Pedagogika fanini o'qitish metodikasi

Ushbu kitob pedagogika fanining o'qitish metodikasiga bag'ishlangan bo'lib, unda mazkur fanning predmeti, vazifalari, asosiy tamoyillari, o'qitish metodlari, ta'lim shakllari hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo'llari keng yoritilgan. Kitob oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning pedagogika sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogika fanining o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari: Ushbu mavzuda pedagogika fanini o'qitish metodikasining asosiy tushunchalari, maqsadi, vazifalari hamda pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqida ma'lumot beriladi.
  • Pedagogika fanini o'qitish metodikasi fanining asosiy tamoyillari: Ushbu mavzuda ta'limning tarbiyaviy xususiyati, ilmiyligi, tizimlilik, tushunarliligi, ko'rgazmalilik, ongliligi va faolligi, puxtaligi hamda alohidalashtirish printsiplari batafsil yoritiladi.
  • Pedagogika fanini o'qitish metodikasi fanida o'qitish metodlaridan foydalanish: Ushbu mavzuda ta'lim jarayonida qo'llaniladigan metodlarning pedagogik mohiyati, o'qitish metodlarining tasnifi, o'qitish jarayonida qo'llaniladigan metodlarga qo'yiladigan talablar hamda metodlarning turlari ko'rsatilgan.
  • Pedagogika fanini o'qitish metodikasida ta'lim shakllaridan foydalanish yo'llari: Ushbu mavzuda ta'limning zamonaviy tashkiliy shakllari, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimidagi o'ziga xos ta'lim shakllari hamda ta'lim shakllariga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumot beriladi.
  • Ma'ruza o'qish va uni o'tkazishga qo'yiladigan talablar: Ushbu mavzuda ma'ruza va ma'ruzaning ahamiyati, ma'ruza va ma'ruzachiga qo'yiladigan pedagogik talablar, shuningdek ma'ruzaning turlari yoritilgan.
  • Pedagogika fanini o'qitishda talabalarni bilimlarini tekshirish va baholashning reyting tizimi: Ushbu mavzuda talabalar bilimlarining reyting nazorati, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati ko'rsatilgan.