Qashqadaryo vohasida tarixiy-madaniy meros obyektlarning turizm salohiyatini oshirish masalalari: muammo va yechimlar (1991–2023-yillar)
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon Qashqadaryo vohasi tarixiy-madaniy meros obyektlarining turizm salohiyatini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan davlat siyosatini tahlil qiladi. Tadqiqotda tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlash, tiklash, targ'ib qilish va ulardan samarali foydalanishning dolzarb masalalari, muammolari va yechimlari ko'rib chiqilgan. Xususan, Qashqadaryo vohasidagi ziyoratgohlarning ijtimoiy-madaniy hayotdagi o'rni va ahamiyati, ularning turizm salohiyatini oshirish yo'llari atroflicha o'rganilgan. Tadqiqot natijasida sohani rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo'lib, ular viloyatning turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Asosiy mavzular
- O'zbekistonda turizm rivojlanishining davlat siyosati va Qashqadaryo vohasidagi axamiyati: Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini Qashqadaryo vohasidagi ahamiyatini yoritish, Oʻzbekistonda turizmning rivojlanishida tarixiy-madaniy meros obyektlarining ahamiyatini asoslash.
- Qashqadaryo vohasi tarixiy-madaniy meros obyektlarining muammolari va ularni yechish yo'llari: Qashqadaryo vohasi madaniy meros obyektlarining tarixi va turistik muammolarini ochib berish, tarixiy-me'moriy yodgorliklarda turizmning rivojlanish jarayoni imkoniyatlarini koʻrsatib berish, Qashqadaryo vohasi ziyoratgohlari va ularning aholi ma'naviy hayotidagi ahamiyatini ochib berish, ziyoratgohlarda turizm salohiyatini oshirish masalalarini koʻrsatib berish.
- Tarixiy hududlarda turizm yo'nalishlarini shakllantirish tajribalari va tavsiyalar: Tarixiy hududlarda turistik yoʻnalishlarni shakllantirish tajribalarini oʻrganish, Qashqadaryo viloyatining tarixiy-madaniy meros yodgorliklaridan foydalanib turistik yoʻnalishlarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.