmat qiladi. O'smir yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy hayotga tayyorlashda targ'ibot texnologiyalarining modelini ishlab chiqilishi ushbu tadqiqotning muhim natijalaridan biridir.