Analitik kimyo

Ushbu kitob analitik kimyo asoslaridan bo'lib, unda sifat va miqdoriy analiz usullari, muvozanat, cho'ktirish, titrimetrik analiz, fizik-kimyoviy analiz va ajratish hamda konsentrlash usullari kabi mavzular yoritilgan. Kitob talabalar va kimyo sohasida izlanish olib borayotganlar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Sifat analiz asoslari: Sifat analizining usullari, analitik reaksiyalar, eritmada sistematik analiz qilish, guruh reagentlari va kationlarning analitik guruhlarga bo'linishi, kationlar klassifikatsiyasi va analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari.
  • Gomogen sistemalarda muvozanat: Massalar ta'siri qonuni, elektrolitik dissotsilanish, protolitik nazariya, aktivlik, bufer eritmalar, tuzlarning gidrolizi va amfoterlik.
  • Geterogen sistemalarda muvozanat: Cho'ktirish, eruvchanlik ko'paytmasi, kompleks birikmalar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, analitik guruh kationlarining umumiy tavsifi va guruh reagentlarining ta'siri.
  • Miqdoriy analiz: Tortma (gravimetrik) analiz, miqdoriy analizdagi hatolar, gravimetrik analizning turlari va bajarilish tartibi, cho'ktiriladigan va tortiladigan shakllar, guruh reagentlari va ularning ta'siri.
  • Hajmiy (titrimetrik) analiz: Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash, hajmiy analizning mohiyati, titrlangan eritmalar tayyorlash, kislota-asosli titrlash (neytrallash) usuli, indikatorlar, titrlash egri chiziqlari va oziq-ovqat mahsulotlarining kislotaliligini aniqlash.
  • Fizik - kimyoviy analiz: Elektrokimyoviy analiz usullari (potensiometriya, konduktometriya), optik analiz usullari (spektrofotometriya), ajratish va konsentrlash usullari (ekstraktsiya, xromatografiya).
  • Analizning konduktometrik usuli: Elektr o'tkazuvchanlik va unga ta`sir qiluvchi omillar, konduktometrik titrlash, yuqori chastotali titrlash.
  • Optik analiz metodlari: Nur yutilishining asosiy qonuni, Buger-Lambert-Ber qonuni, optik analiz metodlari yordamida eritma koncentraciyasini aniqlash usullari, refraktometrik analiz usuli, polyarimetrik analiz usuli.
  • Ajratish va koncentrlash usuli: Analizning hromatografik usuli, ekstrakcion analiz usulining nazariy asosi, asosiy ekstragentlar