Davlat nazariyasi
Ushbu kitob davlat va huquq nazariyasi fanini o'rganishga mo'ljallangan. Unda davlat va huquqning mohiyati, belgilari, tiplari, funksiyalari, shakllari, mexanizmlari kabi masalalar nazariy jihatdan yoritilgan. Kitobda, shuningdek, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy nigilizm, normativ-huquqiy hujjatlar, huquq ijodkorligi kabi tushunchalar ham tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Davlat va huquq nazariyasining fan sifatida predmeti va xususiyatlari: Fanning predmeti, xususiyatlari, ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o'rni va roli, metodlari va funksiyalari.
- Davlat va huquqning kelib chiqishi: Davlat va huquq yuzaga kelgunga qadar mavjud bo'lgan jamiyatning mohiyati, ijtimoiy hokimiyatni tashkil etish shakllari, davlat va huquqning kelib chiqishi to'g'risidagi turli xil nazariyalarni tahlili.
- Davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati va tiplari: Davlat tushunchasi, mohiyati va belgilarini o'rganish, davlat mohiyati haqidagi turli xil nazariyalarga tavsif berish, davlat tipologiyasini tahlil qilish.
- Davlat funksiyalari: Davlat funksiyalari tushunchasi, davlat funksiyalarining tasnifi, fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlatni barpo etish sharoitida funksiyalarni tahlil qilish.
- Davlatning shakllari: Davlat shakli tushunchasi va uning tarkibiy qismlari, davlat boshqaruv shakllari: Respublika va monarxiya, davlatning tuzilish shakllari; Unitar, federativ va konfederativ, siyosiy rejim tushunchasi va turlari.
- Davlat mexanizmi: Davlat mexanizmi, tarkibiy qismlari, davlat organlari tizimi hokimiyatlar bo'linish prinsipi: nazariya va amaliyot.