Davlat budjeti

Mazkur oʻquv-uslubiy majmua "Davlat byudjeti" fanining oʻquv dasturiga muvofiq ravishda ma’ruzalar matnlari, amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish boʻyicha uslubiy qoʻllanma, fanning namunaviy va ishchi-oʻquv dasturlari, fan yuzasidan testlar, yakuniy nazorat savollari va variantlari, talabalar bilimini baholash mezonlari, fan mavzulari boʻyicha tarqatma materiallar, fan mavzularini oʻzlashtirish boʻyicha asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar hamda boshqa didaktik materiallar jamlangan.

Asosiy mavzular

  • 1-MAVZU: “DAVLAT BUDJETI” FANIGA KIRISH: Ushbu oʻquv-uslubiy majmuada “Davlat byudjeti” fanining oʻquv dasturiga muvofiq ravishda ma’ruzalar matnlari, amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish boʻyicha uslubiy qoʻllanma, fanning namunaviy va ishchi-oʻquv dasturlari, fan yuzasidan testlar, yakuniy nazorat savollari va variantlari, talabalar bilimini baholash mezonlari, fan mavzulari boʻyicha tarqatma materiallar, fan mavzularini oʻzlashtirish boʻyicha asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar hamda boshqa didaktik materiallar jamlangan.
  • 2-MAVZU: DAVLAT BUDJETINING MOHIYATI VA AHAMIYATI: Davlat byudjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun moʻljallangan markazlashtirilgan pul jamgʻarmasi. Uning maqsadi – jamiyatda yaratilgan boylik va ne’matlarning jamiyat a’zolari o’rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta’minlashdan iborat.
  • 3-MAVZU. BUDJET TUZILISHI VA BUDJET TIZIMI: Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat tuzilishi shakli, amaldagi qonun hujjatlari, davlat byudjetining iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi oʻrni belgilab beradi. Unitar davlatlarda, odatda ikki pogʻonali byudjet tizimi amal qiladi: davlat byudjeti (bu boʻgʻin turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, davlat byudjeti, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi); mahalliy (munitsipal) byudjetlar. Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pogʻonali byudjet tizimi shakllangan boʻlib, quyidagi boʻgʻinlarni oʻz ichiga oladi: federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet); federatsiya subyekt(a’zo)larining byudjetlari; mahalliy (munitsipal) byudjetlar.
  • 4-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING HUQUQIY ASOSLARI: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi byudjet munosabatlarini tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy hujjat ham Konstitutsiya hisoblanadi. Davlat byudjeti bilan bogʻliq boʻlgan barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar ham Konstitutsiya bilan belgilab qoʻyilgan normalar asosida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Davlat byudjeti va uning tuzilishi bilan bogʻliq normalar Konstitutsiyaning XXV bobida “Oʻzbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat” ekanligi belgilab quyilgan.
  • 5-MAVZU. DAVLATNING BUDJET SOLIQ-SIYOSATI: Siyosat – bu jamiyat ustqurmasiga taalluqli tushuncha boʻlib, davlatning oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish yoʻnalishlari va chora-tadbirlari yigʻindisidir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat oʻzaro bogʻliq elementlardan iborat boʻladi: birinchidan, rivojlanishning u yoki bu bosqichida jamiyat hayotini yaxshilash va rivojlantirish uchun zarur boʻlgan asosiy vazifalar va maqsadlar aniqlanadi va belgilab olinadi; ikkinchidan, istiqboldagi va yaqin kelajakdagi vazifalar va maqsadlarga erishish uchun eng qulay, eng yaxshi natija beradigan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi; uchinchidan, belgilangan vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslar, ijrochi organlar, alohida vakolatli tashkilotlar aniqlanadi, kadrlar tanlanadi va joy-joyiga qoʻyiladi. Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha boʻlishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab oʻzgarib turishi mumkin.
