Tasavvuf ta’limoti va ma’naviy barkamollik masalasi

Ushbu kitob tasavvuf taʼlimoti, uning shakllanishi, namoyandalari merosi va ulardan foydalanish metodikasiga bagʻishlangan. Unda tasavvufning mohiyati, shariat, tariqat, maʼrifat bosqichlari, komil inson gʻoyasi va buyuk mutafakkirlar merosini yoshlar tarbiyasida qoʻllash masalalari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Tasavvuf ta'limotining shakllanishi: Tasavvuf ta'limotining paydo boʻlishi va mohiyati, zohidlik, oshiqlik va oriflik tushunchalari, shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat bosqichlari.
  • Tasavvuf ta'limoti namoyondalari merosida komil inson gʻoyasi: Turkistonda tasavvuf tariqatlari (Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya), tasavvuf pirlarining ma'naviy merosi va komil inson shakllantirish muammolari.
  • Tasavvuf namoyondalarining meroslaridan foydalanish metodikasi: Ajdodlar ilmiy-ma'naviy merosidan foydalanib yoshlar ongida g'oyaviy immunitetni shakllantirish, milliy g'oyaning tamoyillari va tasavvuf pirlari ijodiyotining millatlararo totuvlikni shakllantirishdagi oʻrni.