Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskopi’nda baqlawlardi’ ali’p bari’w
Ushbu kitob optik teleskoplar, astronomik kuzatishlar, LX90 Shmidt-Kassegren teleskopining tuzilishi, ishlash prinsipi, astronomiyada qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi. Unda astronomiya darslarida qo‘llaniladigan uslubiy tavsiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, osmon jismlarini kuzatish va ularni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar ham o‘rin olgan.
Asosiy mavzular
- Optik teleskoplar va ularning turlari: Teleskoplarning asosiy vazifalari, refraktor va reflektor teleskoplarning tuzilishi, xususiyatlari va kamchiliklari.
- LX90 Shmidt-Kassegren teleskopining tuzilishi va ko'rsatkichlari: Teleskopning asosiy qismlari (ob’ektiv, ko‘zgu, linzalar, dioganal prizma), ularning vazifalari va joylashuvi, turli okulyarlar va ularning ta’siri.
- LX90 Shmidt-Kassegren teleskopi bilan kuzatuvga tayyorgarlik: Teleskopni o'rnatish, sazlash, moslash, yulduzlarni aniqlash va kuzatishga tayyorlash jarayonlari.
- LX90 teleskopi orqali osmon jismlarini kuzatish: Oy, yulduzlar, sayyoralar va boshqa osmon jismlarini kuzatish usullari va texnikalari. Astronomik kuzatishlarda filtrlar, ilovalar hamda osmon kartalaridan foydalanish.
- Astronomiya o‘qitish metodikasi: Akademik litseylar va kollejlarda astronomiya fanini o‘qitishning ahamiyati, astronomiya darslarida teleskoplardan foydalanish usullari, elektron resurslardan foydalanish.