  • 6-MAVZU. DAVLAT BUDJETINI BOSHQARISH: Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy oʻrinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xoʻjaligi oʻzini oʻzi tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “koʻrinmas qoʻli”) boʻlishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitalistik bozor xoʻjaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir boʻlgan. Masalan, 1563-yilda ingliz qirolichasi Yelizaveta I milliy baliqchilikni qoʻllab-quvvatlash va unga boʻlgan talabni oshirish maqsadida oʻz xizmatkorlariga haftasiga 2 marta goʻsht mahsulotlarini iste’mol qilishni taqiqlagan.
  • 7-MAVZU. BUDJETLARARO MUNOSABATLAR: Barcha mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, tarmoqlarning turli darajada rivojlanishi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatning boshlangʻich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri oʻz fuqarolari farovonligining barqaror oʻsishini ta’minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdir. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi.
  • 8-MAVZU. BUDJET TASNIFI: Oʻzbekistonda keyingi yillarda islohotlar natijasida byudjet jarayonida yuzaga kelayotgan oʻzgarishlar Davlat byudjetida moliyaviy resurslar oqimini tartibga solish, moliyaviy mablagʻlarni yagona hukumat organiga markazlashtirish, davlat moliyasining holati boʻyicha tezkor axborot olish, daromadlar va xarajatlarni kassali rejalashtirish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni boshqarish, narxlar monitoringini yaxshilash, byudjet takchilligini tartiblash, byudjet tasnifi tizimini takomillashtirish masalalari dolzarb boʻlib bormoqda.
  • 9-MAVZU. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI TIZIMI: Jahonning turli mamlakatlarida har xil sabablar bilan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar yuz berayotgan hozirgi davrda O‘zbekistonda puxta o‘ylangan soliq-byudjet siyosati mamlakatimizning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari dadil odimlab borishiga xizmat qilmoqda. Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8 foizdan kam bo‘lmayotganligi, davlat byudjetining profitsit bilan ijro qilinayotganligi ham mamlakatimizda yuritilayotgan fiskal siyosatning oqilona ishlab chiqilganligi va samarali amalga oshirilayotganligining yana bir isbotidir.
  • 10-MAVZU. DAVLAT BUDJETI XARAJATLARI TIZIMI: Davlat miqyosida byudjet mablagʻlari va korxona darajasida moliyaviy resurslar etarli darajada mavjudligi jamiyatni yanada barqaror rivojlanishida, iqtisodiy qiyinchiliklar va moliyaviy inqirozlardan xalos etuvchi manba sifatida ham namoyon boʻladi. Davlat byudjeti – umumijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan jamgʻarma boʻlib, byudjetni moliyaviy tenglashtirish siyosati, byudjetlararo munosabatlar, byudjet jarayoni va byudjet mexanizmini oʻz ichiga oladigan moliyaviy institutidir.
  • 11-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING HOLATI: Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning bugungi bosqichida byudjet daromadlari ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjalik subyektlarining va aholi daromadlarining oshib borishi, soliq bazalarining kengayishi, mulk shakllarining koʻpayishi bilan ortib bormoqda. Lekin bu davrda jamiyatning koʻptomonlama ehtiyojlari ham kamaygani yoʻq, aksincha, byudjet tomonidan moliyalashtirilishi obyektiv zaruriyat boʻlgan, mohiyat jihatidan yangi-yangi tadbirlar, loyihalar, yoʻnalishlar paydo boʻldi. Ularni toʻliq hajmda moliyalashtirish yanada koʻproq mablagʻlarni jalb qilishni taqozo etadi. Lekin daromadlarni muttasil oshirib borish (xususan, soliqlarni oshirish orqali) imkoniyati amaldagi soliq qonunchiligi bilan chegaralangan. Shu bilan birga, soliqlarni asossiz ravishda oshirish iqtisodiy subyektlarning xoʻjalik faoliyatiga jiddiy putur etkazadi, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirishga boʻlgan qiziqishlarini soʻndiradi. Bunday sharoitda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlari bilan balanslangan boʻlishiga har doim ham erishib boʻlmaydi.
