Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asari matniy-qiyosiy tadqiqi
Ushbu dissertatsiya Xaydar Xorazmiyning "Gulshan ul-asror" asarini matniy-qiyosiy tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda asarning yaratilish tarixi, muallifga oid qarashlar, matnning o'ziga xosligi, turli nusxalari, ularning matniy farqlari, shuningdek, asarda foydalanilgan ilmiy-adabiy manbalar, jumladan, Qur'on oyatlari va hadislar, lug'atlar, miniatyuralar tahlil qilinadi. "Gulshan ul-asror"ning "Maxzan ul-asror" turkumidagi boshqa asarlar bilan qiyosiy-tipologik tahlili amalga oshiriladi. Tadqiqot natijasida "Gulshan ul-asror"ning ilmiy-tanqidiy matni tuzish tamoyillari ishlab chiqilgan va matnni tiklash uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon adabiyotshunosligida insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotini koʻrsatishga bagʻishlangan tadqiqotlarda toshbitik, qoʻlyozma va xalq ogʻzaki ijodi namunalari kabi manbalarning ilmiy qimmati va ahamiyati beqiyosdir. "Gulshan ul-asror" asarini matnshunoslik va qiyosiy-tipologik nuqtayi nazaridan tadqiq etish dolzarblik kasb etadi. Chunki, adabiy obidalarning katalogi, monografik tavsifi va ilmiy-tanqidiy matnini yaratish, faksimil nashrlarini amalga oshirish, qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan tadqiq qilish mumtoz adabiy asarlarning mazmuni va badiiyati, ularda aks etgan muallif adabiy ideallarini anglash hamda tanishtirishga xizmat qiladi.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. "Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish" ustuvor yo'nalishiga muvofiq ravishda bajarilgan.
- Dissertatsiya mavzusi boʻyicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi: Sharq xalqlari mumtoz adabiyotiga oid qo'lyozma manbalar va ularning oʻziga xosligini tadqiq etishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar jahonning qator yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Istanbul universiteti (Turkiya), Academy of Sciencses of Afganistan Institute of Languages and Literature Dari Department (Afg'oniston), Indiana University of Bloomington (AQSh), The University of Toronto (Kanada), University of Cambridge (Buyuk Britaniya), Fransiyaning Oʻrta Osiyoni o'rganish instituti (IFEAC), Parijdagi Osiyo instituti (INALCO), Vengriya Fanlar akademiyasi, University of Bonn (Germaniya), OʻzRFA Sharqshunoslik instituti (Oʻzbekiston), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Jizzax davlat pedagogika universietida olib borilmoqda.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: O'rta asrlar adabiyoti, adabiyotshunosligi, adabiy jarayon, adabiy janrlar, ularning ifoda imkoniyati, xususan, masnaviy shaklidagi dostonchilik, unga yaqin bo'lgan janr va san'atlar o'rtasidagi farqlar, Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asari yuzasidan bildirilgan xulosalar I.N. Beryozin, A. Pavet de Kurteille, I. Gotvald, Blochet Edgard, Gustav Flyugel, Rieu Charles Pierre Henri, V. Minorskiy, M. Shayxzoda, H. Zarif, Arat Reshit Rahmeti, N.M. Mallayev, V. Abdullayev, B. Valixoʻjaev, Y. Bertels, A.M. Shcherbak, G.Y. Aliyev, A. Rustamov, A. Hayitmetov, E. Fozilov, Y. Is'hoqov, Ayşa Gül Sertkaya, Farhad Rahımi, Kamile Çetin, Muhammad Ali, B. Qosimov, R. Nurmatova, M. Matyoqubova, A. Hojiahmedov, Sh. Sirojiddinov, D. Quronov, N. Abdullayev, O. Jo'rayev, M. Muhiddinov, Q. Sodiqov, Z. Islomov, A. Erkinov, E. Ochilov kabi olimlarning tadqiqotlarida aks etgan.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi “Gulshan ul-asror” asarining matniy-qiyosiy tadqiqini amalga oshirish va Haydar Xorazmiyning boshqa asarlarini aniqlashdan iborat. Vazifalari: "Gulshan ul-asror”ning yaratilish tarixi, nomlanishi va muallifining boshqa asarlariga oid xulosalar bildirish; "Gulshan ul-asror” qoʻlyozmalari hamda nashrlarini tadqiq etish orqali ulardagi matniy farqlarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash; "Gulshan ul-asror" asaridagi Qur'oni Karimdan olingan matnlar mazmunining asarga singdirilishi, she'riy san'atlar va ularda yuzaga kelgan matniy farqlarni koʻrsatish; "Gulshan ul-asror” qo'lyozmalariga ishlangan miniatyuralar hamda Alisher Navoiy asarlari uchun tuzilgan lug'atlarda doston matnidan berilgan parchalarning asar matni talqini va ilmiy-tanqidiy matnini yaratishdagi ahamiyatini belgilash; "Maxzan ul-asror
- Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti sifatida "Gulshan ul-asror”ning Fransiya milliy kutubxonasidagi 978, Eron milliy kutubxonasidagi 13524, Turkiyaning Toʻpqopi saroyi kutubxonasidagi EH 1460, Sulaymoniya kutubxonasi As'ad afandi fondidagi 2578, Ayosofiya kutubxonasidagi 4757/II, Ali Amiriy kutubxonasidagi 951, Britaniya kutubxonasidagi 7914/IV, Vengriya Fanlar akademiyasi kutubxonasidagi Perzsa O. 81, Nyu-Yorkning Spenser majmuasi kutubxonasidagi 41-raqamli qo'lyozmalari, Iosif Gotvaldning Qozon bosma nashri (1858), shuningdek, “Навоий замондошлари” (1948), “Асрлар нидоси
- Tadqiqotning usullari: Tadqiqot mavzusini yoritishda qiyosiy-matniy, tavsiflash, analitik tahlil, statistik usullaridan foydalanildi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: “Gulshan ul-asror”ning nomlanish masalasiga aniqlik kiritilgan, shuningdek, Haydar Xorazmiy "Me'rojnoma”, "Gul va Navro'z” dostoni va Mirzo Ulug'bekka atab yozilgan turkiy qasida muallifi ekani dalillangan; "Gulshan ul-asror”ning dunyo qo'lyozma fondlaridagi 19 ta arab, ikkita uygʻur, bitta uygʻur-arab yozuvidagi qo'lyozma va ikkita toshbosma nashri borligi aniqlanib, "Gulshan ul-asror” va “Maxzan ul-asror”dagi hikoyalar soni hamda shu turkumda yaratilgan Sayyid Qosimiy, Alisher Navoiy, Komron Mirzo asari bilan qiyoslanib, farqli jihatlari koʻrsatilgan; "Gulshan ul-asror'dagi Qur'oni Karimdan olingan matnlar mazmuniga mos qo'llangan she'riy san'atlar va ularda yuzaga kelgan matniy farqlarning muqoyasasi amalga oshirilib, farqlari koʻrsarilgan; Alisher Navoiy asarlari uchun tuzilgan "Badoe ul-lug'at", "Abushqa”, "Sanglox", "Lug'ati chig'atoiy ba forsiy" va "Lug'ati atrokiya" kabi lug'atlarda “Gulshan ul-asror
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asarining nomlanish masalasiga aniqlik kiritilishi, shoiring turkiy tilda yozilgan "Me'rojnoma” asarining muallifi ekanligi, "Gul va Navro'z” dostoni va Mirzo Ulug'bekka atab bitilgan turkiy qasida muallifi ekanligi adabiy manbashunoslik va matnshunoslik nuqtayi nazaridan dalillangan; "Gulshan ul-asror”ning dunyo qo'lyozma fondlaridagi 19 ta arab, ikkita uygʻur, bitta uyg'ur-arab yozuvidagi qoʻlyozma va ikkita toshbosma nashri borligi aniqlanib, "Maxzan ul-asror" turkumidagi Sayyid Qosimiy, Alisher Navoiy va Komron Mirzo asaridan farqli va o'xshash jihatlari ko'rsatilgan; Alisher Navoiy asarlari uchun tuzilgan lug'atlarda "Gulshan ul-asror" baytlaridan tasdiqlovchi misol sifatida foydalanilgani va mazkur lug'atlar yordamchi manba sifatida tanqidiy matnini tuzishdagi ahamiyati ochib berilgan; "Gulshan ul-asror”ning miniatyurali qo'lyozma nusxasining mavjudligi aniqlanib, ularning asar matni talqinlari va ilmiy-tanqidiy matnini tuzishdagi ahamiyati asoslangan; "Gulshan ul-asror” asarining oʻnta nusxasi asosida matniy farqlari koʻrsatilib, ilmiy-tanqidiy matn yaratish prinsiplari ishlab chiqilgan va ilmiy-tanqidiy matni tuzilgan.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” asari matniy-qiyosiy tadqiqi boʻyicha olingan natijalar asosida "Badoe ul-lug'at", "Abushqa", "Sanglox", "Lug'ati chigʻatoiy ba forsiy", "Lug'ati atrokiya” kabi lug'atlarda "Gulshan ul-asror” asaridan, qadimiy turkiy tillarda kam uchraydigan soʻz va soʻz birliklari boʻyicha olingan xulosalar Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli "Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish" nomli amaliy loyihada foydalanilgan. Natijada Haydar Xorazmiy hikoyatlarida qoʻllanilgan va koʻplab lug'atlarga kiritilgan qadimiy turkiy soʻz va soʻz birliklarining mazmun-mohiyati, ularning ijodkor adabiy mayllarini ifodalashdagi o'rni va badiiyati yuzasidan aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan; "Gulshan ul-asror”ning yaratilish tarixi, tuzilishi, asarga turdosh boʻlgan manbalardan farqli jihatlari, masnaviy janridagi she'rlar hamda ularning ifoda imkoniyatlariga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda oʻrganilishi va targ'iboti asosida koʻp tilli multimedia toʻplamini yaratish" mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan.
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi va e'lon qilinganligi: Tadqiqot natijalari 9 ta xalqaro va 3 ta Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida qilingan ma'ruzalarda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilgan. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha 26 ta ilmiy ish, jumladan, 1 ta monografiya, 13 ta maqola chop etilgan.