Agronomiya asoslari

Ushbu qo'llanma agronomiya asoslari va asosiy qonunlari, tuproqning suv, havo, issiqlik oziq rejimlari va ularni boshqarish usullari, begona o'tlar va ularga qarshi kurash choralari, yerga ishlov berish, ekinlarni ekish usullari, almashlab ekish, dehqonchilik tizimi, tajriba o'tkazish uslublari, dala tajribasi uslubiyatining asosiy elementlari, ilmiy tajribalarni rejalashtirish, qo'yish, variantlar va takrorlashlarni joylashtirish usullari, fenologik kuzatishlar va hisobga olish, tadqiqot natijalarini umumlashtirish, ularni statistik tahlil qilish kabi masalalarni qamraydi.

Asosiy mavzular

  • Tekinxo'r begona o'tlarning ta'rifi: Xaqiqiy tekinxo'rlar bir yillik o'simlik bo'lib, ularda barg, ildiz bo'lmaydi, ular boshqa o'simliklarning poyasi, bargi va ildizidagi shira bilan oziqlanadi. Tekinxo'rlar xujayin o'simlikni surish joyig'a qarab poya Tekinxo'ri va ildiz Tekinxo'riga bo'linadi. Poya Tekinxo'rlari o'z navbatida ingichka poyali va yug'on poyalilarga bo'linadi.
  • Bir yillik va ikki yillik begona o'tlarning ta'rifi: Bir yillik va ikki yillik begona o'tlar avtotrof bo'lib, yashil barg va ildiz tizimiga ega, hamda tuproqdan suv va oziq moddani bevosita o'zi o'zlashtiradi. Hayotining davomiyligiga ko'ra ular bir yillik va ko'p yilliklarga bo'linadi. Bir yillik begona o'tlar eng ko'p va keng tarqalgan biologik guruh hisoblanadi. Ular faqat urug'idan ko'payadi.
  • Tuproqning begona o'tlar urug'i bilan ifloslanganligini hisobga olish: Dalalardagi yoki ekin maydonlaridagi begona o'tlarga qarshi samarali kurashish uchun avvolo ularni hisobga olish kerak. Dala begona o'tlar bilan qay darajada ifloslanganligini bilish va xarita tuzish, ularga qarshi kurash tadbirlarini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. Bunda begona o'tlar ikki xil usulda, yani yurib ko'z bilan chamalab, taxminan va aniq hisobga olinadi.
  • Gerbitsidlarning solish me'yorini aniqlash: Begona o'tlarni mexanik va biologik usullar bilan har doim to'liq yo'qotib bo'lmaydi shuning uchun kimyoviy kurashish uchun avvolo ularni hisobga olishni o'rganish. ularni to'liq nobud qilish vositalari zarurligi sezilib qoladi. Bunday vosita bo'lib gerbitsid xizmat qiladi.
  • Almashlab ekish: Almashlab ekish loyihasini tuzish va uni asliga ko'chirish, yaʼni yer tuzish ishlarini bajarishdan iborat. Almashlab ekishni joriy qilish ikki davrdan: qo'llash va o'zlashtirish davridan iborat. Almashlab ekishni qo'llash almashlab ekish loyihasini tuzish va uni asliga ko'chirish, ya'ni yer tuzish ishlarini bajarishdan iborat.
  • Tuproqning shudgorlash usullari bo'yicha tajribalarda hisoblash ishlari: Erni kuzda shudgorlash asosiy agrotexnika tadbirlaridan biri bo'lib, o'simliklarning o'sishi, rivojlanishi hamda erta yetilishida va yuqori hosil olinishini bajarishni o'rganishdan iborat. Kuzgi shudgorning eng muhim ahamiyatlari qo'yidagilardan iborat: Kuzda shudgor qilingan yerlar kuz-qish-bahor oylarida havo haroratining keskin o'zgarishi natijasida uvoqlanib, mayda va donador bo'lib qoladi;
  • Don ekinlarining umumiy morfologiyasi: I va II gurux g'alla ekinlari turlarini o'zaro farq qiluvchi belgilari bilan tanishish o'rganishdan iborat. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilarga karab 3-ta biologik guruxlarga bulinadi. Birinchi guruxga xakikiy don ekinlari- kungir-boshlilar oilasiga mansub ekinlar kiradi. Ikkinchi guruxga tariksimon ekinlar kiradi.Uchinchi gurux - don - dukkakli ekinlar.
  • Don-dukkakli ekinlarning umumiy marfologik xususiyatlari: Dukkakli don ekinlarini umumiy tuzilish xususiyatlarini o'rganish. Dukkakli don ekinlarini biologik xosildorligini aniqlash. Dukkakli don ekinlarini o'sish va rivojlanish bosqichlarini o'rganish
  • Tugunakmevalilar vakillarining marfologik va biologik xususiyatlari: Tugunakmevalilar vakillarining o'simliklarni umumiy morfologik xususiyatalari bilan tanishish. Kartoshka-Solanum L. avlodi 201 turni o'z ichiga oladi, shu turlardan faqat bittasi-S. tuberosum L. dexkonchilikda keng rasm bo'lgan.
  • G'o'za shoxlari va shoxlanish tiplari: Simpodial shoxlarning tiplari va kenja tiplari bilan tanishiladi. G'o'zada ikki turdagi: monopodial (o'suv) va simpodial (hosil) shoxlar bo'ladi. Monopodial va simpodial shoxlar bir-biridan morfologik tuzilishi bilan keskin farqlanadi.
  • G'o'za asosiy rivojlanish fazalari: Rivojlanish fazalari, ularning ketma-ketligini aniqlash, fazalarni morfologik belgilari bo'yicha o'rganish va fazalararo davrlar davomiyligini hisoblash. Ushbu fazalarga 1) unib chiqish, ya'ni urug'pallalik; 2) chinbarg chiqarish; 3) shonalash; 4) gullash va meva tugish; 5) pishish kiradi.