Agronomiya
Ushbu darslik talabalar uchun o'rta maxsus o'quv yurtlarida agrokimyo sohasini o'rganishda qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Unda o'simliklar oziqlanishi asoslari, tuproqning agrokimyoviy xususiyatlari va unumdorligi, tuproqni kimyoviy melioratsiya qilish usullari, mineral va organik o'g'itlar, ularni tashish, saqlash va qo'llash, shuningdek ulardan foydalanishning agroekologik talablari keltirilgan. Agrokimyoviy tadqiqot usullari va o'g'itlash tizimi haqida ma'lumot berilgan.