Tarkibida flavanoidlar, kumarinlar va furanoxromonlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari
Ushbu kitob talabalarga farmatsevtika institutlarida o'qitiladigan "Farmakognoziya" fanining "Tarkibida flavonoidlar, kumarinlar va furanoxromonlar bo'lgan dorivor o'simliklar va ularning mahsulotlari" mavzusini o'zlashtirishga yordam beradi. Uslubiy qo'llanma talabalarga dorivor o'simliklarni aniqlash, ularning kimyoviy tarkibini tahlil qilish, hamda tibbiyotda qo'llanilishini o'rganishga qaratilgan. Qo'llanma ma'ruza materiallari, laboratoriya mashg'ulotlari uchun topshiriqlar, nazorat savollari va testlar, vaziyatli masalalar va adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Flavanoidlar: Flavanoidlarning umumiy tavsifi, tasnifi, biosintezi, fizik-kimyoviy xossalari, va ularning glikozidlari, sifat va miqdoriy taxlil usullari, xromatografik taxlil usullari va tibbiyotda ishlatilishi.
- Kumarinlar va furanoxromonlar: Kumarinlar va furanoxromonlarning umumiy tavsifi, tasnifi, biosintezi, fizik-kimyoviy xossalari, va ularning glikozidlari, sifat va miqdoriy taxlil usullari, xromatografik taxlil usullari va tibbiyotda ishlatilishi. Lakton reaksiyasi va diazoreaksiyasi.
- Dorivor o'simliklar: Achchiq toron, shaftoli bargli toron, qushtoron, dastarbosh, bo'znoch, baykal ko'kamaroni, do'lana, arslonquyruq, yapon saforasi, qirqbo'g'im, ittikanak, qora mevali aroniya, uch rangli gunafsha, oqquray, anjir, katta kella, ekma (oddiy) pasternak, dorivor qashqarbeda, sabzisimon visnaga kabi dorivor o'simliklarning morfologik, anatomik tuzilishi, kimyoviy tarkibi va tibbiyotda qo'llanilishi.