Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash fanidan Мa'ruza matni

Ushbu kitob to'qimachilik sanoatida paxta va kanop tolalarini dastlabki ishlash texnologiyalarini o'rganuvchi talabalar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Unda tolani tozalash, ajratish va qayta ishlash jarayonlari batafsil yoritilgan bo'lib, uskunalar konstruksiyasi va ishlash prinsiplari ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Chigitli paxtani quritish jarayoni: Chigitli paxtaning tarkibidagi namlik miqdori, quritish usullari va texnologiyalari, quritish uskunalari va ularning konstruksiyasi hamda ishlash tartibi batafsil bayon etilgan. Paxta separatorlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Chigitli paxtadan mayda iflosliklarni ajratish texnologiyasi: Chigitli paxtadagi iflos aralashmalarning turlari, tozalash texnologiyasi va mayda iflosliklardan tozalash uskunalarining konstruksiyasi hamda ishlash tartibi yoritilgan.
  • Chigitli paxtadan yirik iflosliklarni ajratish jarayoni: Yirik iflosliklar va ularning turlari, chigitli paxtadan yirik iflosliklarni ajratish texnologiyasi va tozalash uskunalari, ularning konstruksiyasi va ishlash jarayoni haqida ma'lumot berilgan.
  • O'rta tolali chigitli paxtani jinlash (tola ajratish) texnologiyasi. Arrali jinlar: Jinlash jarayonining mohiyati, jin ta'minlagich mashinasining konstruksiyasi va arrali jinning texnologik jarayoni haqida ma'lumot berilgan.
  • Uzun tolali chigitli paxtani jinlash texnologiyasi: Uzun tolali chigitli paxtani jinlashda valikli jinlardan foydalanish sabablari va valikli jinlarning texnologik jarayoni batafsil yoritilgan.
  • Tolali mahsulotlarni toylash jarayoni: Paxta tolasini, lintini va tolali chiqindilarni toylashdan asosiy maqsad, presslash to'g'risida umumiy tushunchalar va gidravlik pressning ishlash usuli haqida ma'lumot berilgan.
  • Kanop Poyasini tayyorlash va saqlash: Zavodning Kanop yetkazib beruvchi xoʻjaliklar bilan aloqasi va kanop zavodining hom ashyo saqlash bazasi ,kanopni qabul qilib olishga tayyorlash, Xom ashyo qabul qilishni uyushtirish, Xom ashyoni sifatli saqlash. va xom ashyoni yig'ish va o'rash, yuborish usullari .