Poliolefinlar va tarkibida azot, fosfor hamda metallar bo‘lgan oligomerlar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish
Ushbu dissertatsiya ishida polipropilen (JM-375) va polietilen (F-0220) asosida azot, fosfor va metallar saqlovchi oligomerlar yordamida olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish masalasi ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda olingan materiallarning fizik-mexanik, termik va boshqa xossalari o'rganilgan hamda ularning qo'llanilish sohasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari mahalliy sanoatni rivojlantirishga hissa qo'shadi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob'ekt va predmeti, usullari, amaliy ahamiyati, ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalari bilan bog'liqligi hamda natijalarning aprobatsiyasi va nashr etilgan ishlari bayon etilgan.
- Tarkibida azot, fosfor va metallar bo'lgan oligomerlar va poliolefinlar asosida organik materiallar olishning zamonaviy usullari: Birinchi bobda polimerlarni modifikatsiyalashning asosiy usullari, tarkibida azot, fosfor va metallar bo'lgan oligomerlar va poliolefinlar asosida organik materiallarning olinishi va ularning xossalari, tabiiy qo'shimchalar asosidagi organik materiallarga doir adabiyotlar sharhi keltirilgan.
- Tarkibida azot, fosfor va metallar bo'lgan oligomerlar sintezi, tadqiqot ob'ekti va usullari: Ikkinchi bobda materiallar va dastlabki moddalarning tavsifi, tarkibida azot, fosfor va metallar bo'lgan oligomerlar sintezi, sinov va o'lchov usullari berilgan.
- Olingan organik materiallar xossalarining tadqiqoti: Uchinchi bobda olingan natijalarning tahliliga bag'ishlangan. Bu bobda organik materiallarning reologik xossalari, oquvchanlik ko'rsatkichining maleinlangan poletilen miqdoriga bog'liqligi, past haroratda va UB nurlanish tasirida fizik mexanik xossalari, termik xossalari o'rganilgan.
- Organik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni texnik-iqtisodiy asoslash: To'rtinchi bobda organik materiallar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari va iqtisodiy samaradorligi ko'rib chiqilgan.
- Xulosalar: Dissertatsiya natijalari bo'yicha xulosalar keltirilgan va takliflar berilgan.