Funksional va asab tizimi Faoliyatini tiklash hamda Neyroxirurgiyada Og’riqli sindrom
Ushbu kitobda funksional neyroxirurgiya, asab tizimi faoliyatini tiklash, og'riqli sindromlar va ularni davolash usullari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda MNSning anatomik va fiziologik xususiyatlari, og'riqli sindromlarning etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, diagnostikasi, jarrohlik usullari, asoratlar profilaktikasi, bemorlarni parvarish qilish va reabilitatsiya prinsiplari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Funksional neyroxirurgiya: MNS buzilgan faoliyatini normallashtirish, patologik impulslarni uzish yoki tormozlash, stereotoksik neyroxirurgiya asoslari.
- Og'riqli sindromlar: Etiologiyasi, patogenezi, klassifikasiyasi (yaxshi sifatli aniq, noaniq, rak kasalligidagi), diagnostika usullari.
- Og'riqni davolash: Konservativ (dori-darmonlar), neyroxirurgik (nerv kesish, kordotomiya, orqa miya stimulyasiyasi), rak kasalligidagi og'riqni davolash.
- Spastiklik: Sabablari, klinik ko'rinishi, davolash usullari (konservativ, jarrohlik, neyroxirurgik).
- Asab tizimi faoliyatini tiklash: Neyroxirurgik operatsiyalarning prinsiplari va tamoyillari, operatsiya turlari (destruktiv, nodestruktiv, rekonstruktiv).