Analitik kimyo
Ushbu kitob "Analitik kimyo" fanidan o‘quv uslubiy majmua bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti tomonidan 2024 yilda chop etilgan. Kitobda analitik kimyoning nazariy va amaliy qismlari keng yoritilgan. Jumladan, kimyoviy analiz usullari, massalar ta’siri qonuni, elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi, massalar ta’sirini hisoblash, pH va bufer eritmalar, gidroliz, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, kompleks hosil qilish usuli, optik analiz, xromatografiya va tortma analiz usullari kabi mavzular chuqur o‘rganilgan. Har bir mavzu so‘ngida nazariy bilimni mustahkamlash uchun savollar va nazariy materialni mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar berilgan. Kitob oxirida glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati: Analitik kimyo fani va uning rivojlanish tarixi. Analiz usullarining sinflanishi. I va II guruh kationlarining qisqacha tavsifi. Analitik reaksiyalarning olib borish usullari. Analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan fandir. Analitik kimyoning amaliy vazifasi moddalarning yoki ular aralashmalarining kimyoviy tarkibini aniqlashdan iborat. Analiz qilishda avval moddaning sifat tarkibi aniqlanadi, ya’ni u qanday molekulalardan, elementlardan, yoki ionlardan tarkib topganligi haqidagi masala hal qilinadi, so‘ngra moddaning miqdoriy tarkibi aniqlanadi. Shu topilgan molekulalar yoki ionlar qanday miqdori nisbatlarda ekanligi bilib olinadi.
- Massalar ta’siri qonuni. Massalar ta’siri qonunining analizdagi ahamiyati: Kimyoviy analizdagi eritmalarni nazariy asoslari. Massalar ta’siri qonuni. Massalar ta’siri qonunining analizdagi axamiyati. Analitik reaktsiyalarni olib borish usullari. Analitik reaksiyalar ko‘pchilik suvdagi eritmalarda olib boriladi. Borayotgan har bir kimyoviy reaksiya ikki nuqtai nazardan: termodinamik va kinetik xususiyatlari bo‘yicha xarakterlanadi. Termodinamik nuqtai nazardan reaksiya muvozanatda bo‘lishi bilan xarakterlanadi, bunday sistemada ayni ma’lum vaqtdan keyin harorat va boshqa tashqi sharoit doimiyligida reaksiyada ishtirok etuvchi komponentlarning muvozanat konsentratsiyalari qaror topadi.
- Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi: Elektrolitik dissotsilanish. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Analitik reaksiyalarni olib borish shart-sharoitlari. Eritmalardan elektr to‘kini o‘tkazganda elektr toki o‘tsa, bu eritmalar elektrolitlar deyiladi. Masalan: kislota, ishqor, tuzlar suvda eritilganda o‘zlaridan elektr tokini o‘tkazadi. Demak bularning hammasi elektrolitlardir.
- Suvning ion ko‘paytmasi. Bufеr eritmalar. Ularning analizdagi ahamiyati: Suvning ion ko‘paytmasi. Vodorod va gidroksid ko‘rsatkich. Bufеr eritmalar. Bufеr eritmalarning pH ini hisoblash. Bufеr sig‘imi. Analitik kimyoda ko‘pgina reaksiyalar suvli eritmalarda olib boriladi. Suv kuchsiz elektrolit bo‘lib, u o‘z navbatida H+ va OH- ionlariga juda oz miqdorda bo‘lsa ham parchalanadi.
- III, IV va V- guruh kationlarining umumiy tavsifi. Gidroliz va amfotеrlik, ularning analizdagi ahamiyati: III, IV, V guruh kationlarining umumiy tavsifi. I-V guruh kationlar a. ralashmasini analiz qilish tartibi. Tuzlar gidrolizi. Amfotеrlik va uning analizda ahamiyati. Ko‘rib chiqilayotgan III, IV va V analitik guruh kationlari I va II analitik guruh kationlaridan farq qiladi. Ular r- va d- elementlardan tashkil topgan va yaxshi aktsept ronga ega bo‘lgan tugallangan qobiqni yoki 8-ta elektronga o‘tuvchi tugallanmagan qobig‘iga 18 + 2 elektronga ega bo‘lishi ham mumkin. Sulfid S2- ionlari bilan, o‘zaro reaksiyaga kirishganda ular qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladilar.
