Poliolefinlar va tarkibida azot, fosfor hamda metallar bo‘lgan oligomerlar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati polimer materiallar sanoatida olovbardoshlik va mustahkamlikni oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Tadqiqotda polipropilen va polietilen asosidagi polimerlarga azot, fosfor va metallar saqlagan oligomerlar qo'shish orqali olovbardosh va yuqori termik hamda mexanik xossalarga ega bo'lgan yangi organik materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari sanoatda, ayniqsa, elektr simlari uchun qoplamalar ishlab chiqarishda qo'llanilishi mumkinligi ko'rsatilgan.