English for Law Students

Ushbu kitob, O'zbekiston yuridik institutlari va universitetlarining huquqshunoslik fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan ingliz tili darsligidir. Unda huquqiy terminologiya, grammatika, kasbiy so'zlashuv va amaliy mashqlar bilan ta'minlangan holda talabalarning ingliz tilidagi kompetensiyasini oshirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Mening hayotim. O‘zbekiston – tarix sahifalari: Talabalarning o‘zlari haqida gapirish, tanishtiruv malakalarini shakllantirish. O'zbekiston tarixi va madaniyati bilan bog'liq so‘z boyligini oshirish, grammatik jihatdan to'g'ri gapira olishga o'rgatish.
  • O‘zbekiston Respublikasi: O'zbekiston Respublikasi va uning geografik joylashuvi, aholisi, siyosiy tuzumi va madaniyati haqida ma'lumot berish. Asosiy geografik va siyosiy atamalarni o'zlashtirish.
  • Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Huquqning zarurligi: O'zbekiston davlat siyosati prinsiplari va huquqning jamiyatdagi o'rni haqida tushuncha berish. Huquqiy atamalarni o'rganish.
  • Konstitutsiya: Konstitutsiya tushunchasi va uning ahamiyati, O'zbekiston Konstitutsiyasining tuzilishi va asosiy tamoyillari bilan tanishtirish. Asosiy huquq va erkinliklarni o'rganish.
  • Buyuk Britaniya Konstitutsiyasi: Buyuk Britaniya Konstitutsiyasi va uning o'ziga xos jihatlari, parlamentning tuzilishi va funksiyalari bilan tanishtirish. Qiyosiy tahlil malakalarini rivojlantirish.
  • AQSh Konstitutsiyasi: AQSh Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari, prezidentlik instituti va Kongressning tuzilishi bilan tanishtirish. Qiyosiy tahlil malakalarini rivojlantirish.
  • O'zbekiston hukumati: O‘zbekiston davlat hokimiyati tuzilishi, prezidentning vakolatlari, hukumat va Oliy Majlis faoliyati haqida ma’lumot berish. Davlat boshqaruvi sohasidagi atamalarni o‘rganish.
  • Buyuk Britaniya hukumati: Buyuk Britaniya davlat hokimiyati tuzilishi, monarxiya va parlamentning roli, vazirlar mahkamasi faoliyati haqida ma’lumot berish. Davlat boshqaruvi sohasidagi atamalarni o‘rganish.
  • AQSH hukumati: AQSH davlat hokimiyati tuzilishi, prezidentning vakolatlari, Kongress faoliyati haqida ma’lumot berish. Davlat boshqaruvi sohasidagi atamalarni o‘rganish.
  • O'zbekiston sud tizimi: O‘zbekiston sud tizimi tuzilishi, sudlarning vakolatlari, advokatura instituti haqida ma’lumot berish. Sud tizimi sohasidagi atamalarni o‘rganish.
  • Buyuk Britaniya sud tizimi: Buyuk Britaniya sud tizimi tuzilishi, sudlarning vakolatlari, advokatura instituti haqida ma’lumot berish. Sud tizimi sohasidagi atamalarni o‘rganish.
  • AQSH sud tizimi: AQSH sud tizimi tuzilishi, sudlarning vakolatlari, advokatura instituti haqida ma’lumot berish. Sud tizimi sohasidagi atamalarni o‘rganish.