KHK da “Xotin -qizlar milliy ko‘ylaklarini tikish”
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar modelini yaratish, zamonaviy oʻquv uslubiy majmualarni ishlab chiqish, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning ahamiyatini yoritadi. Ishda yengil sanoat yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning metodologik muammolari, amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishga e'tiborni qaratish lozimligi asoslandi. Bundan tashqari oʻtkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida mavzuni modulli oʻqitishda oʻquv materialini mustaqil oʻzlashtirish uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, oʻqitishni jadallashtirishga erishilishi, kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish, mustaqil oʻqish imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish kabi jihatlar aniqlandi.
Asosiy mavzular
- Xotin-qizlar milliy koʻylaklarini tikish texnologiyasi: Milliy ko'ylaklarning zamonaviy modellari, tikish texnologiyalari, zamonaviy tikish texnologiyalaridan optimal foydalanish, bezak elementlarini tanlash.
- Kasbiy ta'limda maxsus fanlarni o'qitish metodikasi: O'quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishda faol usullarni qo'llash, faollikning darajalari, motivasiya usullari, guruhiy ishlash, muammoli vazifalar usuli, topshiriq usuli.
- Modulli ta'lim texnologiyasi: Modulli ta'limning mohiyati, g'oya va printsiplari, modullarni tashkil etish, blok mazmunini oʻrganish, mustaxkamlash, baholash.
- Amaliy mashg'ulot loyihasi: Milliy ko'ylak tikish ketma-ketligini tuzish, mayda bo'laklarni tayyorlash: Modul raqami, mavzu, maqsad, o'quv soatlari, modulni o'rganish jarayonida egallanadigan amaliy ko'nikmalar, bilimlar, mavzu doirasidagi asosiy ma'lumotlar, kerakli o'quv-jihoz, asbob-uskuna va ashyolar, texnologik xarita, o'quvchilar bilimlarini tekshirish uchun namunaviy test savollari, baholash mezonlari.
- Amaliy mahsg'ulot ishlanmasi: «Milliy ko'ylakni yig'ish»: Modul raqami, mavzu, maqsad, o'quv soatlari, modulni o'rganish jarayonida egallanadigan amaliy ko'nikmalar, bilimlar, mavzu doirasidagi asosiy ma'lumotlar, kerakli o'quv-jihoz, asbob-uskuna va ashyolar, texnologik xarita, o'quvchilar bilimlarini tekshirish uchun namunaviy test savollari, baholash mezonlari.