Annotasiya
Ushbu o'quv-uslubiy majmua 5580200-Binolar va inshootlar qurilishi, 5580400-Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi, 5140900–Kasb ta'limi (Bino va inshootlar qurilishi), 5140900-Kasb ta'limi (Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi, 5580500-Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi ta'lim sohasi yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Unda "Materiallar qashiligi" fanini zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'qitish uslublari, didaktik tamoyillar, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, o'quv-uslubiy majmua tarkibida o'quv dasturi, ishchi dastur, ta'lim texnologiyasi, masalalar to'plami, testlar, nazorat savollari, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro'yxati kabi materiallar jamlangan. Majmua oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrlar, ilmiy izlanuvchilar va yosh o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Zamonaviy ta'lim texnologiyalari: Materiallar qashiligi fanini o'qitishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish uslublari, ularni o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha tavsiyalar bayon etilgan.
- Mashg'ulotlarni tashkil etish: Didaktik tamoyillar asosida ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tish texnologiyalarini ishlab chiqishning usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta'limni pedagogik texnologiyalash qoidalari hisobga olingan.
- Baholash mezonlari: Nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni baholash kabi masalalar keng yoritilgan.
- O'quv-uslubiy majmuaning tarkibi: O'quv dastur, ishchi dastur, ta'lim texnologiyasi, texnologik xaritasi, masalalar va mashqlar to'plami, testlar, nazorat uchun savollar, umumiy savollar, tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro'yxati, tayanch konspekt, o'quv materiallari (ma'ruza matni, Amaliy va labotoriya mashg'ulotlari, o'vuv qo'llanmalar), xorijiy manbalar, grafik hisoblash ishlari mavzulari, annotasiya, muallif haqida ma'lumot, foydali maslahatlar, normativ hujjatlar va baholash mezonlarini o'z ichiga oladi.