- Oksidlanish-qaytarilish rеaktsiyalari va ularning analizdagi ahamiyati. Oksidlanish darajasi: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik element. Oksidlanish va qaytarilish darajalari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining analizda ahamiyati. XX asrgacha vodorod yoki kislorod atomlarini birikishi bilan boradiagn reaksiyalar oksidlanish reaksiyalar deyiladi. Ya’ni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
- Komplеks birikmalar. Anionlar, ularning aralashmasi analizi. Quruq tuz analizi: Komplеks birikmalarning tuzilishi, komplеks birikmalarning barqarorligi. Ichki komplеks birikmalar. Anionlarning umumiy tavsifi. Uch guruh anionlar aralashmasini analizi. Quruq tuz analizi. Elementlarning ajratish usullari. Anionlar uch analitik guruhga bo‘linadi. Analitik kimyoning sifat analizida analitik guruh kationlarini o‘rganishda oddiy tuzlar bilan bir qatorda tarkibi jihatdan ancha murakkab bo‘lgan birikmalarni ham uchratamiz bu qo‘shalok va kompleks tuzlardir. Masalan: Oddiy tuzlar: Qoshola tuzlar:
- Miqdoriy analiz usulining sinflanishi: Miqdoriy analiz usullarining sinflanishi. Xatolar nazariyasi. Xatolarning sinflanishi va ularni yo‘qotish yo‘llari. Gravimetrik analiz asosi. Xaydash usuli. Tortma analiz usullarning sezgirligi, ta'sirchanligi kichik bulganligi uchun turli moddalar tarkibidagi juda kam miqdorda bo'lgan elementlarni aniqdab bo'lmaydi. Bundan tashqari, tortma analiz usulini bajarish uchun kup vaqt sarflanadi, xajmiy analizni esa
- Gravimetrik analiz asosi va usullari: Gravimetrik analiz asosi va usullari. Gravimetriyada cho'ktirish usuli. Cho'kma holat va tortma holat. Cho'kmalar hosil bo'lish sharoitlari. Birgalashib cho'kish. Gravimetrik analizda har qanday cho'kma ham cho'ktiriladigan shaklda qo'llanavermaydi. Cho'ktiriladigan shaklga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: 1. Cho'kma kam eruvchan, ya'ni cho'ktirish yetarli darajada to'liq bo'lishi kerak. 2. Hosil qilingan cho'kma toza, oson yuviladigan va filtrlanuvchi bo'lishi kerak. 3. Cho'ktirilgan shakl osonlik bilan tortma shaklga o'tishi kerak.
- Titrimеtrik analiz asoslari va usullari Konsеntratsiya turlari. Titrimеtrik analizda hisoblashlar: Titrimetrik analiz asoslari. Titrlash usullari bo‘yicha sinflanishi. Konsentratsiyani ifodalash turlari. Titrimetrik analizda hisoblashlar. Gravimetrik analiz usullari yuqori aniqlikka ega bo‘lib uzоq vaqt va mehnat talab qiladi. Bu hol amaliyotga salbiy ta`sir etadi. Ayniqsa texnоlоgik jarayonni kuzatishda kech bajarilgan analiz natijasi zavоd amaliyotida kо‘pincha fоydasiz bо‘lishi mumkin. Tez оlingan analiz natijasi texnоlоgik jarayonni nazоrat qilib kerakli yо‘nalishga burish va mahsulоtni sifatini aniqlash mumkin.
