Integratsiyalashgan ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (kasbiy ta’limning tibbiyot yo‘nalishlari misolida)

Ushbu dissertatsiya avtoreferati O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy mavzu bo'yicha tayyorlangan tadqiqot natijalarini o'z ichiga oladi. Dissertatsiyada integratsiyalashgan ta'lim muhitida bo'lajak mutaxassislarni, xususan, tibbiyot yo'nalishi bo'yicha mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish masalasi atroflicha o'rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kasbiy ta'limning zamonaviy talablaridan kelib chiqib, o'quv jarayonini takomillashtirish, innovatsion usul va vositalarni joriy etish orqali ta'lim sifatini oshirishdan iborat. Avtoreferatda tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, uslubiyoti, amaliy natijalari va xulosa hamda tavsiyalar bayon etilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ta'lim sohasidagi farmon va qarorlari hamda jahon tajribasi asosida tibbiy ta'limni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari ko'rsatib berilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Kirish qismida tadqiqot ishining dolzarbligi va zaruriyati, muammoning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob'ekti va predmeti, respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga muvofiqligi, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, olingan natijalarning ishonchliligi, amalda joriy etilishi va e'lon qilingan ishlari hamda dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
  • Tadqiqotning asosiy mazmuni: Tadqiqotning birinchi bobida tibbiyot yo'nalishi o'quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda integratsiyalashgan ta'lim muhiti mazmuni, boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda uzluksiz ta'lim olish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, “Texnikum-OTT" integratsiyasining o'quvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishdagi oʻrni, professional ta'limda tibbiyot yo'nalishi oʻquvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Ikkinchi bobida tibbiy ta'limda nazariya va amaliyot tendensiyasini yanada rivojlantirishda ta'limning integrativ tashkiliy funksiyasi, yondashuvlari, integratsiyalashgan ta'lim muhitida boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli, boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda integratsiyalashgan mashg'ulotlarni tashkil etish metodikasi yoritib berilgan. Uchinchi bobida esa integratsiyalashgan ta'lim muhitida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi boʻyicha tajriba-sinov natijalari va ularning tahlili keltirilgan.
  • XULOSALAR: Tadqiqot doirasida oʻtkazilgan izlanishlar va olingan natijalar quyidagi xulosalarga olib keldi: 1. Integratsiya - zamonaviy ilmiy bilimlarning rivojlanishidagi oʻziga xos xususiyat. 2. Kompetensiyali mutaxassisni tayyorlash sharti sifatida tibbiyot texnikumlari o'quvchilarida integral bilimlarni shakllantirish zarurati. 3. Integrsiyalashgan ta'lim muhitida bilimlarni oʻrganishga bag'ishlangan ilmiy ishlar uni tizim sifatida ko'rib chiqishga hamda uning tarkibiy va funksional jihatlarini aniqlashga imkon berdi. 4. Dinamik ravishda oʻzgarib turadigan tibbiy tendensiyalar tibbiyot texnikumlarida kasbiy tayyorgarlik darajasini ta'minlashning yondashuvlarini va talablarini doimiy takomillashtirish zarurligini belgilab beradi. 5. Integratsiyalashgan ta'lim muhitida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy ustuvor yo'nalishi - bu o'quv jarayonining “Texnikum-OTT" hamkorligiga yo'naltirilganligi. 6. Integratsiyalashgan ta'lim muhitida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy ustuvor yo'nalishi - bu o'quv jarayonining “Texnikum-OTT” hamkorligi yoʻnalishlarini aniqlash hamda malaka talablarida belgilangan talablarni aniqlash, pedagogik shart-sharoitlarni oʻrganish orqali boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli ishlab chiqildi. 7. Integratsiyalashgan ta'lim muhiti asosida ishlab chiqilgan metodikalar tahlili shuni koʻrsatdiki, ular oʻquv jarayonining yuqori natijadorligini ta'minladi. 8. Integratsiyalashgan ta'lim muhiti o'quv jarayonida fanlar oʻrtasidagi bog'liqlikni ta'minlash orqali o'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini birlashtirish imkonini berdi. 9. Tajriba-sinov ishlari natijasida bo'lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajalari 12% ga yaxshilangani aniqlandi.
  • Tavsiyalar: O'tkazilgan nazariy izlanishlar va eksperimental tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Oliy ta'lim tashkilotlardagi klinik fanlarning oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda tibbiyot texnikumlari o'quv dasturlari mazmunini oʻrganish hamda mavzularning takrorlanishini oldini olishni inobatga olish lozim. 2. "Texnikum - Oliy ta'lim tashkiloti" tizimida o'qitishda uzviylikni ta'minlanishiga xizmat qiladigan klinik fanlarning integratsiyalashgan oʻquv dasturlari va oʻquv materiallarini ishlab chiqishda differensialashtirish metodikasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 3. O'quvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarliklarini oshirishga va o'zlashtiriladigan bilimlarni chuqurlashtirishlariga, bilimlarni amaliyotga qoʻllashlariga xizmat qiladigan "Texnikum - Oliy ta'lim tashkiloti" integratsiyalashgan ta'lim muhitida oʻqitishning kollaborativ texnologiyasidan oʻquv jarayonini amalga oshirishda foydalanish tavsiya etiladi.