Oddiy tarash tizimida ko`ylakbop matolar uchun ip yigirish texnologiyasini takomillashtirilishi
Ushbu kitob yengil sanoat korxonasi, xususan, ko'ylakbop gazlamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yigiruv fabrikasini tashkil etish masalalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda xom ashyo tanlashdan tortib, texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, jihozlarni tanlash, korxona quvvatini hisoblash, yigirish rejasini tuzish va iqtisodiy ko'rsatkichlarni aniqlash kabi bosqichlar batafsil yoritilgan. Talaba Maftuna Tojiboyevaning bitiruv malaka ishi asosida yaratilgan ushbu kitob, sohadagi mutaxassislar va talabalar uchun foydali qo'llanma bo'lishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Texnologik qism: Ushbu bobda yigiruv korxonasida qo'llaniladigan texnologik jihozlar, ularning vazifalari, texnik ko'rsatkichlari va ish unumdorliklarini hisoblash masalalari ko'rib chiqiladi. Xom ashyoni titish, tozalash, aralashtirish, tarash, piltalash, piliklash va yigirish kabi bosqichlarda ishlatiladigan mashinalar haqida ma'lumot beriladi.
- Ip yigirish tizimini asoslash: Bu mavzuda ma'lum yo'g'onlikdagi ip yigirish uchun maxsus yigirish sistemasini tanlash, yigirish o'timlari va usullarini aniqlash, karda, qayta tarash va apparat sistemalaridan birini tanlash, halqali yoki pnevmomexanik usulda ishlaydigan yigirish mashinalarini tanlash kabi masalalar yoritiladi.
- Iplarning hossalarini loyihalash: Bu mavzuda yigiriladigan iplarning sifati va fizik-mexanik ko'rsatkichlarini, chiziqli zichligini (nomerini), pishiqligini, cho'zilishini va boshqa xossalarini loyihalash masalalari o'rin olgan. Tabiiy va kimyoviy tolalardan olinadigan iplar, ularning turlari va ishlatilish sohalari haqida ma'lumot beriladi.
- Yigirish rejasini tuzish va muvofiqlash: Bu mavzuda korxonaning asosiy yuridik xujjati bo'lgan yigirish rejasini tuzish, unda kelayotgan va chiqayotgan yarim tayyor mahsulotlarni chiziqli zichligi (T), umumiy cho'zish miqdori (e), qo'shilishlar soni (d), pishitish koeffitsienti (α), pishitish darajasi (K) va chiqaruvchi ishchi qismlarning tezliklarini (n,v) o'z ichiga olishi haqida ma'lumot beriladi.
- Ko'ylakbop matolarni assortimenti: Bu mavzuda ishlab chiqarish usuliga ko'ra tikuvchilik materiallari, to'qima (gazlamalar), trikotaj, notuqima va boshqa materiallar haqida ma'lumot beriladi. Gazlamalar, ularning turlari (chit, surp, choyshabbop gazlamalar, satin, ko'ylakbop gazlamalar va h.k.), tarkibi, ishlatilish sohalari va xususiyatlari yoritiladi.
- Korxonada ishchilar sonini aniqlash: korxonadagi xodimlar ro'yxati va vazifalari berilgan