Tabiiy holat belgisini ifodalovchi birliklar tahlili

Ushbu bitiruv malakaviy ish belgi bildiruvchi so‘zlar semantikasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tilning lug‘aviy sathidagi sistemalilik, leksik tizimdagi birliklarning o‘zaro munosabatlari, belgi bildiruvchi so‘zlarning tilda alohida paradigmani tashkil etishi, sifat va ravish turkumlarining o‘ziga xos xususiyatlari, holat bildiruvchi sifat leksemalarining semantik guruhlari, ruhiy holatni ifodalovchi sifatlarning inson ruhiy faoliyatidagi o‘rni, jismoniy va fizik holatlarni ifodalovchi sifatlarning ma’no nozikliklari, badiiy nutqda sifatlarning o‘ziga xos qo‘llanilishi kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Leksik sath sistema sifatida: Lisoniy birliklarning bir-birini eslatib turishi, paradigma tushunchasi, paradigmatik munosabatlar, paradigmaning tarkibiy qismlari, paradigma a'zolari orasidagi munosabatlar, paradigmaning turlari (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik), lug'aviy paradigma, munosabat tushunchasi, sintagmatik aloqa, pog'onali munosabat, tilshunoslikda belgi bildiruvchi leksemalarning tadqiqi.
  • Belgi bildiruvchi so'zlarning lisoniy xususiyatlari: Predmet belgisini bildiruvchi so'zlarning lisoniy xususiyatlari, xususiyat bildiruvchi sifatlar, holat sifatlari, shakl-ko'rinish bildiruvchi sifatlar, hajm-olchov bildiruvchi sifatlar, rang-tus bildiruvchi sifatlar, ma'za-ta'mni bildiruvchi sifatlar, hid bildiruvchi sifatlar, o'rin - paytga munosabat bildiruvchi sifatlar, harakat belgisini bildiruvchi so'zlarning lisoniy xususiyatlari.
  • Holat bildiruvchi sifatlar semantikasi: Tabiiy holat belgisini bildiruvchi sifatlar tasnifi, jismoniy yoki fizik holatlarini ifodalovchi sifatlar semantikasi, ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar semantikasi, ijtimoiy holatini ifodalovchi sifatlar, tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar.