Tikuv-trikotaj sanoati biznes-jarayonlari tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish

Ushbu kitobda toʻqimachilik sanoatida biznes-jarayonlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalasi chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, reinjiniring texnologiyalarini qoʻllash, samaradorlikni oshirish kabi muhim masalalar koʻrib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • TADQIQOT OB'EKTI VA PREDMETI: Tadqiqot obyekti sifatida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalarining biznes-jarayonlari tanlangan. Tadqiqot predmeti boʻlib to'qimachilik sanoati korxonalari biznes-jarayonlarini tashkil etishda yuzaga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
  • TADQIQOT USULLARI: Tadqiqot jarayonida tizimli va statistik tahlil, ekspertlar bahosi, grafik talqin, samaradorlikni baholashning integral koʻrsatkichi, korrelyatsion-regression tahlil, SWOT-tahlil kabi usullardan foydalanilgan.
  • TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI: Tikuv-trikotaj korxonalarining biznes-jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, import qilinadigan sun'iy va sintetik tola, jun, xomashyo va materiallari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilishni tatbiq etish orqali takomillashtirish asoslangan; tikuvchilik korxonasida kiyimlar andozasini bichish jarayoniga oid xarajatni kamaytirish mezoni boʻyicha maqsad funksiyasini L(x) = Σ=1=1 i * Xij → min darajasida belgilash asosida biznes-jarayonni reinjiniringlash orqali samarali tashkil etish asoslangan; to'qimachilik korxonasi biznes-jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi korxona raqobatbardoshigini ta'minlashga yo'naltirilgan biznes-jarayonlarni tanlashda zamonaviy tizim va usullarni ishlab chiqish, samarali tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya va konsalting-maslahat xizmatlari vositasida takomillashtirilgan; 'FULL COTTON' mas'uliyati cheklangan jamiyatning mahsulot sotishdan tushgan umumiy tushum koʻrsatkichiga ta'sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan.
  • TADQIQOTNING AMALIY NATIJALARI: 'biznes-jarayonlarni tasniflash amalga oshirilgan; biznes jarayonlarini takomillashtirish maqsadlariga erishishning asosiy usullari tasniflangan; tikuvchilik korxonasining bichish jarayonida qo'llaniladigan texnologik uskunalarini iqtisodiy samaradorligi asoslangan; tikuv-trikotaj korxonalarining asosiy ishlab chiqarish biznes-jarayonini takomillashtirishda jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan reinjiniringni qoʻllashning maqsadga muvofiqligi asoslangan va uni amalga oshirish bosqichlari ishlab chiqilgan; tikuvchilik korxonasida asosiy biznes-jarayonni reinjiniring qilishning texnologik zanjir bosqichlari sxemasi ishlab chiqilgan; tikuv-trikotaj korxonalari biznes jarayonlari tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan; tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining biznes-jarayonlari rivojlanishini prognozlashning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan.