Yuqori malakali belbog'li kurashchilarni vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

Ushbu avtoreferat

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Mazkur dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati dunyo hamjamiyatida har bir xalq va elatning milliy urf-odatlar, an'analari, ularni ifodalovchi qadriyatlarini saqlab qolish va ommalashtirish, rivojlantirish uchun milliy sport turlariga e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston xalqining milliy belbogʻli kurash sport turi dunyoning barcha qit'alarida alohida qiziqish uyg'otib, dunyo hamjamiyatida yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni vazn toifasiga qarab musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish, sportchilarni tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish yuzasidan keng ko'lamli ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. So'nggi yillarda koʻplab sport turlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini samarali rejalashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahon miqyosida belbogʻli kurashga o'xshash yoki yaqin boshqa sport turlarining insonlarning jismoniy kamolotiga qoʻshayotgan hissasi, sport madaniyatini toʻliq ifodalash va shu kabi xususiyatlarini tadqiq qilish, samaradorligini asoslash, qolaversa, yanada ommalashtirish, belbogʻli kurashchilarning vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorlash tizimini ilmiy-amaliy asoslash yuzasidan keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, kurashning barcha turlarida, yuqori malakali belbog'li kurashchilarning vazn toifasinini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini, texnik-taktik harakatlar va jismoniy sifatlarini rivojlanganligiga, funksional va jismoniy tayyorgarlik holatlarini hisobga olib rejalashtirish tizimi yaratilgan. Ammo belbogʻli kurashni oʻrganish, oʻrgatish hamda jahon miqyosida ommalashtirish, sport turi boʻyicha yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning vazn toifasini inobatga olgan holda, jismoniy imkoniyatlarini baholash metodlari shu oʻrinda sport natijalarini rejalashtirish, bashorat qilishga qaratilgan muammolar yetarlicha oʻrganilmagan.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi: Tadqiqot respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” bilan bog'liq ustuvor yo'nalishlar doirasiga mos ravishda amalga oshirilgan.
  • Mavzuning oʻrganilganlik darajasi: Yuqori malakali kurashchilarning vazn toifalarini hisobga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini samarali rejalashtirish mashg'ulot faoliyatga tayyorlash, o'quv mashg'ulotlarining ko'p yillik bosqichlarga yangicha nazariy va amaliy ilmiy yondashish asosida dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Ushbu muammoni hal etishda bir qator mahalliy olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, I.I.Alixanov, N.N.Azizov, I.X.Boymurodov, D.J.Safarova, D.X.Adambayev, Sh.A.Abdullayev, N.A.Tastanov, Sh.A.Mirzakulov, A.U.Gofurov, A.R.Taymuratov, Z.S.Artikov, O.V.Goncharov, F.A.Kerimov, S.S.Tajibayev, M.M.Qirgʻizboyev kabi mutaxassislar oʻzlarining ilmiy-uslubiy ishlarida sport yutuqlariga erishishda belbogʻli kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligi asosiy oʻrinda ekanligini ta'kidlashgan. Ushbu ilmiy-uslubiy ishlarda yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni vazn og'irligini inobatga olib tayyorgarlik tizimi, vositalari, mexanizmlari boʻyicha ma'lumotlar yetarlicha berilmaganligi belbogʻli kurashga vazn toifasini inobatga olgan holda muammolar yechimini topishda muhim kamchiliklardan hisoblanadi. Sport turlari boʻyicha Sh.A. Abdullayev, S.S. Tajibayevlar, bundan tashqari N.A. Tastanov, F.A.Kerimov kabi olimlar esa kurashchilarni model tavsifnomalarini ishlab chiqish, jismoniy sifatlarni rivojlanishi, morfofunksional koʻrsatkichlar yetakchi omil ekanligini ta'kidlashgan. Ba'zi mutaxassislar F.A. Kerimov, N.N.Azizov, Z.S.Artikov, I.X.Boymurodov, M.M.Qirgʻizboyev, Sh.A.Mirzakulov, J.M.Nurshin, S.S.Tajibayev, A.R.Taymuratov, N.A.Tastanov, A.U.Xamidjonov. kurashchilarni umumiy sport turlariga rivojlantirish jarayoniga asosiy tadbir sifatida qarash lozimligini takidlashgan.
  • Tadqiqotning metodlari va tashkil qilinishi: Dissertatsiyaning “Tadqiqotning metodlari va tashkil qilinishi" deb nomlangan ikkinchi bobida ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili, anketa so'rovnomasi, pedagogik testlash, pedagogik tajriba, matematik statistika uslubi, tadqiqotning tashkil qilinishida ularni qoʻllash uslubiyati va shartlari batafsil yoritilgan. Dissertatsiya ishini bajarish va tashkil qilish uchun foydalanilgan ilmiy tadqiqotlar metodlari yoritilgan. Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarligini rejalshtirish mazmunini ilmiy-amaliy variantlari yaratilgan. Shuningdek, bobda belbogʻli kurashchilarni umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik-taktik tayyorgarliklarini baholash uchun testlar keltirilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni jismoniy sifatlarini turli shiddat zonalarida (aerob, anaerob, arerob glikoletik, aralash) ta'sir ko'rsatish darajasiga qarab sportchining reaksiyasini oʻzgaruvchanligini vazn toifalari bo'yicha namunaviy yuklamalar me'yorini aniqlash hisobiga sportchining individual koʻrsatkichlarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan; Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni musobaqaoldi jarayonini rejalashtirishda vazn toifasidagi yuklama ta'sirining variativligini jismoniy ko'rsatkichlarining mezon va individual me'yorlari aniqlash hisobiga, tayyorgarlik bosqichlarini majmuaviy integral baholash shkalasi takomillashtirilgan; Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni uzoq muddatli oʻquv mashg'ulotlarining turli bosqichlariga musobaqaoldi, musobaqa, hamda oʻtish davri tayyorgarligini rejalashtirish sportchining turli xil vazn boʻy indeksni aniqlash, ta'sir etuvchi yuklamalarning qiyosiy baholash zonalari takomillashtirilgan; Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning vazn toifasini (yengil, oʻrta, yarim oʻrta va mutloq) tayyorgarlik holatini tabaqalashtirish hamda jismoniy koʻrsatkichlarini oʻquv-mashg'ulot jarayonining boshlang'ich va yakuniy qism.i musobaqaoldi tayyorgarlik turlarini baholash imkoniyati kengaytirilgan.
  • Tadqiqot amaliy natijalari: Vazn toifalarini hisobga olgan holda yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarligi hamda o'quv yuklamalarini rejalashtirish vositalari va usullari ishlab chiqilgan; musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali belbog'li kurashchilarning vazn toifalarini hisobga olgan holda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi ko'rsatkichlari aniqlandi; musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichlarida vazn toifalarini hisobga olgan holda yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning musobaqa faoliyatining model ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan; musobaqaoldi tayyorgarlik bosqichlarida yuqori malakali belbog'li kurashchilarning vazn va boʻy indeks ko'rsatkichlari aniqlandi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, oʻtkazilgan pedagogik tajribalar asosida olingan tadqiqot natijalari yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni ko'p yillik tayyorlash, vositalari va uslublarini majmuaviy integral takomillashtirish dasturi ishlab chiqish evaziga, belbogʻli kurashga vazn-toifasini inobatga olgan holda funksional tayyorgarlik, jismoniy rivojlanish, jismoniy va maxsus tayyorgarlik natijalari, musobaqa faoliyati natijalari bilan oʻzaro bog'liqlikda boʻlgan mashg'ulotlarni rejalashtirishning tizimli mehanizimlarini vazn toifasiga nisbatan differensiallashgan mezonlar bilan muvofiqlashtirish hisobiga oʻquv mashg'ulotlarini rejalashtirish samaradorligi aniqlanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazilari, yuqori malakali belbog'li kurashchilarni vazn og'irligini inobatga olgan holda funksional tayyorgarligi, umumiy jismoniy, maxsus jismoniy tayyorgarligi hamda musobaqa faoliyatini majmuali integral baholash shkalasidan, sport maktablariga, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazilari, joriy qilinadigan huquqiy- me'yoriy hujjatlarni tuzish hamda ishlab chiqish bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarlik rejalashtirish orqali erishilgan samarali natijalarni hisobga olish va tahlil asosida: yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni jismoniy sifatlarini turli shiddat zonalarida (aerob, anaerob, aerob glikoletik, aralash) ta'sir ko'rsatish darajasiga qarab vazn toifalari boʻyicha namunaviy yuklamalar me'yorini aniqlash hisobiga sportchining individual koʻrsatkichlarini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar "Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish” nomli EHM dasturi mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son maʼlumotnomasi). Natijada, yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari 14,3% ga maxsus jismoniy tayyorgarligi esa 15,1% ga, tezkor-kuch 11,3%, kuch-chidamliligi 15,6% oshgan; Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni musobaqaoldi jarayonini rejalashtirishda vazn toifasiga qarab jismoniy koʻrsatkichlarining mezon va me'yorlarini individual aniqlash hisobiga, tayyorgarlik bosqichlarini majmuaviy integral baholash shkalasi takomillashtirilgan boʻyicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Uychi tumani 1-sonli Sport maktabida belbogʻli kurash mashg'uloti jarayoniga tatbiq qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son ma'lumotnomasi). Natijada yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning texnik tayyorgarligi 12,3% ga yaxshilangan; Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni uzoq muddatli oʻquv mashg'ulotlarining turli bosqichlariga musobaqaoldi, musobaqa, hamda oʻtish davri tayyorgarligini rejalashtirishda vazn-boʻy indeks koʻrsatkichlarini qiyosiy aniqlash hisobiga yuklamalarning baholash zonalari takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport faoliyati yoʻnalish talabalarining oʻquv mashg'ulot jarayoniga joriy etilgan (O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son ma'lumotnomasi). Natijada, talabalarning texnik-taktik tayyorgarligining model xususiyatlarini aniqlashga imkon berish orqali hujum va himoya harakatlari samaradorligini 12,7% foizga oshgan; Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning vazn toifasini (yengil, oʻrta, yarim oʻrta va mutloq) tabaqalashtirish hamda jismoniy koʻrsatkichlarini oʻquv-mashg'ulot jarayoniga maqsadli tatbiq etish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarlik turlarini baholash imkoniyati kengaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi belbog'li kurashchilarning mashg'ulot jarayoniga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son ma'lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali belbogʻli kurashchilarning texnik tayyorgarligi 13,7% ga o'sgan.