- Nеytrallash (kislota-asosli titrlash) usuli asoslari. Indikatorlarning ion va xromofor nazariyasi: Neytrallash usuli asosi. Indkatorlarning ion va xromofor nazariyasi. Kislota asosli (neytrallash) titrlash usuli vodorod va gidrooksid ionlarining o‘zaro ta’siri natijasi suv molekulasi hosil bo‘lishiga asoslangan. Bu usulda aniq konsentratsiyali kislotalar eritmasi bilan ishqorlarni eritmasini konsentratsiyasini aniqlash mumkin (atsidometriya) yoki aniq konsentratsiyali ishqorlar eritmasi bilan kislotalar eritmalarning konsentratsiyasini aniqlash mumkin (alkalоmetriya).
- Oksidlanish-qaytarilish usullari asosi. Usulning sinflanishi: Oksidlanish-qaytarilish titrlash asosi. Oksidlanish-qaytarilish potеnsiali. Galvanik elеmеnt. Oksidemetrik usullari hajmiy analitik usullar bo‘lib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan, ya’ni elektronlar o‘tishiga bog‘liq bo‘lgan reaksiyalardan foydalaniladi.
- Pеrmanganotomеtriya usuli mohiyati. Titrlash egri chiziqlari va ekvivalеnt nuqtani aniqlash. Yodomеtriya usuli asosi: Pеrmanganotomеtriya usulining umumiy tavsifi. KMnO4 eritmasini tayyorlash va saqlash. Pеrmanganat titrini aniqlash. Avtokataliz. Yodomеtriya usulining umumiy tavsifi. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash. Chо‘ktirish usulining umumiy tavsifi. Permanganometriya usuli permanganat ionlarining kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan.
- Komplеks hosil qilish usuli. Kompleksonlar, ularning turlari va tuzilishi. Indikatorlar nazariyasi. Usulning analizda qо‘llanilishi va ahamiyati: Komplеks hosil qilish usulining asoslari. Kompleksonlar, ularning tuzilishi va hosil bo‘lishi. Kompleksonomеtriya indikatorlari. Metallarning kompleksonomеtriya usuli bilan aniqlash. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash. Kompleksonometrik titrlash usuli metall ionlarining maxsus kompleks hosil qiluvchi organik reaktivlar bilan ichki kompleks birikmalar hosil qilishga asoslangan.
- Spektral uskunalar turlari Spektrofotometriya. Sifat va miqdoriy taxlilda qо‘llanishi. Miqdoriy tahlilni xromatografik usullari. Yuzaviy va ion almashinish xromatografiyasi: Optik analiz usullari. Fotokalorimetriya usuli. Spektrofotometriyani mohiyati. Spektrofotometr tuzilishi, ish tamoili. FEK va SF larni о‘xshash va farqli tomonlari. Ion almashinish xromatografiyasi usulida moddalar miqdorini aniqlash. Yupqa qavatli xromatografiyasi bo‘yicha qilinadigan miqdoriy tahlil. Usul - yorug„lik oqimini keng 185 nm dan - 1100 nm oralig„ida tahlil etiluvchi modda eritmasi tomonidan UB, ko„rinadigan (K) va yaqin infraqizil (YAIQ) sohadagi monoxromatik nurlarning yutilishini maxsus asbob – SF da о‘lchanishiga asoslangan.
- Mustaqil ta’lim mavzulari: Talabalar mustaqil ta'limni o'quv jarayonining muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ma'ruza, amaliy, seminar mashg'ulot darslarida va o'qishdan tashqari vaqtlarda amalga oshiriladi. Fanniing xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ta'lim shakllari va mazmuni quyidagilardan tashkil topadi: - ma'ruza darslariga va mustaqil ish topshiriqlariga tayrgarlik ko'rish; - amaliy mashg'ulot darslarining mustaqil ish topshiriqlarini bajarish; - laboratoriy ishlarini mustaqil bajarish; - fanning alohida mavzulari ustida ishlash; - reyting nazoratini barcha turlariga tayyorgarlik ko'rish. talabalar tavsiya etilayatgan mavzulardan birini tanlab, refarat , maket, prezentasiya, konspekt tayyorlash orqali amalga oshiriladi.