Tikuv buyumlari tеxnologiyasi
Ushbu kitob tikuvchilik texnologiyasi bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlari uchun qo'llanma bo'lib, yengil sanoat buyumlarining asosiy detallariga ishlov berish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda kiyim detallariga dastlabki ishlov berish, cho'ntaklar, yoqalar, yenglar, bortlar, taqilmalar va yubka uzellariga ishlov berish usullari batafsil yoritilgan. Qo'llanma talabalarga amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga va tikuvchilik jarayonini chuqur o'zlashtirishga yordam beradi.