Xitoy tilidagi “是shì” elementli hosilalarning funksional – semantik xususiyatlari va о‘zbek tilidagi muqobillari
Ushbu dissertatsiya zamonaviy xitoy tilidagi “是 shì” elementi hosilalarining funksional-semantik xususiyatlarini va oʻzbek tilidagi muqobillarini tadqiq qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda “是 shì” elementining grammatikalashuvi, uning lingvistik maqomi, leksik-semantik va sintaktik mohiyati hamda oʻzbek tilidagi vazifaviy muqobillari batafsil oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari umumiy tilshunoslik, xitoy tili nazariy grammatikasi, xitoy tili morfologiyasi kabi fanlaridan ma'ruza matnlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalar yaratishda, shuningdek, oliy va oʻrta ta'limda xitoy tilini oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin.
Asosiy mavzular
- “是 shì” elementining kelib chiqishi va tavsifi: Ushbu bobda “是 shì” elementining tarixiy rivoji va bogʻlama maqomida grammatikalashuvi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilingan. “是 shì” bogʻlamasi milodiy 500-yillar atrofida shakllangan va keng tarqala boshlagan. Tilshunoslar bogʻlamaning rivojini aniqlovchi uch tamoyilni keltirib oʻtgan: 1) u ravishdan kelib chiqqan; 2) qadimgi xitoy tilida bogʻlovchi ma’nosini ifodalovchi yordamchi soʻzdan kelib chiqqan (tarkibida yě yordamchi soʻzi boʻlgan jumlaning qisqarishi), 3) “是 shì” bogʻlovchisi qadimgi xitoy tilidagi neytral boʻlishsizlik orqali inkor etilgan nominal boʻlishsizlik natijasida paydo boʻlgan. Mazkur fikr keng miqyosda tan olinadi hamda aksariyat olimlar “是 shì” bogʻlamasining paydo boʻlishi Oʻrta Xitoy tili davri (200 milodiy – 1000)ga xos ekanligiga urgʻu berishadi.
- “是 shì” bogʻlamasining sintaktik-semantik mohiyati: Ikkinchi bobda “是 shì” bogʻlamasining sintaktik-semantik mohiyati yoritilib, ushbu unsurning nutqiy tuzilmalarda bajaradigan vazifasi hamda ma'no xususiyatlari tahlil qilingan. Aksariyat adabiyotlarda ega gap grammatik asosini belgilab beruvchi kategoriya, kesim esa argumentning gapdagi o'rnini belgilaydigan leksik tushunchalar jamlanmasi deb e'tirof etiladi. Funksional yoʻnalishdagi tilshunoslikdagi odatiy ta'rifga koʻra, gapning egasi "o'sha gapdagi fe'l bilan "bajarish" yoki "bo'lish" munosabatiga ega bo'lgan ibora"dir. Kesim ega haqida aytilgan fikrni oʻz ichiga oladigan gapning bir boʻlagidir.
- “是 shì” elementining gap va matn derivatsiyasidagi ishtiroki hamda oʻzbek tilidagi muqobillari: Uchinchi bobda “是 shì” elementli hosilalarining qoʻshma gap hamda matn tarkibida bajaradigan vazifalari oʻrganilib, ushbu hosilalarining oʻzbek tilidagi funksional-semantik muqobillari aniqlangan. “是 shì” ning grammatik maqomi va qoʻshma gap tuzilishidagi ishtiroki toʻgʻrisidagi hamda qoʻshma gapning rivojlanishiga oid ma'lumotlar adabiyotlarda kam uchraydi. Qoʻshma gapning paydo boʻlishiga konstruksiyaning paydo boʻlishidek qarash oʻrniga, ba'zi olimlar “是 shì” ni ta'kid ma'nosida rivojlanganligiga e'tibor qaratishadi. Shen “是 shì” bogʻlama shakllanishining sinxron tahlilini taklif qiladi.