Annotasiya
Ushbu o'quv-uslubiy majmua 5580200-Binolar va inshootlar qurilishi, 5580400-Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi, 5140900–Kasb ta'limi (Bino va inshootlar qurilishi), 5140900-Kasb ta'limi (Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi, 5580500-Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi ta'lim sohasi yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan. Unda "Materiallar qashiligi" fanini zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'qitish uslublari, didaktik tamoyillar, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, o'quv-uslubiy majmua tarkibida o'quv dasturi, ishchi dastur, ta'lim texnologiyasi, masalalar to'plami, testlar, nazorat savollari, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro'yxati kabi materiallar jamlangan. Majmua oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrlar, ilmiy izlanuvchilar va yosh o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.