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida oʻtkazilgan trenerlar seminar-treningida, Namangan davlat universiteti Jismoniy madaniyat va sport faoliyati kafedrasining kengaytirilgan majlisida aprobatsiyadan oʻtkazildi.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 10 ta ilmiy-uslubiy ish, shu jumladan, Oʻzbekiston Adliya Vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligi tamonidan 2 ta № DGU 242117 va № DGU 15519 raqamli mualliflik guvoxnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarida 5 ta maqola, shu jumladan, 2 ta respublika va 5 ta xorijiy jurnallarda chop etilgan.
  • Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi: Dissertatsiya hajmi 142 betdan iborat boʻlib, kirish, toʻrtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Olingan ma'lumotlar 7 ta jadvallar va 25 ta rasm. va joriy etish dalolatnomasini oʻz ichiga oladi.
  • DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Dissertatsiyaning kirish qism.ida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning fan va texnalogiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi asoslab berilgan. Muammoning oʻrganilganlik darajasi, dissertatsiya tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta'lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog'liqligi bayon qilingan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, ob'ekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot usullari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijalari, tadqiqot natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, aprobatsiyasi, e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi borasidagi ma'lumotlar berilgan. Dissertatsiyaning “Yuqori malakali sportchilarning musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirishning mazmunini nazariy tahlil qilishning ilmiy asoslari" deb nomlangan birinchi bobida sport mashg'ulotlarini ko'p yillik tayyorgarlik jarayonini tuzish uslublari, sportchilarni musobaqaoldi tayyorgarlik davlarini tuzulishining umumiy bosqichlari, sport mashg'ulotlarining turli bosqichlarini tuzishning tashkiliy-uslubiy talablari, turli vazn toifasidagi belbog'li kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarlik davrlarini rejalashtirishning ilmiy metodik asoslari. Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni yuqori darajadagi jismoniy va maxsus tayyorgarlikka erishishiga qaratilgan boʻlishi kerak. Bunda asosiy vazifa belbogʻli kurashchilarni umumiy va maxsus tayyorgarlik koʻrsatkichlarini bir-biriga mosligi qay darajada ekanligi, eng asosiysi, ushbu sport turida musobaqaoldi tayyorgarligida vazn og'irligini inobatga olgan holda mashg'ulot yuklamalarini rejalashtirishdir. Buning uchun yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni toifasini inobatga olgan holda yuklamalar baholovchi testlar kompleksi axborot va ishonchlilik uchun tekshirilgan boʻlishi zarur. Murabbiy-trener rejalashtirish jarayonida jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi, maxsus jismoniy tayyorgarligining dastlabki koʻrsatkichlarini bilish va yuqori natijalarga erishish uchun poydevor boʻluvchi individual dasturlardan foydalanishi, qolaversa, kelgusi o'quv yili uchun yuqori guruhlarga oʻtishi uchun normativlarni oldindan bilishi va foydalanishi kerak. Belbog'li kurashning texnik tayyorgarligi boʻyicha J.Sh. Mirzaqulov, Z.S. Artiqov, Sh.S. Mirzanov, M.M.Qirgʻizboyev kabi mutaxassislar oʻzlarining ilmiy-uslubiy ishlarida sport yutuqlariga erishishda belbogʻli kurashchilarni texnik-taktik tayyorgarligi asosiy oʻrinda ekanligini ta'kidlashgan. Ushbu ilmiy-uslubiy ishlarda yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni vazn og'irligini inobatga olib tayyorgarlik tizimi, vositalari, mexanizmlari boʻyicha ma'lumotlar yetarlicha berilmaganligi belbogʻli kurashga vazn toifasini inobatga olgan holda muammolar yechimini topishda muhim kamchiliklardan hisoblanadi. Sport turlari