  • 12-MAVZU. BUDJET JARAYONI: Ma’lumki, 2000-yil 14-dekabrda qabul qilinib, 2013-yilga qadar amalda boʻlgan “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mamlakatimizda byudjet jarayonini tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy-huquqiy hujjat sifatida xizmat qilib keldi. Keyingi yillar davomida byudjet tizimida amalga oshirilgan islohotlar doirasida byudjet amaliyotida bir qator oʻzgarishlar sodir boʻldi va ular byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi. Natijada amaldagi “Byudjet tizimi toʻgʻrisida”gi hamda 2004-yil 26 avgustda qabul qilinib? 2006-yildan boshlab amal qilib kelgan “Davlat byudjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida’gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda 2013-yil 26-dekabrda O‘RQ-360-son O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan qabul qilingan Byudjet Kodeksida oʻz aksini topdi. 2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish va byudjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Byudjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, Byudjet jarayoni – byudjet loyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli faoliyat jarayonidir. Uning mazmuni mamlakatning davlat va byudjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi. Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi (1-rasmga qarang): – byudjet loyihasini tuzish; – byudjetni ko‘rib chiqish va qabul qilish; – byudjetni ijro etish va nazorat qilish; – byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
  • 13-MAVZU. BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH: Byudjet tashkilotlarini smeta asosida moliyalashtirishning mazmuni, umumiy tamoyillari. Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida. Smeta, uning elementlari. Smetalarning turlari, ularning oʻziga xos xususiyatlari. Smeta xarajatlarining tarkibi, xarajat guruhlari va moddalari, ularni hisoblash. Byudjet me’yorlari, ulardan smetalarni tuzishda foydalanish. Byudjet tashkilotlari xarajatlarini aniqlashda xarajatlarni me’yorlashtirish amaliyotiga oʻtish masalalari. Smetalarni tuzish, tekshirish, tasdiqlash, moliyalashtiruvchi organ tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish va moliyalashtirish tartibi. Smeta asosida moliyalashtirish yuzasidan hisobot. Byudjet tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishda byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish masalalari. Byudjetning gʻazna ijrosi sharoitida byudjet mablagʻlari harakatining oʻzgarishi.
  • 14-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING TA’LIM TIZIMI XARAJATLARI: Jahon amaliyotida ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning mablag‘lardan samarali foydalanish va ta’lim sifatini oshirishni rag‘batlantiruvchi yangi yo‘llarini qidirib topish ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi xarakatlarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta’lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarni ta’minlashga qaratilgan: - ta’limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan); - ta’lim sifati va natijalari; - tenglik – bir xil ehtiyojli o‘quvchilar mablag‘lar bilan bir xil darajada ta’minlanadilar; muhtojroq o‘quvchilar ko‘proq mablag‘ oladilar; - samaradorlik: tashqi samaradorlik – ta’lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning samaradorligini hisobga olib mablag‘lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik – eng kam xarajat qilib ko‘proq natijalarga erishish.
  • 15-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING SOGʻLIQNI SAQLASH XARAJATLARI: Ta’sir etuvchi omillar Ta’sir etish ko‘rsatkichi Turmush tarzi va shart sharoitlari 48-50% Atrof-muxitning xolati 20-22% Inson (genetikasi)biologiyasi 18-20% Sog‘liqni saqlash 8-14% Biron bir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish xususida gap borar ekan, korxona rahbari uchun kam xarajat qilib eng yaxshi natijaga ega bo‘lishi va to‘g‘ri tanlov qilishi mumkin bo‘lgan eng samarali mexanizmi bu bozor hisoblanadi. Ko‘pgina mustaqil ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar bo‘lgan bozorga o‘z mahsuloti yoki xizmatini sotish uchun tayyorlar ekan, u iloji boricha resurslarini tejab ishlatib, ko‘proq foyda olishga intiladi. Bozor ishlab chiqaruvchiga moddiy resurslarini tejash uchun texnologik jarayonlarini qanday takomillashtirishi, kadrlardan samarali foydalanish uchun-xodimlar boshqaruvini qay tariqa yaxshilashi, shuningdek, pul mablag‘larini yaxshiroq ishlatishi lozimligini o‘rnatadi. Bu borada sog‘liqni saqlash sohasida batamom o‘zgachadir: tibbiy xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari borki, ular tufayli har qanday boshqa mahsulotlar kabi erkin bozorda sotish va sotib olish mumkin emasdir. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish – bugungi kunda jahonning juda ko‘p davlatlari kun tartibidagi masala. Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 67 ta (ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan) mamlakatlarida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonlari kechmoqda. Bu islohotlar quyidagi maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilmoqda: − sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatining samaradorligini oshirish; − tarmoqqa qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar jalb qilish imkoniyatlarini topish; − tarmoqning mehnat, moddiy va moliyaviy resurslaridan ratsional foydalanish asosida sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishni kafolatlash; − aholining qarib borishi, kasallanish tarkibi va tuzilishining o‘zgarishi, yangi tibbiy texnologiyalarning paydo bo‘lishi, sog‘liqni saqlashga xarajatlarning oshib borishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va boshqalar.
  • 16-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING MADANIYAT VA SPORT XARAJATLARI: Islohotlarning yangi davriga qadam qoʻyar ekanmiz, madaniy-ma’rifiy sohalardagi ishlarimiz, ma’naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini ham belgilab olishimiz kerak. Milliy istiqlol mafkurasini, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini, jamiyat va xalq xayotida tutgan oʻrni beqiyos ekanini hammamiz bilamiz. Xalqimiz azaldan oʻz ma’naviy qadriyatlarini, diniy e’tiqodini, madaniyatini yuksak qadrlab kelgan. Shuning uchun eng mushkul damlarda am oʻzligini yuqotmadi.
  • 17-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING IJTIMOIY HIMOYA XARAJATLARI: Ijtimoiy ta’minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi o‘rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o‘z hayot faoliyatining ma’lum bosqichlarida va alohida holatlarda ijtimoiy ta’minot tizimi xizmatlariga ehtiyojlari yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga, mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, shuningdek, mehnatkashlarning hamda ma’lum sabablarga ko‘ra ishlamaydigan aholi qatlamlarining ijtimoiy ahvoliga bog‘liq. “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining mazmuni, uning holatini belgilab beruvchi omillar bizning mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi bilan shakllanib bordi. Iqtisodiy ta’limotlar va fanda “ijtimoiy ta’minot” tushunchasining turlicha talqin etilganligini ko‘rish mumkin. Masalan, tarixan ancha ilgari yaratilgan rus izohli lug‘atida1ijtimoiy ta’minotga “jamiyat tomonidan u yoki bu shaxsga hayot uchun etarli bo‘lgan moddiy mablag‘larni taqdim etish” deb ta’rif berilgan, ushbu ta’rifda jamiyat a’zolariga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan yordamnnig turli shakllari ijtimoiy ta’minot hisoblanadi, degan fikr ilgari surilgan. Lekin bunday yordamning shakllari va turlari turli-tuman bo‘lishi, turli toifadagi aholi qatlamlarini qamrab olishi, turli manbalardan mablag‘ bilan ta’minlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har bir bosqichida o‘zgarib turishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, fanda ijtimoiy ta’minot tushunchasining talqiniga bo‘lgan qarashlarni inobatga olgan holda, uning u yoki bu yordam turini ijtimoiy ta’minotga tegishli ekanligini belgilab beruvchi asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim.
  • 19-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING DAVLAT HOKIMIYATI, BOSHQARUVI, SUD, PROKURATURA ORGANLARINI SAQLASH XARAJATLARI: Davlat hokimiyati, boshqaruvi, sud, prokuratura organlari xarajatlarining tarkibi va tuzilishi.
  • 20-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING BOSHQ A XARAJATLARI: Davlat byudjetining boshqa xarajatlari tarkibi.
  • 21-MAVZU. BUDJET NAZORATINI TASHKIL QILISH: Byudjet nazoratining mazmuni, vazifalari va ahamiyati.