Kimyo
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida kimyo fanining rivojlanishi, asosiy qonunlari, atom tuzilishi, kimyoviy bog'lanishlar, reaksiyalar, eritma va elektroliz kabi mavzularni qamrab oladi. Kimyo ta'limi yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan qo'llanma.
Asosiy mavzular
- Kirish. Kimyo fanining mazmuni va vazifalari, kimyo tarixi: Kimyo fanining asosiy tushunchalari, O'zbekistonda kimyo fanining rivojlanish bosqichlari
- Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari va tushunchalar: Moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, Avagadro qonuni, Ekvivalentlar qonuni
- D.I. Mendeleyevning davriy qonuni va davriy sistemasi. Atom tuzilishi: Davriy qonunning mohiyati, atom tuzilishi nazariyalari, N. Bor nazariyasi
- Kimyoviy bog'lanish va molekulalar tuzilishi: Kimyoviy bog'lanishlarning vujudga kelishi, turlari, valentlik, oksidlanish darajasi
- Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti (termokimyo): Termodinamikaning I qonuni, termokimyo qonunlari
- Kimyoviy kinetika va muvozanat: Reaksiya tezligiga ta'sir etuvchi omillar, kataliz, kimyoviy muvozanat
- Eritmalar. Elektrolitmas eritmalarning xossalari: Dispers sistemalar, eruvchanlik, osmos hodisasi
- Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi. Ionlararo reaksiyalar: Kuchli va kuchsiz elektrolitlar, dissotsilanish darajasi, suyultirish qonuni
- Vodorod ko'rsatkich. Tuzlar gidrolizi: Suvning elektrolitik dissosilanishi, vodorod ko'rsatkichi (pH), tuzlar gidrolizi
- Oksidlanish-qaytarilishi reaksiyalari: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati, turlari va tenglamalarini tuzish
- Metallarning xossalari. Metallar korroziyasi. Elektroliz: Metallarning kimyoviy xossalari, korroziya, elektroliz qonunlari