boʻyicha Sh.A. Abdullayev, S.S. Tajibayevlar, bundan tashqari N.A. Tastanov, F.A.Kerimov kabi olimlar esa kurashchilarni model tavsifnomalarini ishlab chiqish, jismoniy sifatlarni rivojlanishi, morfofunksional koʻrsatkichlar yetakchi omil ekanligini ta'kidlashgan. Ba'zi mutaxassislar F.A. Kerimov, N.N.Azizov, Z.S.Artikov, I.X.Boymurodov, M.M.Qirgʻizboyev, Sh.A.Mirzakulov, J.M.Nurshin, S.S.Tajibayev, A.R.Taymuratov, N.A.Tastanov, A.U.Xamidjonov. kurashchilarni umumiy sport turlariga rivojlantirish jarayoniga asosiy tadbir sifatida qarash lozimligini takidlashgan. Dissertatsiyaning “Tadqiqotning metodlari va tashkil qilinishi" deb nomlangan ikkinchi bobida ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili, anketa so'rovnomasi, pedagogik testlash, pedagogik tajriba, matematik statistika uslubi, tadqiqotning tashkil qilinishida ularni qoʻllash uslubiyati va shartlari batafsil yoritilgan. Dissertatsiya ishini bajarish va tashkil qilish uchun foydalanilgan ilmiy tadqiqotlar metodlari yoritilgan. Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni musobaqaoldi tayyorgarligini rejalshtirish mazmunini ilmiy-amaliy variantlari yaratilgan. Shuningdek, bobda belbogʻli kurashchilarni umumiy jismoniy, maxsus jismoniy, texnik-taktik tayyorgarliklarini baholash uchun testlar keltirilgan. Pedagogik tajribani oʻtkazishning asosiy bosqichlari: I bosqich (2019-2020) – mazkur mavzu boʻyicha avval e'lon qilingan ishlarni batafsil tahlil qilib chiqish; hal etilmagan muammolarni aniqlash, ushbu tadqiqot mavzusini tanlash; tadqiqot maqsadi va vazifalarini qoʻyish; ushbu muammoni hal etish boʻyicha real amaliyotni oʻrganish; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasida mavjud bo'lgan hamda mazkur muammoni hal etishga yordam beruvchi chora-tadbirlarni oʻrganish; tadqiqot farazini shakllantirish. II bosqich (2020-2021) bir qator vazifalardan iborat: tajriba ob'ektlarini (malakali kurashchilarni) zarur miqdorda tanlab olish; tajriba oʻtkazishning zarur davomiyligini aniqlash, tajriba ob'ektining dastlabki holatini oʻrganish uchun aniq metodikalarni tanlash; metodikalar qulayligi va samaradorligini kam miqdordagi tekshiriluvchilarda sinab koʻrish; tegishli pedagogik ta'sirlar oqibatida tajriba ob'ektidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida fikr yuritish mumkin boʻlgan belgilarni III bosqich (2021-2022) asosiy, u ishlab chiqilgan metodika samaradorligini tekshirish boʻyicha tajriba oʻtkazishga mo'ljallangan. Bu bosqich quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi: tajriba oʻtkaziladigan tizim doirasining dastlabki holatini oʻrganish (kurashchilarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligi darajasi aniqlanadi); tajriba oʻtkaziladigan shart-sharoitlarning dastlabki holatini oʻrganish; taklif etilgan chora-tadbirlar samaradorligi mezonlarini shakllantirish, tajriba qatnashchilariga uni samarali oʻtkazish tartibi va shartlari toʻgʻrisida yo'l yoʻriqlar berish; tajribaviy tadbirlar tizimi ta'sirida ob'ektlarning oʻzgarishini ifodalovchi oraliq kesimlar asosida tajribaning borishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni qayd etish, tajribani oʻtkazish davomida qiyinchiliklar va mumkin bo'lgan tipik kamchiliklarni koʻrsatish; vaqt, vositalar va sa'y harakatlarning joriy sarfini baholash. IV bosqich (2022-2023) yakunlovchi tajribaga yakun yasashga moʻljallangan: tajriba tadbirlari tizimini amalga oshirish natijalarini yoritish; tajriba kerakli natijalarni bergan sharoitlarni tavsiflash; tajribaviy ta'sir subyektlarining (murabbiylar, sportchilar) xususiyatlarini ta'riflash; vaqt, sa'y harakatlar va vositalarning sarfi toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni aniqlash; tajriba davomida tekshirilgan tadbirlar tizimining qoʻllanilishi chegaralarini koʻrsatish. Dissertatsiyaning “Yuqori malakali belbogʻli kurashchilarni vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish