Қашқадарё амалий санъати ва ҳунармандчилиги тарихидан
Maqolada Qashqadaryo amaliy san'ati va hunarmandchiligining tarixi, uning rivojlanishiga ta'sir etgan omillar, xususan, hududning tabiiy-geografik xususiyatlari va qadimiy savdo yo'llaridagi o'rni haqida so'z boradi. Qashqadaryo kulolchiligi, metallga ishlov berish kabi hunarmandchilik turlari misolida mahalliy san'atning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida milliy merosni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan e'tiborga ham urg'u beriladi.