🔍

Davlat byudjeti fanidan kurs ishlarini bajarish yuzasidan uslubiy qo’llanma

Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Davlat byudjeti» fani bo'yicha kurs ishlarini bajarishga oid bo'lib, unda ushbu fanidan kurs ishlarini bajarish yuzasidan tavsiyalar, ko'rsatmalar va nazariy masalalar bayon etilgan. Qo'llanmada kurs ishi mavzularini tanlash, rejalashtirish, yozish va himoya qilish jarayoni bosqichma-bosqich tushuntirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashni takomillashtirish masalalari

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasida davlat moliyasini tashkil etish va boshqarishning mohiyati, maqsadi, ahamiyati va taraqqiyot bosqichlari, davlat moliyasi barqarorligini taʼminlashda davlat moliyasining alohida boʻgʻinlari samaradorligini tahlil qilish va davlat moliyasini rivojlantirish borasida xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda AQSH davlatining moliya tizimi misolida davlat moliyasini boshqarishning samarali usullari hamda tavsiyalar ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqot ishida davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati va uning bajaradigan funksiyalarini oʻrganish, davlat moliyasining asosiy tamoyillari va uni boshqarish sohasidagi vakolatlarini yoritish, davlat moliyasining barqarorligini ta'minlashda xorijiy tajribalarini tadqiq etish, davlat byudjeti daromadlarining tashkil topish manbalarini tahlil etish, davlat byudjeti xarajatlarining tarkibini va amaldagi holatini tahlil qilish, davlat moliyasi barqarorligini ta'minlashni takomillashtirish istiqbollarini yoritish kabi vazifalar ko'zda tutilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Davlat budjeti

Mazkur oʻquv-uslubiy majmua "Davlat byudjeti" fanining oʻquv dasturiga muvofiq ravishda ma’ruzalar matnlari, amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha uslubiy tavsiyalar, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish boʻyicha uslubiy qoʻllanma, fanning namunaviy va ishchi-oʻquv dasturlari, fan yuzasidan testlar, yakuniy nazorat savollari va variantlari, talabalar bilimini baholash mezonlari, fan mavzulari boʻyicha tarqatma materiallar, fan mavzularini oʻzlashtirish boʻyicha asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar hamda boshqa didaktik materiallar jamlangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 77.3%

Малака ошириш ва кайта тайёрлашнинг барча тоифа тингловчилари учун умумий бўлган «Давлат ва хукук асослари»

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimi uchun mo'ljallangan bo'lib, M.Behbudiy nomidagi Samarqand viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Kitob davlat va huquq asoslari kursini o'rganish uchun mo'ljallangan ma'ruzalar matnidan iborat. Unda davlatning kelib chiqishi, mohiyati, vazifalari, shakllari, huquq turlari, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kabi mavzular yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 77.1%