“Tarixi Rashidiy” asarida Sharqiy Turkiston va Tibetga oid ma'lumotlar
Mazkur kitobda XVI asrda Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan Sharqiy Turkiston va Tibet xalqlari tarixiga oid ma'lumotlar o'rganilgan. Asarda Sharqiy Turkiston va Tibet xalqlarining siyosiy ahvoli, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy hayoti keng yoritilgan. Shuningdek, Sharqiy Turkiston va Tibetda hukmronlik qilgan sulolalar tarixini ham ushbu asarda o'rganish mumkin.