Pedagogika

Ushbu kitobda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dars berishning pedagogik va psixologik jihatlari, o‘qitishning metodlari va usullari, o‘quv jarayonini tashkil etishning shakllari kabi masalalar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • O‘qitish metodlari: O‘qitish metodlarining ta’rifi, o‘qitishning vazifalari, ularga qo‘yiladigan talablar, o‘qitishda qo‘llaniladigan usullar, ularning o‘ziga xos jihatlari va tavsiflari
  • O‘quv jarayonini tashkil etish shakllari: Sinf-dars tizimi, dars tiplari, dars strukturasining elementlari, darsga tayyorgarlik, o‘qituvchining darsni tahlil qilishi, o‘quv ishlarini tashkil etish shakllari
  • O‘qitishda individual yondashish prinsipi: O'qituvchining talablarini emas, balki bolaning ehtiyoji asosiy o'rinda turishi lozim. Binobarin, bolalar o'qituvchiga emas, balki o‘qituvchi ularga xizmat qiladi
  • O‘qituvchining xatolari: O‘qituvchi tomonidan ayrim o‘quvchilarning guruhlariga subyektiv yondashishining oldini olish choralarini ko'rish
  • O‘quvchi o‘z-o‘zini baholashi: O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash masalasi, maktab bahosini takomillashtirishning eng samarali yo‘li – o‘quvchi bilimini baholash komponentining faol subyektiga aylantirish