Tabiiy fanlarda mustaqil ta’lim
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan tabiiy fanlar bo'yicha mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini o'tkazish uchun uslubiy qo'llanma va nazorat topshiriqlaridan iborat. Qo'llanma menejment va iqtisodiyot sohalari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Tabiatshunoslik fani masalalari: Tabiatshunoslik fanining predmeti, tabiiy fanlar klassifikatsiyasi, tabiiy hodisalarni o'rganish usullari, borliqni ilmiy bilish tamoyillari.
- Tabiiy fanlarni rivojlantirish tarixi: Fan taraqqiyotining tarixi, hozirgi zamon tabiatshunoslik panoramasi, tabiatshunos olimlar va ularning faoliyati.
- Tabiat tavsifining asosiy yo'nalishlari: Mikro, makro, megaob'yektlar, materiya, satrukturaviy sath, mikroob'yektlar, elementar zarrachalar, megaob'yektlar, planeta, asteroid, kometa, yulduz, gallaktika va megagalaktikalar.
- Koinot va uning evolyutsiyasi: Koinotning tuzilishi haqidagi nazariyalar, Katta portlash yoki Xabbi nazariyasi, Olamning yoshi va Dunyoni tugashi, Pulbsatsiyalanuvchi va kengayayotgan olam.
- Tabiatdagi o'zaro ta'sirlar: Elektromagnit ta'sirlar, Gravitatsion ta'sir, Kuchli va kuchsiz ta'sirlar, Fazo va vaqt, harakat va koordinatalar.
- Olamning mexanik manzarasi: Nyuton qonunlari. Butun olam tortishish qonuni. Mexanik harakatning ilgarilanma, aylanma va tebranma xarakteri. Saqlanish qonunlari.
- Olamning termodinamik manzarasi: Molekulyar fizika va termodinamika. Statistik nazariya. Termodinamik tizim. Entropiya, harakat bosim va hajim. Termodinamikaning bosh qonunlari.
- Tabiatning elektromagnitik manzarasi: Eletrodinamika qonunlari. O'zgarmas va o'zgaruvchan tok. Elektromagnit maydon. Induksiya va elektromagnit tebranishlar.
- Tabiatdagi yorug'lik hodisalari: Yorug'lik xodisalari haqida dastlabki tasavvurlar. Geometrik optika qonunlari. Linzalar. Yorug'likning to'lqin zarracha tabiati. Fotoeffekt qonunlari.
- Atom tuzulishi haqidagi tasavvurlar: Atom va uning modellari haqidagi tasavvurlar evolyutsiyasi. Bor postulatlarining ta'rifi. Kvant nazariyasi. Plank formulasi. To'lqin funksiyasi. Shrediger tenglamasi. Geyzenberg noaniqligi.
- Atom yadrosi va uning o'ziga xos xususiyatlari: Atomning yadroviy planetar modeli. Yadroning o'lchami va massasi. Yadroviy reaksiyalar. Reaktor. Uning xalq xo'jalaigida tutgan o'rni. Termoyadro sintezi. Bu reaksiyaning tabiatda uchrashi. Elementar zarrrachalar sinfi.
- Tabiatning kimyoviy tavsifi: Kimyo Fani va kimyoviy jarayonlar haqida tushuncha. Tabiatni o'rganishda kimyoviy jarayonlarning o'rni. Kimyoviy bog'lanishlar va ularning tabiati. Kimyoviy reaksiyalar va ularning tezligi. Davriylik qonuni va uning tabiatshunoslik fanlarida tutgan o'rni.
- Materiyaning biologik tarkiblanishi: Biologik tarkiblanish. Molekulalar, oqsillar, DNK va RNK kislotalarining funksiyalari. Hujayra, to'qima, organ va organizmlar. Populyatsiya, genetika va uning muammolari. Noosfera.
- Ekologik himoya va atrof muhitning muhofaza qilinishi: Ekologik himoya va atrof-muhit muhofazasi. Ozon qatlami, parnik effekti, radioekologiya. Ekologiya muammolarini hal etishda tabiiy fanlarning roli. Biosferaning evolyutsion taraqqiyoti. Biologik ob'yektlarning o'z-o'zini tartiblanishi.
- Zamonaviy texnologiyalar: Axborot uzatish vositalarining taraqqiyoti. Yarim o'tkazgich materiallar va ularning rivojlanishi. Elektronika, materiallar va ularning rivojlanishi. Axborot uzatishning eng zamonaviy optimal usullari.
- Zamonaviy texnologiyalar. O'tao'tkazuvchanlik: o'tao'tkazuvchanlik va uni texnikada tutgan urni? Past haroratli va yuqori haroratli o'tao'tkazuvchanlik. O'tao'tkazuvchanlik holati. Yuqori haroratli o'tao'tkazuvchanlik holatini texnikadagi axamiyati.
- Lazerlar va lazer texnalogiyasi: Lazerlar. Uning yaratilish tarixi turlari. Uch sathi o'tishlar. Lazerlarning xalq - xujaligi, meditsinaga kirishi yer va boshqa soxalarda qullanishi. Lazerlarning turlari. Suyuq kristallar va ularni ishlatilishi.
- Zamonaviy va noananaviy energiya manbalari: Energiya manbalari va ularning foydali ish koeffitsinti. Tabiiy energya manbalari. Biologik energiya manbalari. Kelajak quyosh energitikasi.