Xitoy tilida ot hamda fe'l so'z turkumlari
Ushbu kitob o'zbek tilida Xitoy filologiyasi fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda xitoy tilidagi ot va fe'l so'z turkumlarining grammatik xususiyatlari, tasnifi, qo'llanilishi va ularning o'zbek tilidagi muqobillari chuqur yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar amaliy misollar bilan mustahkamlangan.
Asosiy mavzular
- Ot so'z turkumi: Ot so'z turkumining ta'rifi, grammatik tasnifi (atoqli otlar, hisob so'zlar, ko'plik shakllari), gapdagi vazifalari (ega, kesim, aniqlovchi, to'ldiruvchi) va jinsni ifodalashdagi xususiyatlari.
- Fe'l so'z turkumi: Fe'l so'z turkumining ta'rifi, grammatik xususiyatlari (to'ldiruvchi bilan qo'llanilishi, ikkilanishi, jarayon qo'shimchalari, inkor shakli, tasdiq va inkor shakllari), gapdagi vazifalari (kesim, ega, aniqlovchi, to'ldiruvchi, hol, yordamchi konstruksiya) va qo'llanilishidagi xatoliklar.
- Fe'lning Ikkilanishi: Bu mavzu Fe'lning ikkilanish qoidalarini, ya'ni, fe'lning aniqlovchi sifatda ikkilanishi, holatni anglatuvchi hol shaklidagi fe'l ikkilanishi, harakatning rivojlanish bosqichini ifodalovchi fe'lning ikkilanmasligi, va ikkilantirilgan fe'llar bilan bog'liq yordamchi konstruksiyalarning qoidalari, yordamchi natijaviy konstruksiya ikkilantirilgan fe'ldan so'ng qo'llanilmasligi shartlariga oid ma'lumotlar berilgan.
- O'timsiz fe'llar: O'timsiz fe'llarning ta'rifi, xususiyatlari (vositasiz to'ldiruvchilarni qabul qilmasligi, lokativlarni qabul qilmasligi, so'roq olmoshlarini qabul qilmasligi), qo'llanilish qoidalari va ularda yo'l qo'yiladigan xatolar.